Poloniy
84 | Полоний
|
Po | |
4f145d106s26p4 |
Poloniy (Polonium), Po — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 84, atom massasi 208,9824. Poloniy radioaktiv elementlar yemirilishida oraliq mah-sulot sifatida hosil boʻladi. Uning massa sonlari 194 dan 218 gacha boʻlgan 25 ta izotopi va yadro izomerlari maʼlum. Eng uzok, mavjud boʻluvchi izotopi 209Ro(T|/2=103 yil), sunʼiy yoʻl bilan olingan. Har bir tabiiy iztopining radioaktiv elementlar qatorida joylanishiga qarab maxsus nomi va belgisi bor, chunonchi: 2|(|Ro—RaF bilan, 2||Ro— AsS bilan, 2l2Po-ThC bilan, 2l4Po-RaC bilan, 215Ro—AsA bilan, 216Ro—ThA bilan va 2l8Po—RaA bilan belgilanadi. Poloniyning 210Ro izotopi (T1/2=138,4 kun) muhim amaliy ahamiyatga ega.
Poloniy (2|0Ro) ilk bor 1898-yilda Poloniy Sklo-dovskaya-Kyuri va Poloniy Kyuri tomonidan uran rudasida radioaktiv element sifatida kashf etilgan va Poloniy Sklo-dovskayaKyuri vatani — Polsha (lotincha Polonia) sharafiga Poloniy deb atalgan. Poloniy — kumush kabi oq va yumshoq metall, fizik xossalari jihatidan vismut va qoʻrgʻoshinni eslatadi. Suyuqlanish temperaturasi 254°, qaynash temperaturasi 962°, zichligi 9,4 g/sm3, atom radiusi 1,7 A. Yer pustila massa jihatidan 2-10 15% ni tashkil qiladi.
Poloniy birikmalarda —2, +2, +4, +6 valentli. Uning oksidi, xloridlari, sulfati va kompleks birikmalari maʼlum.
Poloniy uran rudasini qayta ishlashda hosil boʻladigan murakkab moddalarning eritmalarini elektrkimyoviy usulda kaytarib olinadi. 1 t uran rudasida 0,1 mg chamasida Poloniy boʻladi. PoS ni vakuumda 273° da qizdirish yoʻli bilan ham olinadi. Poloniyning izotopi 2|0Ro o-zarralar manbai sifatida ishlatiladi. 2|0Ro ning berilliy bilan aralashmasi turli materiallarni analiz qilishda neytronlarning manbai boʻlib xizmat qiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | ||||||||||||||||||||||||||||
1 | H | He | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2 | Li | Be | B | C | N | O | F | Ne | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3 | Na | Mg | Al | Si | P | S | Cl | Ar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4 | K | Ca | Sc | Ti | V | Cr | Mn | Fe | Co | Ni | Cu | Zn | Ga | Ge | As | Se | Br | Kr | |||||||||||||||||||||||||||
5 | Rb | Sr | Y | Zr | Nb | Mo | Tc | Ru | Rh | Pd | Ag | Cd | In | Sn | Sb | Te | I | Xe | |||||||||||||||||||||||||||
6 | Cs | Ba | La | Ce | Pr | Nd | Pm | Sm | Eu | Gd | Tb | Dy | Ho | Er | Tm | Yb | Lu | Hf | Ta | W | Re | Os | Ir | Pt | Au | Hg | Tl | Pb | Bi | Po | At | Rn | |||||||||||||
7 | Fr | Ra | Ac | Th | Pa | U | Np | Pu | Am | Cm | Bk | Cf | Es | Fm | Md | No | Lr | Rf | Db | Sg | Bh | Hs | Mt | Ds | Rg | Cn | Nh | Fl | Mc | Lv | Ts | Og | |||||||||||||
8 | Uue | Ubn | Ubu | Ubb | Ubt | Ubq | Ubp | Ubh | Ubs | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|