Kontent qismiga oʻtish

Lyutetsiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
71
Лютеций
Lu
174,9668
4f145d16s2

Lyutetsiy (lotincha Lutetium), Lu -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 71, atom massasi 174,967; lantanoidlart kiradi. Lyutetsiyni 1907-yilda fransuz kimyogari Lyutetsiy Urben kashf etgan. Tabiiy Lyutetsiy ikkita izotopdan tashkil topgan. 175Lu (97,40%) va 176Lu (2,60%); l76Lu radioaktiv (T|/2=2,4-10-10 yil). Birikmalarida 3 valentli, Massasi jihatidan yer poʻstidagi miqdori 8-10 ʻ%, dengiz suvlarida 1,210~6 mg/l. It-tiriy minerallari tarkibida uchraydi. Asosiy sanoat minerallari — ksenotim, evksenit, bastnezit. Lyutetsiy — kumush kabi oq, mexanik ishlovga oson beriladigan metall. Suyuqlanish temperaturasi =1660°, qaynash temperaturasi -3410°. Zichligi 9,85 g/sm3. Lyutetsiy birikmalaridan Lyutetsiy oksid Lu2O3, Lyutetsiy ftorid LuF3 va Lyutetsiy gidroksid Lu(OH)3 ahamiyatli boʻlib, ular issiqqa chidamli keramika, lazer materiallar va metall holdagi Lyutetsiy olishda qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil