Kontent qismiga oʻtish

Nobeliy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nobeliy (Nobelium), No - Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub sunʼiy kimyoviy element; aktinoidlarta kiradi. Tartib raqami 102. Barqaror izotoplari yoʻq. Massa sonlari 251—259 boʻlgan 9 ta izotopi maʼlum. Eng uzoq mavjud boʻluvchi izotopi —259No (T|/2=l soat). Oksidlanish darajei +2, +3; ion radiusi No2+ uchun 0,11 nm. Ogirlik miqdorida olinmagan, xossalari 10 ta atomidan foydalanib oʻrganilgan. Stokgolmda (Shvetsiya) xalqaro olimlar guruhi 1957-yilda Nobeliy atomi olinganligini eʼlon qildi va uni Nobeliy Nobel (yana qarang Nobellar) nomi bilan atashni tavsiya etdi. Nobeliyning massa soni 252— 256 boʻlgan izotoplari 1963—67 yillarda Dubna shahrida Nobeliy Nobeliy Flerov boshchiligida olimlar tomonidan olindi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil