Kontent qismiga oʻtish

Hans-Jürgen Gede

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hans-Jürgen Gede
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 14-noyabr 1956-yil (1956-11-14) (67 yosh)
Tavallud joyi Gelsenkirchen, Germaniya
Boʻyi 1.73 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Viettel (Texnik direktor)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1975–1977 Schalke 04 33 (2)
1977–1979 Preußen Münster 72 (10)
1979–1991 Fortuna Köln 344 (48)
Total 449 (60)
Boshqargan klublari
1991–1992 Fortuna Düsseldorf
1993–1994 Persepolis (yordamchi)
1994 Persepolis
1994–1995 Eron U23
1996–1997 KSV Hessen Kassel
1998 Eron (Texnik direktor)
1999–2001 SV Lippstadt
2001–2003 Rot-Weiß Oberhausen (yordamchi)
2003–2004 Oʻzbekiston (yordamchi)
2004 Oʻzbekiston
2005–2006 Shahid Ghandi
2006 Al-Ahli
2007–2008 Kuala Lumpur FA
2008–2009 Neftchi Baku
2009 Okktha United FC
2009–2010 Tahaddy
2011 Esteghlal (yordamchi)
2011–2012 Zob Ahan (yordamchi)
2013 Aluminium (yordamchi)
2013–2014 Aluminium
2016–2019 Vietnam (Texnik direktor)
2017–2019 Vietnam U16 (Texnik direktor)
2016–2019 Vietnam U19 (Texnik direktor)
2017–2020 Vietnam U23 (Texnik direktor)
2020–2022 Viettel (Technical director)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Hans-Jürgen Gede (talaffuzi: Xans-Yurgen Gede; tugʻ. 1956-yil 14-noyabr; Gelzenkirxen, Germaniya) – nemis futbolchisi va futbol murabbiyi[1][2].

Futbolchi sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzining professional faoliyatini 1975-yilda ona shahrining „Shalke 04“ klubida yarim himoyachi sifatida boshlagan. „Shalke“ tarkibida 1977-yilgacha oʻynadi va shu vaqt ichida oʻttiz uchta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urdi. Keyinchalik „Preussen“ klubiga oʻtdi va darhol asosiy tarkibdagi oʻrnini egallab, ikki mavsumda yetmish bir oʻyinda ishtirok etdi hamda 10ta gol urdi.

1979-yil oxirida Kyolnning „Fortuna“ klubi unga eʼtibor qaratdi va Gede klub bilan shartnoma imzoladi. „Fortuna“ tarkibida haqiqiy jamoa yetakchisiga aylandi va keyinchalik jamoa sardori boʻldi. Jurgen deyarli oʻn ikki yilni Fortuna safida oʻtkazdi va shu vaqt ichida 343 ta oʻyinda maydonga tushib, 48 ta gol urdi. Keyinchalik, 1991-yilda futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunladi.

Murabbiy sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yilda „Fortuna Dyusseldorf“ klubi bosh murabbiyiga aylandi va ikki mavsum ishladi. 1993-yilda Ali Parvinning yordamchisi boʻlish uchun Eronga taklif qilindi va Tehronning „Persepolis“ jamoasi murabbiylar shtabiga aʼzo boʻldi. 1994-yilda Ali Parvin isteʼfoga chiqarilganidan soʻng, „Persepolis“ga bosh murabbiy etib tayinlandi va 1994-yilgi mavsumni klub murabbiyligida yakunladi.

Oʻsha yilning boshida Eron yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Yoshlar jamoasida Hans-Jurgen Gede 1995-yil oxirigacha ishladi va isteʼfoga chiqdi.

1996-yil oʻrtalarida Germaniyaga qaytib, „KSV Hessen“ bilan shartnoma imzoladi, ammo keyingi mavsum oʻrtasida bosh murabbiylikdan boʻshatildi. Ishdan boʻshagach, 1998-yilgacha ishlamadi va faqat 1999-yilda Germaniyaning boshqa bir klubi – „Lippshtadt-08“ga rahbarlik qilishga taklif qilindi. va 2001-yilning oʻrtalarigacha shu klubda ishladi.

Oʻsha yilning oʻrtalarida u Oberxauzenning Rot-Vays klubi bilan bosh murabbiy yordamchisi sifatida shartnoma imzoladi. 2003-yil boshiga qadar „Rot-Vays“ murabbiylar shtabida ishlab, jamoani tark etgan.

2003-yil boshida Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasiga bosh murabbiy yordamchisi sifatida taklif qilingan, 2004-yilda terma jamoa bosh murabbiyi boʻlgan. Unga terma jamoani 2006-yilgi jahon chempionatiga olib borish vazifasi yuklangandi. Muvaffaqiyatsiz oʻyinlardan soʻng, ishdan boʻshatildi.

2005-2010-yillarda Gede turli mamlakatlarning turli klublarida ishlagan: Shahid Gandi (Eron), Al-Ahli (Bahrayn), Kuala-Lumpur (Malayziya), Neftchi Boku (Ozarbayjon), Oktta Yunayted (Myanma) va At-Tahaddi (Liviya).

2011-yil boshida Eronning „Istiqlol“ klubiga bosh murabbiy yordamchisi sifatida taklif qilingan va 2011-yilning oʻrtalariga qadar ishlagan. Eronning boshqa bir klubi – „Zob Axan“da yordamchi murabbiy sifatida ish boshlagan.

2013-yil boshida „Zob Axan“ni tark etib, „Aluminium“ klubida yordamchi murabbiy, keyinroq bosh murabbiy boʻldi. 2014-yil boshida ishdan boʻshatildi.

2016-yilning fevralidan mayigacha „Vestfalenliga“ (6-divizion) klubi Hedefspor (Xattingen) bilan ishlagan. Oʻsha yilning iyun oyidan 2017-yilgacha Vyetnam terma jamoasida ishlagan.

  1. „Ханс-Юрген Геде“ (de). fussballdaten.de. 2010-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-fevral.
  2. „Ханс-Юрген Геде“ (de). weltfussball.de. 2012-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-fevral.