Inert gazlar
Inert gazlar (lotincha: iners – faoliyatsiz), asl gazlar, nodir gazlar – Mendeleyev davriy sistemasining 9-guruhiga mansub kimyoviy elementlar: geliy He (tartib raqami 2), neon Ne (10), argon Ag (18), kripton Kg (36), ksenon Xe (54) va radon Rn (86). Bulardan faqat radon radioaktiv element, barqaror izotopi yoʻq. Inert gazlar . atomlarining tashqi elektron qavati (geliyda 2 ta, qolgan inert gazlar . da 8 ta elektron bor) mustahkamligidan ular kimyoviy jihatdan nihoyatda sust ( inert gazlar . nomi shundan olingan). 1868-yilda fransuz J. Jansen va ingliz N. Lokyer quyosh spektridan birinchi inert gaz – geliyni topishgan. 1892—1908-yilda boshqa inert gazlar . kashf qilindi. Inert gazlar . ning molekulalari bir atomli. Barcha inert gazlar . rangsiz va xidsiz boʻladi. Inert gazlar . havoda (1 m3 havoda 9,4 l), suvda, baʼzi mineral va togʻ jinslarida bor. Geliy yer osti gazlari va mineral manbalar gazlari tarkibida uchraydi. Radon uran va radiyning radioaktiv preparatlaridan, boshqa inert gazlar . esa havodan ajratib olinadi. Tashqi elektron qavati toʻla (8 ta elektron) boʻlgani uchun inert gazlar . ni qattiq yoki suyuk holatda olish juda qiyin. Uzoq vaqtgacha inert gazlar . ning birikmalarini olish mumkin boʻlmadi. 1962-yilda kanadalik olim N. Barlett Xe bilan PtF3 birikmasini qoʻshib, inert gazlar kimyoviy reaksiyalarga mutlaqo kirishmaydi, degan fikrlarga chek qoʻydi. Hozirgi vaqtda inert gazlar . ning juda koʻp kimyoviy birikmalari olingan. Birikmalardagi inert gazlarning oksidlanish darajalari +1, +2, +4, +6 va +8 ga teng . Inert gazlar ftor, ftorli birikmalar bilan birika oladi. Ularning oksidlari (XeO3, XeO4), oksigalogenidlari olingan. Geliydan tashqari barcha inert gazlar suv va fenol bilan birikmalar hosil kila oladi. Radio va elektronika sanoatida, shuningdek, lyuminessent va axborot lampalarini, havo sharlarini toʻldirishda ishlatiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]