Xrom (kimyoviy element)
Xrom(Cr) | |
---|---|
Atom raqami | 24 |
Koʻrinishi | kul rang, qattiq metall |
Atom xossasi | |
Atom massasi (molyar massasi) |
51.9961 m. a. b. (g/mol) |
Atom radiusi | 130 pm |
Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
652.4(6.76) kJ/mol (eV) |
Elektron konfiguratsiyasi | [Ar] 3d5 4s1 |
Kimyoviy xossalari | |
Kovalentlik radiusi | 118 pm |
Ion radiusi | (+6e)52 (+3e)63 pm |
Elektrmanfiylik (poling boʻyicha) |
1.66 |
Elektrod potensiali | 0 |
Oksidlanish darajasi | 6, 3, 2, 0 |
Termodinamik xossalari | |
Zichlik | 7.18 g/sm³ |
Solishtirma issiqlik sigʻimi | 0.488 J/(K·mol) |
Issiqlik oʻtkazuvchanlik | 93.9 Vt/(m·K) |
Erish harorati | 2130 K |
Erish issiqligi | 21 kJ/mol |
Qaynash harorati | 2945 K |
Qaynash issiqligi | 342 kJ/mol |
Molyar hajm | 7.23 sm³/mol |
Kristall panjarasi | |
Panjara tuzilishi | kubik markazlasgan |
Panjara davri | 2.880 Å |
Panjara/atom nisbati | n/a |
Debye harorati | 460.00 K |
24 | Xrom
|
Cr | |
3d54s1 |
Xrom (yun. chroma — rang, boʻyoq, birikmalari yorqin rangli boʻlgani uchun, lot. Chromium), Cr — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 24, atomning massasi 51,996. Xrom (kimyoviy element)ning 4 ta barqaror izotopi mavjud: 50Cr (4,31%), 52Cr (83,76%), 53Cr (9,55%) va 54Cr (2,38%). Xrom (kimyoviy element)ning sunʼiy radioaktiv izotoplaridan eng muhimi 51Cr (T1/2=27,8 kun).
Xrom (kimyoviy element)ni dastlab fransuz kimyogari Xrom (kimyoviy element)Voklen 1797-yil tabiiy qoʻrgʻoshin (II)xromat — krokoit (PbCrO4) minerali tarkibidan topgan. Sof Xrom (kimyoviy element)ni Bunzen xrom (I)xlorid eritmasini elektrolizlab olgan.
Xrom (kimyoviy element) Yer poʻstining massa jihatidan 0,035% ini tashkil qiladi. Asosiy minerallari: xromit FeCr2O4, krokoit PbCrO4, uvarovit CaCr2(SiO4)3. Bulardan xromit (xromli temirtosh) katta amaliy ahamiyatga ega. Xrom (kimyoviy element) oqkulrang, qiyin eriydigan yaltiroq qattiq metall. Suyuqlanish temperaturasi 1890°, qaynash temperaturasi 2680°, zichligi 7,2 g/sm3. Havoda Xrom (kimyoviy element)ning sirti oksid parda bilan qoplanadi, bu parda Xrom (kimyoviy element)ni keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Xrom (kimyoviy element)ga uglerod qoʻshilsa, uning qattiqligi yanada ortadi. Xrom (kimyoviy element) quyi t.ralarda nihoyatda inert modda, lekin qizdirilganida kislorod, azot, uglerod, oltingugurt va galogenlar bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan, xrom (III)oksid Cr2O3 xrom (III)xlorid CrCl3, xrom (III)sulfid CrS3, xrom (III)nitrid CrN3 hosil qiladi. Xrom (III)sulfid faqat quruq muhitdagina barqaror, suv taʼsirida gidrolizga uchraydi, natijada xrom (III)gidroksid va vodorod sulfid hosil boʻladi. Xrom (kimyoviy element)ning galogenidlari ichida Xrom (kimyoviy element) xloridlari muhim ahamiyatga ega. Xrom (kimyoviy element) (II)xlorid CrCl2 — rangsiz gigroskopik kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 824°, zichligi 2,88 g/sm3. Xromometriyada ishlatiladi. Xrom (kimyoviy element) (III)xlorid CrCl3 — binafsha tusli kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 1152°, zichligi 3,03 g/sm3. Xrom (kimyoviy element) (IV)xlorid CrCl4 — qizdirilganda CrCL3 hosil boʻladi. Xrom (kimyoviy element) olishda ishlatiladi. Xrom (kimyoviy element) nitrat kislota va zar suvida faqat qizdirilganida ozgina eriydi. Xrom (kimyoviy element) oʻz birikmalarida 2, 3, 4, 6 valentli. 2 valentli Xrom (kimyoviy element) birikmalari beqaror, 3 valentliginiki barqaror moddalardir.
Sanoatda xrom (III)oksid kaliy bixromatni koks yoki oltingugurt bilan qaytarib olinadi. Xrom (III)oksid Xrom (kimyoviy element) olishda, moyli va akvarel boʻyoqlar tayyorlashda ishlatiladi. 3 valentli Xrom (kimyoviy element)ning koʻpchilik tuzlari suvda yaxshi eriydi, lekin gidrolizga uchraydi. Xrom (III)sulfat kaliy (natriy, rubidiy, seziy) sulfat taʼsirida kristallanib, qoʻshaloq tuz — Xrom (kimyoviy element)li achchiqtosh hosil qiladi.
Xrom (VI)oksid, CrO3 — xromat angidrid suv bilan 2 xil kislota: H2CrO4 (xromat kislota), H2Cr2O7 (bixromat kislota), ishqorlar bilan xromatlar hosil qiladi. Xrom (VI)oksid nihoyatda kuchli oksidlovchi. Xrom (kimyoviy element)ning CrO3 tarkibli peroksidi va H2CrO6 tarkibli peroksokislotasi mavjud.
Xrom (kimyoviy element) poʻlat va temirdan yasalgan buyumlarning sirtini korroziyadan saqlash maqsadida xromlashda, ularga bezak berishda, qattiq va puxta, shuningdek, zanglamas sifatli poʻlatlar tayyorlashda keng qoʻllanadi. Xrom (kimyoviy element) olovbardosh, kislotalar taʼsiriga chidamli. Xrom (kimyoviy element) birikmalari zaharli, ular boʻyoq sifatida, fotografiyada, pirotexnikada, kun sanoatida va boshqa sohalarda ishlatiladi.
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | ||||||||||||||||||||||||||||
1 | H | He | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2 | Li | Be | B | C | N | O | F | Ne | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3 | Na | Mg | Al | Si | P | S | Cl | Ar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4 | K | Ca | Sc | Ti | V | Cr | Mn | Fe | Co | Ni | Cu | Zn | Ga | Ge | As | Se | Br | Kr | |||||||||||||||||||||||||||
5 | Rb | Sr | Y | Zr | Nb | Mo | Tc | Ru | Rh | Pd | Ag | Cd | In | Sn | Sb | Te | I | Xe | |||||||||||||||||||||||||||
6 | Cs | Ba | La | Ce | Pr | Nd | Pm | Sm | Eu | Gd | Tb | Dy | Ho | Er | Tm | Yb | Lu | Hf | Ta | W | Re | Os | Ir | Pt | Au | Hg | Tl | Pb | Bi | Po | At | Rn | |||||||||||||
7 | Fr | Ra | Ac | Th | Pa | U | Np | Pu | Am | Cm | Bk | Cf | Es | Fm | Md | No | Lr | Rf | Db | Sg | Bh | Hs | Mt | Ds | Rg | Cn | Nh | Fl | Mc | Lv | Ts | Og | |||||||||||||
8 | Uue | Ubn | Ubu | Ubb | Ubt | Ubq | Ubp | Ubh | Ubs | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |