Kontent qismiga oʻtish

Jamol Abdul Nosir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jamol Abdul Nosir
Jamol Abdul Nosir

Mansabda boʻlgan yillari
1956-yildan – 1970-yilgacha

Tavalludi

15-yanvar 1918-yil
Iskandariya
Vafoti 28-sentyabr 1970-yil(1970-09-28)
(52 yoshda)
Qohira

Jamol Abdul Nosir (arabcha: جمال عبدالناصر; 15-yanvar 1918, Iskandariya, Asyut viloyati Bann Mur qishlogʻi — 28-sentyabr 1970, Qohira) - Misr Arab Respublikasining davlat va siyosiy arbobi, 1939 yil harbiy bilim yurtini, 1942 yil harbiy-shtab kollejini tugatgan. 1948— 1949 yillardagi Arab—Isroil urushi ishtirokchisi, "Ozod zobitlar" tashkilotini tuzib inqilobiy harakatga rahbarlik qilgan. N. Inqilobiy kengashning avvalo rais oʻrinbosari, soʻng raisi, 1952—56 yillarda Misr Bosh vaziri oʻrinbosari, Ichki ishlar vaziri, Bosh vaziri boʻlgan. 1956 yil iyun — 1958 yil fevralda Misr prezidenti. 1956 yil Misr xalqining ingliz-fransuz-isroil agressiyasiga qarshi kurashiga boshchilik qilgan. 1958 yil N. rahbarligida Misr bilan Suriya qoʻshilib, Birlashgan Arab Respublikasi (BAR) vujudga keldi. N. 1958 yil BAR prezidenti, 1963 yil Arab sotsialistik ittifoqining raisi, 1956 yildan BAR qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni. 1961 yilda Suriyani BARdan ajralib chiqishi N.ning umum millatparvarlik siyosatiga hamda 1967 yildagi Isroil bilan boʻlgan "olti kunlik urush"da Misr armiyasining yengilishi N.ning siyosiy mavqeiga sezilarli zarba bergan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil