Kontent qismiga oʻtish

Sergey Lebedev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sergey Lebedev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sergey Elefertovich Lebedev
Tavallud sanasi 31-yanvar 1969-yil (1969-01-31) (55 yosh)
Tavallud joyi Fargʻona Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 1.76 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Murabbiy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1985–1987 FC Turbina Naberezhnye 55 (8)
1988 Dynamo Kirov 3 (0)
1989 Neftchi Fargʻona 3 (0)
1989 Dynamo Kirov 39 (8)
1990–1991 Neftchi Fargʻona 54 (7)
1992–1999 Neftchi Fargʻona 196 (60)
1999 Shinnik Yaroslavl 2 (0)
2000–2001 Nasaf Qarshi 50 (0)
2002–2004 Neftchi Fargʻona 58 (6)
2004 Soʻgʻdiyona Jizzax 11 (1)
2005 Metallurg Bekobod 10 (0)
2006 Neftchi Fargʻona 2 (0)
Milliy terma jamoa
1994–2000 Oʻzbekiston 33 (10)
Boshqargan klublari
2008—2013 Neftchi Fargʻona (assistant)
2014—2017 Yozyovon (assistant)
2017—2019 Istiqlol Fargʻona (coach)
2019—2020 Neftchi Fargʻona
2022— FarDU
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sergey Elefertovich Lebedev (ruscha: Сергей Элефертович Лебедев; 1969-yil 31-yanvar, Oʻzbekiston SSR, Sovet Ittifoqi) – nafaqadagi yarim himoyachi. Lebedev Oʻzbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi boʻlib, u faoliyati davomida jami 33 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol urgan. Keyinchalik u futbol murabbiyi boʻldi.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sergey Lebedev Fargʻona shahrida tugʻilgan boʻlib, 1985-yilda Brejnev shahridan SSSR ikkinchi ligasi Turbina jamoasi tarkibida ustalar jamoalarida futbol maydonlarida oʻynagan. 1988-yildan boshlab u ikki yil davomida ikkinchi liganing Dinamo (Kirov) va „Neftchi“ (Fargʻona) klublarida almashdi. 1990-yilda u nihoyat Fargʻona jamoasi futbolchisiga aylandi va u bilan oʻsha yili ikkinchi liganing bufer zonasi turnirida gʻolib chiqdi, keyingi yili esa SSSR birinchi ligasida uning tarkibida oʻynadi. SSSR parchalanib, Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilinganidan keyin Lebedev Fargʻona jamoasi tarkibida Oʻzbekiston oliy divizionida toʻp suradi. Oʻz oʻyinlari davomida toʻrt karra mamlakat chempioni boʻldi, 1994-yilda esa jamoa bilan birgalikda Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylandi. 1999-yilda Sergey Lebedev qisqa muddat Rossiyaning Shinnik klubida toʻp surgan, shundan soʻng Oʻzbekistonga qaytib, 2000-2001 yillarda „Nasaf“ klubida toʻp surgan. 2002-yilda yana Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga qaytdi. 2004-yil Jizzatning „Soʻgʻdiyona“ klubida, 2005-yilda esa Bekobodning „Metalurg“ klubida bir yil oʻynagan. Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibida 2006-yilda futbol maydonlarida oʻyinlarini yakunlagan.[1]

Milliy terma jamoa faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yilda Sergey Lebedev 1994-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun milliy terma jamoaga kiritildi. OFK bu yil terma jamoalar safiga faqat 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilarni jalb qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa-da, bu turnirga deyarli barcha jamoalar eng kuchli tarkib bilan kelgan. Lebedev terma jamoa safida Osiyo oʻyinlarida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qildi va bu oʻyinda gol urdi.[2] Sergey Lebedev ham Xitoy jamoasiga qarshi final oʻyinida gol urib, jamoaga turnir gʻolibi boʻlishiga yordam berdi.[3] Keyinchalik, terma jamoa tarkibida u ikkita Osiyo kubogida ishtirok etdi – 1996 va 2000-yillarda, lekin Oʻzbekiston terma jamoasi bunday muvaffaqiyatga erisha olmadi. 2000-yilda terma jamoadagi oʻyinlarini yakunladi. U terma jamoa tarkibida jami 33ta oʻyinda maydonga tushib, 10ta gol urgan.

  • 1994-yildan – 2000-yilgacha Sergey milliy terma jamoa safida 33 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol urgan.
  • 1994-yili Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo oʻyinlari chempioni boʻldi.
  • Ikkita Osiyo kubogi ishtirokchisi.

1997-yilda Sergey Lebedev Roberto Karlos, Jorj Vea, Luis Enrike kabi futbolchilar bilan birga Gonkongning XXR suverenitetiga qaytishiga bagʻishlangan oʻyinda jahon terma jamoasi safida oʻynagan postsovet hududidan yagona futbolchiga aylandi. Enrike va boshqa bir qator mashhur futbolchilar.[4]

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchi faoliyatini yakunlaganidan soʻng bir necha yillik tanaffusdan soʻng Sergey Lebedev murabbiylik faoliyatini boshladi. 2010-yildan soʻng oʻzining sobiq klubi „Neftchi“ (Fargʻona) murabbiylar shtabiga qoʻshildi va shu kungacha oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.[5]

Futbolchilik faoliyati
1985—1987 Flag SSSR Turbina (Brejnev) 55 (8)
1988 Flag SSSR Dinamo (Kirov) 3 (0)
1989 Flag SSSR Neftchi (Fargʻona) 3 (0)
1989 Flag SSSR Dinamo (Kirov) 39 (8)
1990—1991 Flag SSSR Neftchi (Fargʻona) 54 (7)
1992—1999 Flag Uzbekistana Neftchi (Fargʻona) 196 (60)
1999 Flag Rossii Shinnik 2 (0)
2000—2001 Flag Uzbekistana Nasaf 50 (0)
2002—2004 Flag Uzbekistana Neftchi (Fargʻona) 58 (6)
2004 Flag Uzbekistana Soʻgʻdiyona 11 (1)
2005 Flag Uzbekistana Metallurg (Bekobod) 10 (0)
2006 Flag Uzbekistana Neftchi (Fargʻona) 2 (0)
Milliy terma jamoa
1994—2000 Flag Uzbekistana Oʻzbekiston 33 (10)
Murabbiylik faoliyati
201?—n. v. Flag Uzbekistana Naftchi (Fargʻona) Yordamchi
2020 Flag Uzbekistana Neftchi (Fargʻona)

Shundan keyin Lebedev futboldagi faoliyatini „Neftchi“da yakunlagan. 2014-yilda „Neftchi“da murabbiy yordamchisi boʻlib faoliyat olib borgan[6].

Davlat mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Neftchi (Fargʻona)

  • Oʻzbekiston chempioni: 1992, 1993, 1994, 1995
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1994, 1996

Oʻzbekiston terma jamoasi

  • Osiyo oʻyinlari: 1994-yil