Kontent qismiga oʻtish

Oleg Bazilevich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oleh Bazylevych
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oleg Petrovich Bazilevich
Tavallud sanasi 6-iyul 1938-yil
Tavallud joyi Kiyev, Ukraina SSR
Vafot sanasi 16-oktyabr 2018-yil(2018-10-16)
(80 yoshda)
Vafot joyi Kiyev, Ukraina
Boʻyi 1.75 m (5 ft 9 in)
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1957—1966 Dinamo Kiyev 161 (63)
1966 Chornomorets Odesa 35 (6)
1967—1968 Shakhtar Donetsk 32 (9)
Total 228 (78)
Boshqargan klublari
1969—1970 Desna Chernihiv
1971 Shakhtar Kadiivka
1972 Avtomobilist Zhytomyr
1972—1973 Shakhtar Donetsk
1974—1976 Dynamo Kiyev (yordamchi)
1975—1976 SSSR (yordamchi)
1977—1978 Dinamo Minsk
1979 Paxtakor Toshkent
1979 SSSR
1980—1982 CSKA Moscow
1984 Zorya Voroshilovhrad
1985 Ukraina SSR yoshlar jamoasi
1986 Shakhtar Donetsk
1987—1988 Slavia Sofia
1988—1989 Bolgariya (maslahatchi)
1992—1994 Ukraina
1995—1996 Kuvayt (olimpiya)
1997 Al Kuwait
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Oleg Petrovich Bazilevich (ukraincha: Оле́г Петро́вич Базиле́вич 6-iyul 1938-yil, Kiyev – 16-oktyabr 2018-yil, Kiyev) – sovet va ukrainalik futbolchi va futbol murabbiyi. Pedagogika fanlari nomzodi. Metodist. Valeriy Lobanovskiy bilan birgalikda yuqori malakali futbolchilarni tayyorlash tizimini ishlab chiqdi va joriy qildi. Futbol strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish muallifi. SSSR va Ukrainada xizmat koʻrsatgan murabbiy.

Uzoq vaqt davomida „Dinamo Kiyev“ jamoasida Valeriy Lobanovskiy bilan oʻynagan. Futbolchilik faoliyatini „Shaxtyor“da yakunladi. Xuddi shu klubda u oʻzining birinchi murabbiylik muvaffaqiyatlariga erishdi va mustahkam jamoani yaratgan[1]. Bazylevich-Lobanovskiy dueti 1966-yilgi turnirda jamoaning 29 ta golidan 11 tasini kiritgan[2].

1974-yilda Lobanovskiy tomonidan Kiyevning „Dinamo“ jamoasiga taklif qilingan. Uch yil ichida „Dinamo“ murabbiylik tandemi Yevropa kubogi arenasida birinchi marta yuqori gʻalabalarga erishgan. 1976-yilda „Dinamo“ va terma jamoa muvaffaqiyatsiz oʻynashi natijasida Bazilevich jamoani tark etgan.

Minskning „Dinamo“ klubida ikki mavsum oʻtkazgan Bazilevich, 1979-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtgan. Oʻsha yili „Paxtakor“ jamoasi deyarli toʻliq tarkibda Dneprodzerjinsk osmonida halokatga uchragan edi. Bazilevichning oʻzi tasodifan bu reysga chiqmadi. U oliy liga boshqa klublaridan futbolchilarni „Paxtakor“ga taklif qilishga yordam bergan. Biroq, yangi mavsumda jamoada qolmadi[3].

MHSKda muvaffaqiyatga erisha olmadi, keyinchalik jamoaga „soyali sport iqtisodiyoti“ning salbiy oqibatlari toʻsqinlik qilganini tan oldi[3]. Avvaliga ishlar yaxshi ketayotgandi: 1980-yilda klub 5-oʻrinni egalladi (soʻnggi 10 yil ichida birinchi marta) va keyingi yili yana Yevropa musobaqalarida oʻynadi. 1981-yilda jamoa 6-oʻrinni egalladi. 1982-yildayoq, jamoa muvaffaqiyatsiz oʻynay boshladi va deyarli darhol turnir jadvalining pastiga tushib ketdi. Iyul-avgust oylari oxirida 8 oʻyin davomida gʻalaba qozona olmadi. 3-sentabr kuni Kiyevning „Dinamo“ klubi bilan durang oʻynagach, Bazilevich ishdan boʻshatildi.

CSKAdan keyin Bazilevich vaqtining bir qismini dissertatsiya yozishga bagʻishlagan. 1984-yilda „Zarya Voroshilovgrad“ jamoasining taklifini qabul qildi va keyinchalik bu ishi xato ekanligini tan olgan[3]. 1992-yil oktyabr oyida Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi boʻldi, ammo jamoa bilan katta muvaffaqiyatlarga erisha olmagan. 1998-yildan 2001-yilgacha milliy terma jamoalar bilan ishlagan UFF qoʻmitasini boshqargan[4].

2017-yil yanvar oyida Bazilevich koʻp yillar davomida kurashib kelgan Parkinson kasalligiga chalingani haqida xabarlarlar paydo boʻlgan[5]. 2018-yil 16-oktyabrda Kiyevda vafot etdi. 18-oktyabr kuni Baykov qabristonining markaziy xiyoboniga dafn qilingan[6][7].

  • SSSR chempioni: 1961 (oʻyinchi), 1974, 1975 (murabbiy)
  • SSSR chempionatining kumush medallari: 1960, 1965 (oʻyinchi)
  • Sovet Kubogi: 1964 (futbolchi), 1974 (murabbiy)
  • Kubok egalari kubogi: 1975 (murabbiy)
  • UEFA Superkubogi: 1975 (murabbiy)
  • Olimpiada bronza medali: 1976 (murabbiy)