Kontent qismiga oʻtish

Gafniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
1.7 kg Gafniy kristal parchasi namunasi
72
Гафний
Hf
178,49
4f145d26s2

Gafniy (lotincha Hafnium), Hf - Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element; tartib raqami 72, atom massasi 178,49. Massasi Hf74, Hf176, Hf", Hf78, Hf" va Hf180 ga teng izotoplar aralashmasidan tashkil topgan. Sunʼiy izotoplaridan eng muhimlari Hf7S va Hf". Gollandiya olimi Gafniy Koster va Vengriya olimi Gafniy Xeveshi 1923 yilda bu elementni erkin holda oldilar va Kopengagen (lotincha Hafhia) shahri sharafiga Gafniy deb atadilar. Gafniy tarqoq element, asosai sirkoniy minerallariga aralashgan holda uchraydi. Ogʻirlik jihatidan Yer poʻstining (3—4) 10~4% ini tashkil etadi. U kumushdek kulrang , yaltiroq, yaxshi bolgʻalanuvchan va choʻziluvchan metall, zichligi 13,82 g/sm3 (20° da), suyuqlanish temperaturasi 2222±30°, qaynash temperaturasi 5400°. Oddiy sharoitda turgʻun, chunki yuzasida hosil boʻlgan metall oksidi uni keyingi toʻla oksidlanishdan saqlaydi. Gafniy suvda, ishqor va ammiak eritmalarida erimaydi. NS1 va H3SO4 da juda sekin eriydi. Yuqori temperaturada galogenlar, azot, uglerod, kremniy vag vodorod bilan birikadi. Azot bilan 700—800° da nitrid HfN, galogenlar bilan 200— 400° da tetragalogenidlar, uglerod bilan 1800—2000° da karbid NGS, kremniy bilan 1000° da silitsidlar Hf2Si, Hf5Si, HfSi va HfSi2, vodorod bilan 350-400° da gidrid HfH2 hosil qiladi. Birikmalarda +2 va +3 valentli boʻlishi ham mumkin, lekin asosiy valentligi +4 ga teng . Gafniy tuzlarining suvdagi eritmalari gidrolizlanganida murakkab polimer va koʻp yadroli kompleks ionlar hosil boʻladi.

Gafniy dioksid, NGO2 — oq kristall modda; zichligi 9,68 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 2780°. Suvda erimaydi, konsentrlangan NS1 va HNO3 taʼsiriga berilmaydi, konsentrlangan ftorid va sulfat kislotalar, suyuqdantirilgan ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi.

Umumiy formulasi HfO2 xH2O boʻlgan oʻzgaruvchan tarkibli kristall yoki gelsimon birikmalar; hosil qiladi.

Gafniyning nitridi, boridi, karbidi oʻta qattiq, moʻrt va elektr oʻtkazuvchan moddalardir. Gafniydan elektron lampalarining katodlari va maxsus qotishmalar tayyorlanadi, yadro texnikasida neytron zarralarini yutuvchi modda sifatida, organik moddalarni sintez qilishda katalizatorlar sifatida qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil