Oʻzbekiston Kubogi
Davlat | Oʻzbekiston, O'zbekiston |
---|---|
Tashkil etilgan | 25-oktyabr, 1992-yil |
Jamoalar soni | 30 |
Amaldagi chempion | Nasaf Qarshi |
Eng koʻp marta chempion | Paxtakor Toshkent (13) |
TV hamkorlar | Sport TV |
Veb-sayt | pfl.uz |
Oʻzbekiston Kubogi — Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkillashtiriladigan futbol boʻyicha har yili oʻtkaziladigan milliy kubok musobaqasi. Oʻzbekiston Kubogi bahslari 1992-yildan beri tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbek futboli miqiyosidagi eng eski musobaqalardan biridir. Sobiq Ittifoq tarkibida Oʻzbekiston SSR mahalliy kubok musobaqalari oʻtkazilishi 1939-yil yoʻlga qoʻyilgan. Mustaqil Oʻzbekistonning Birinchi Oʻzbekiston kubogi sohibi Namanganning „Navbahor“ klubi hisoblanadi.
Oʻzbeksiton Kubogi gʻoliblari OFK Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi. Agar Oʻzbekiston kubogini Superliga Chempioni qoʻlga kiritgan boʻlsa, u holda Oʻzbekiston Super ligasidagi yuqori oʻrinlardagi jamolardan biriga OFK Chempionlar Ligasida ishtirok etish imkoniyati beriladi (amaldagi kvotaga qaraladi).
„Paxtakor“ 13 marta Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlgan musobaqadagi eng muvaffaqiyatli klub hisoblanadi. Ikkinchi oʻrinda „Bunyodkor“ 4 ta, „Navbaxor“, „Nasaf“ va „Lokomotiv“ esa 3 ta bilan uchinchi oʻrinda.[1][2] „Nasaf“ klubi 2022-yilgi finalda "Navbahor"ni „Buxoro“ stadionida magʻlub etgan eng soʻnggi gʻolib hisoblanadi.
Finnallar tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qiziqarli faktlar[3]
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Eng koʻp gol urilgan oʻyin: „Paxtakor“ — „Neftchi“ 6:3 (qoʻshimcha vaqtda) 2001/2002-yillar[4]
Kubok finallarida 3 marta penaltilar seriyasiga,7 bor qoʻshimcha vaqtlarga murojaat qilingan. Finallarda jami 76 marta toʻp darvozalarga kiritilgan (penaltilar seriasidan tashqari). Final uchrashuvlariga jami 287 048 tomoshabin tashrif buyurgan.[5]
Oʻzbekiston Kubogi finallari tarixidagi eng soʻnggi gol muallifi — Mateus Lima hisoblanadi („Nasaf“).
Stadionlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eng koʻp finalga mezbon boʻlgan stadion: "Paxtakor" markaziy stadioni — 18 marta. 2014-yildan buyon finallar boshqa stadionlarda oʻtkazilmoqda.
- Paxtakor Markaziy Stadioni — 18
- Dinamo Stadioni Samarqand — 3
- MHSK Stadioni, Toshkent — 2
- Bunyodkor „Milliy“ stadioni Toshkent — 1
- "Markaziy" Stadion Namangan — 1
- "Soʻgʻdiyona" Stadioni Jizzax — 1
- "Istiqlol" Stadioni Fargʻona — 1
- "Lokomotiv" Stadioni Toshkent — 1
- "Olmaliq" Stadioni — 1
- „Buxoro“ Stadioni
Eng koʻp tomoshabin kirgan final: „Doʻstlik“ — „Samarqand“ (30000 tomoshabin) 1999/2000-yillar
Yillar boʻyicha gʻoliblar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Kubogi gʻoliblari |
---|
Final
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sovrindor klublar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klublar | Chempion | Ikkinchi oʻrin | Finallar | Chempion yillar |
---|---|---|---|---|
Paxtakor Toshkent | 13 | 4 | 17 | 1993, 1997, 2001, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009, 2011, 2019, 2020 |
Bunyodkor Toshkent | 4 | 5 | 9 | 2008, 2010, 2012, 2013 |
Nasaf Qarshi | 4 | 4 | 8 | 2015, 2021, 2022, 2023 |
Lokomotiv Toshkent | 3 | 3 | 2014, 2016, 2017 | |
Navbahor Namangan | 3 | 2 | 4 | 1992, 1995, 1998 |
Neftchi Fargʻona | 2 | 5 | 7 | 1994, 1996 |
AGMK-Olmaliq | 1 | 3 | 4 | 2018 |
Doʻstlik Toshkent | 1 | 1 | 2000 | |
MHSK Toshkent | 1 | 1 | ||
Shoʻrtan Gʻuzor | 1 | 1 | ||
Dinamo-Samarqand | 1 | 1 | ||
Mash’al Mubarak | 1 | 1 | ||
Traktor Toshkent | 1 | 1 | ||
Yangiyer | 1 | 1 | ||
Qoʻqon-1912 (Temiryoʻlchi) | 1 | 1 |
Sovet ittifoqi tarkibida Oʻzbekiston SSR Kubogining mahalliy chempionlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy maqola: Futbol bo‘yicha O‘zbekiston SSR kubogi
|
|
|
Hakamlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixga nazar solsak, Oʻzbekiston kubogining ortda qolgan 28 finalida 16 nafar bosh hakam ishlaganiga guvoh boʻlamiz. Ilk finalda (1992-yil) ishlash baxti marhum hakam Gali Imomovga nasib qilgan edi.
Rekord
Oʻzbekiston kubogi finallarida ishlash borasida mundiallar rekordchisi Ravshan Ermatovning oldiga tushadigani yoʻq. Uning hisobida 5 ta final bor. Keyingi pogʻonaga 4 tadan oʻyin bilan Gali Imomov hamda Noil Lutfullin yozilgan. Rustam Saidov va Marat Ismoilov hisobida 2ta oʻyin bor.
SHuningdek, Ravshan Ermatov qatorasiga finallarda ishlash boʻyicha ham mutlaq rekordchi hisoblanadi (5). 2010—2013-yilgi mavsumlar hal qiluvchi bahslarining barchasini aynan Ermatov boshqargan edi.
Xorijlik referilar
Mamlakat kubogining hal qiluvchi oʻyinida 2 bor chet ellik hakamlar ishlagan edi. Aniqroq aytsak, 2014-yil yakunida oʻtgan „Lokomotiv“ 1:0 „Bunyodkor“ oʻyinini Kim Dong Jin (J. Koreya) boshqargan. 2017-yilda poytaxtning yana oʻsha klublari oʻrtasida "Bunyodkor" stadionida oʻtkazilgan va 3 yil oldingi hisob takrorlangan bahsda BAA vakili Muhammad Abdulla Hasan ishlagan.
Eng qattiqqoʻl
Finallarda eng koʻp sariq kartochka Ravshan Ermatovning choʻntagidan chiqqan (20 marta) boʻlsa, qizil kartochka koʻrsatish borasida Gali Imomov hamda Noil Lutfullin yetakchi boʻlgan (3 tadan). Ammo penalti belgilash boʻyicha Temur Toʻxtasinov barchadan oldinda (2). U 2018-yilning 28-oktyabr kuni Fargʻonada oʻtkazilgan AGMK 3:1 „Paxtakor“ bellashuvida har ikki jamoa darvozasi tomon 11 metrli jarima zarbasi belgilagan.[9]
Oʻzbekiston kubogi final oʻyinida ishlagan hakamlar roʻyxati: (Yillar va eng koʻp hakamlik boʻyicha)
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ravshan Ermatov (2010, 2011, 2012, 2013, 2015)
- Gali Imomov (1992, 1995, 1998, 2000)
- Noil Lutfullin (1993, 2003, 2006, 2007)
- Rustam Saidov (2001, 2002)
- Marat Ismoilov (2008, 2009)
- Doniyor Osimov (1994)
- Rashid Aytekov (1996)
- Sardor Najafaliyev (1997)
- Dmitriy Roman (2004)
- Gʻayrat Karimov (2005)
- Kim Dong Jin (Janubiy Koreya) (2014)
- Vladislav Tseytlin (2016)
- Mohammed Abdulla Hassan Mohamed (BAA) (2017)
- Temur Toʻxtasinov (2018)
- Sherzod Qosimov (2019)
- Zokir Qodirov (2020)
- Axrol Riskulloev (2021)
- Vadim Agishev (2022)
№ | Hakam | final | s-k | q-k | pen |
---|---|---|---|---|---|
1 | Ravshan Ermatov | 5 | 20 | 1 | 1 |
2 | Gali Imomov | 4 | 14 | 3 | 0 |
3 | Noil Lutfullin | 4 | 14 | 3 | 0 |
4 | Marat Ismoilov | 2 | 12 | 2 | 0 |
5 | Rustam Saidov | 2 | 11 | 1 | 0 |
6 | Rashid Aytekov | 1 | 8 | 0 | 0 |
7 | Gʻayrat Karimov | 1 | 6 | 0 | 0 |
8 | Sherzod Qosimov | 1 | 4 | 0 | 1 |
9 | Kim Dong Jin | 1 | 3 | 1 | 0 |
10 | Muhammad Abdulla Hasan | 1 | 5 | 0 | 0 |
11 | Sardor Najafaliyev | 1 | 4 | 1 | 1 |
12 | Dilshod Asimov | 1 | 3 | 0 | 0 |
13 | Dmitriy Roman | 1 | 3 | 0 | 0 |
14 | Temur Toʻxtasinov | 1 | 5 | 0 | 2 |
15 | Vladislav Tseytlin | 1 | 4 | 1 | 0 |
16 | Zokir Qodirov | 1 | 1 | 0 | 1 |
17 | Axrol Risqullayev | 1 | 3 | 1 | - |
18 | Vadim Agishev | 1 | 5 | 0 | 0 |
19 | Aziz Asimov | 1 | 9 | 0 | 1 |
Eng yaxshi toʻpurarlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Umumiiy Kubok tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar :
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qalin belgi faol oʻyinchini bildiradi.
Finallar tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar :
[tahrir | manbasini tahrirlash]№ | Millati | Oʻyinchi | Pos. | Yillar | Klub (lar) (gollar) | Jami | Esl |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | UZB | Anvar Soliev | Hujumchi | 1994—2017-yillar | Navbahor Paxtakor Bunyodkor |
5 | |
2 | Dragan Ćeran | Hujumchi | 2016- | Paxtakor | 5 | ||
3 | UZB | Leoned Koshelev | Yarim himoyachi | 1985—2003-yillar | Paxtakor | 4 | |
4 | UZB | Server Jeparov | Yarim himoyachi | 1998-2017 | Paxtakor | 2 | |
5 | UZB | Rustam Doʻrmonov | Hujumchi | 1985—2003-yillar | Neftchi | 2 | |
6 | TUR | Gochguli Gochguliyev | Himoyachi | Paxtakor | 2 | ||
7 | Jovan Đokić | Hujumchi | AGMK | 2 | |||
Oleksandr Pishchur | Hujumchi | Bunyodkor | 2 | ||||
9 | UZB | Jasur Hasanov | Yarim himoyachi | 2000-… | Bunyodkor Lokomotiv |
2 | |
10 | UZB | Jaʼfar Irismetov | Hujumchi | 1993—2012-yillar | Doʻstlik | 2 | |
11 | UZB | Mirjalol Qosimov | Yarim himoyachi | 1987—2005-yillar | Paxtakor | 2 | |
12 | UZB | Noʻmon Hasanov | Hujumchi | 1985—2007-yillar | Paxtakor Traktor |
2 | |
13 | UZB | Irakli Klimiashvili | Hujumchi | Paxtakor | 2 | ||
14 | UZB | Andreey Akopyants | Yarim himoyachi | Paxtakor | 2 |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O'zbekiston kubogi. Barcha finallarning ramziy terma jamoasi“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2022-yil.
- ↑ „16:0 - O'zbekiston kubogi tarixidagi eng yirik hisobmi?“ (2024-yil 23-aprel).
- ↑ „O'zbekiston Kubogi finaliga oid faktlar“ (O'zbek). Championat.Asia (10-25-2016). 2023-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
- ↑ „Ўзбекистон кубоги. Мухлислар рекордини биласизми?“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
- ↑ „Мутлақ рекордчи Нестеров ёхуд финалда ўйнаган дарвозабонлар ҳақида“. 2023-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-may.
- ↑ „Muxlislar tashrifi“.
- ↑ „“Nasaf” uch karra Oʻzbekiston kubogi sohibi!“. 2022-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „“Nasaf” toʻrt karra Oʻzbekiston kubogi sohibi!“. 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-dekabr.
- ↑ „O'zbekiston Kubogi Bosh hakamlari tarixi“.[sayt ishlamaydi]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Oʻzbekiston Kubogi haqida turkum mavjud |