Kontent qismiga oʻtish

Yevropiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yevropiy / Europium (Eu)
Atom raqami 81
Koʻrinishi oqish-kul rang
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
151,965(1) m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 199 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
546,9 kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Xe] 4f7 6s2
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 85 pm
Ion radiusi (+3e) 95 (+2e) 109 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
1,2
Elektrod potensiali Eu←Eu3+ -1,99 V
Eu←Eu2+ -2,80 V
Oksidlanish darajasi 3, 2,

(zaif asosli oksid)

Termodinamik xossalari
Zichlik 5,243 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi

1 095 J/(K·mol)

Issiqlik oʻtkazuvchanlik

1 870 Vt/(m·K)

Erish harorati

176 K

Erish issiqligi

27,656 kJ/mol

Qaynash harorati
K
Qaynash issiqligi

28,9 kJ/mol

Molyar hajm
sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi
Panjara davri

4,581 Å

Panjara/atom nisbati
Debye harorati

(300 K) 13,9 K

63
Европий
Eu
151,964
4f76s2

Yevropiy (lot. Yeigora — Yevropa soʻzidan olingan, Yeigorsht), Yevropiy — [[Mendeleyev davriy sistemasi]]ning III guruhiga mansub kimyoviy element; lantanoidlarta kiradi; tartib raqami 63, atom massasi 151,96. Yevropiyni 1901-yilda fransuz olimi Yevropiy Demars kashf etgan. Ikkita barqaror izotop (|51 Yevropiy — 47,82 % va |53 Yevropiy — 52,18 %)dan tashkil topgan. Yer poʻstining ogʻirlik jihatidan 1,3-10 4 % ini tashkil etadi. Nodir metallar bilan birga tabiiy minerallar — monatsit, loparit, bostnezit, oz miqdorda ksenotim, evksenit, gadolinit va apatitlar tarkibida uchraydi. Dengiz suvlari tarkibidagi miqdori 1,1-10 6 mg/l. Yevropiy — oqish kulrang metall, suyumanish harorati 826°, qaynash harprati 1559°, zichligi 5,245 g/sm3. Oddiy sharoitda suv, mineral kislotalar bilan, qizdirilganda azot va vodorod bilan reaksiyaga kirishadi. Yevropiyning ikki oksidi maʼlum: Yevropiy (P)-oksid EuO — qizgʻish- jigarrang, kubik panjarali kristall modda. Suyuqlanish harorati 1980°. 1000° da Eu2O, ga Yevropiy taʼsir ettirib, Yevropiyni oksidlab, vakuumda Eu(ON)2 ni parchalash usuli bilan olinadi. Yevropiy (Sh)-oksid Eu2O3 — rangsiz kristall modda. Kubik va monoklin panjarali ikki modifikasiyasi bor. Eu3+ tuzlari (oksalat, sulfat, nitrat va boshqalar)ni 800—1000 °C da parchalash usuli bilan olinadi. Yadro reaksiyalari uchun keramik himoya qoplamlari tayyorlashda qoʻllanadi. Metall holdagi Yu Eu2O, ni 1200° da vakuumda lantan yoki argon muhitida uglerod bilan qaytarib, shuningdek, EuS13 eritmasini elektroliz qilib olinadi. Yevropiy yadro texnikasida neytronlarni yutuvchi, qizil rangda shuʼlalanuvchi molenoforlar tayyorlashda faollashtiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Sunʼiy radioaktiv izotoplari: radioaktiv 152 Yevropiy (yarim emirilish davri T ‘/, 12,7 y.) kimyoviy tadqiqotlarda indikator, 154 Yevropiy (T ‘/2 16 y.) va 155 Yevropiy (T ‘/, 11,7 y.) — defektoskopiyada nurlanish manbai sifatida, 155 Yevropiy — tibbiyotda tashhis qoʻyishda qoʻllanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil