Kontent qismiga oʻtish

Lantan (kimyoviy unsur)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
57
Lantan
138,9055
5d16s2

Lantan (yun. lanthano — bekinaman; lotincha Lanthanum), La — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 57, atom massasi 138,9055; nodir-yer elementlaridan. Tabiiy Lantan (kimyoviy unsur) ikkita izotopdan tashkil topgan: 139La (99,911%) va radioaktiv 138La (0,089%, T1/22-10" i.). Atom radiusi 0,187 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsiyey son keltirilgan) La3+O,117 nm (6), 0,124 nm (7), 0,130 nm (8), 0,136 nm (9), 0,141 nm (10), 0,150 nm (12). Yer poʻstidagi miqdori massasi jihatdan 2,9-10~3%, dengiz suvida 2,9’10~6 mg/l. Boshqa nodir yer elementlari bilan birga monatsit, bastnezit, loparit va apatit tarkibida uchraydi va ulardan ajratib olinadi. Shved olimi Brinell boʻyicha qattiqligi 363 MPa, mexanik ishlovga oson beriladi, sof holdagi Lantan (kimyoviy unsur)dan yupqa tunuka tayyorlash mumkin. Lantan (kimyoviy unsur)ning birikmalari optik shishalar, keramik materiallar, lyuminoforlar, yuqori temperaturali oʻta oʻtkazgichlar tayyorlashda qoʻllanadi. Lantan (kimyoviy unsur)ni shved kimyogari Lantan (kimyoviy unsur) Mosander 1839-yilda lantan "eri" — La2O3 koʻrinishida kashf etgan[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil