Vodorod sulfid
Vodorod sulfid, H2S- vodorod bilan oltingugurt birikmasi; rangsiz va zaharli gaz, palagʻda tuxum hidi keladi; qaynash temperaturasi — 60,38°, suyuqlanish temperaturasi —8,29°, suvda erib, sulfid kislota (juda kuchsiz) hosil qiladi; bu kislotaning tuzlari sulfidlar deb ataladi. Tarkibida 2 valentli oltingugurt borligi uchun V. s. juda kuchli qaytaruvchidir. V. s. texnikada neft, tabiiy va sanoat gazlarini qayta ishlash yoʻli bilan, lab.da esa metall sulfidlarga suyultirilgan sulfat kislota taʼsir ettirib olinadi. Analitik kimyoda kationlarni aniqlashda ishlatiladi.juda tasr qiladi. Molyar massasi 34 g/mol, zichligi 1.19 . Ishlab chiqarish obyektlarida PDKsi 10 mg/m3, aholi punktlarida 0.008 mg/m3 . Vodorod sulfid gazi zaharli bo'lib, 1.4 mg/m3 o'tkir hid seziladi, 10 mg/m3 dan oshganda hid sezish kuchayadi ko'z achishi, ko'ngil aynishi, bosh og'rig'i boshlanadi. 100 mg/m3 dan oshganda hid sezish pasayib bosh og'rig'i, ko'z achishi, tomoq qichishi, holsizlik kuchayib uyqu keladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |