Kadmiy
Kádmiy / Cadmium (Cd) | |
---|---|
Atom raqami | 48 |
Koʻrinishi | Havo rangli, yumshoq metall |
Atom xossasi | |
Atom massasi (molyar massasi) |
112,411 m. a. b. (g/mol) |
Atom radiusi | 154 pm |
Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
867,2 (8,99) kJ/mol (eV) |
Elektron konfiguratsiyasi | [Kr] 4d10 5s2 |
Kimyoviy xossalari | |
Kovalentlik radiusi | 148 pm |
Ion radiusi | (+2e) 97 pm |
Elektrmanfiylik (poling boʻyicha) |
1,69 |
Elektrod potensiali | 0 |
Oksidlanish darajasi | 2 |
Termodinamik xossalari | |
Zichlik | 8,65 g/sm³ |
Solishtirma issiqlik sigʻimi | 0,232 J/(K·mol) |
Issiqlik oʻtkazuvchanlik | 96,9 Vt/(m·K) |
Erish harorati | 594,1 K |
Erish issiqligi | 6,11 kJ/mol |
Qaynash harorati | 1 038 K |
Qaynash issiqligi | 59,1 kJ/mol |
Molyar hajm | 13,1 sm³/mol |
Kristall panjarasi | |
Panjara tuzilishi | geksagonal |
Panjara davri | 2,980 Å |
Panjara/atom nisbati | 1,886 |
Debye harorati | 120,00 K |
48 | Kadmiy
|
Cd | |
4d105s2 |
Kadmiy (lotincha: Cadmium), Cd – Mendeleyev davriy sistemasining 2-guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 48, atom massasi 112,40. 8 ta barqaror izotopdan iborat: 106Cd (1,22%), l (l8Cd(0,88%), n0Cd (12,39%), mCd (12,75%), ll2Cd (24,07%), mCd (12,26%), ll4Cd (28,85%) va n6Cd (7,58%). Atom radiusi 0,146 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsion son keltirilgan) Cd2+ 0,092 nm (4), 0,101 nm (5), 0,109 nm (6), 0,117 nm (7), 0,145 nm (12). Poling boʻyicha elektromanfiyligi 1,7.
Kadmiyni 1817-yilda nemis kimyogari Kadmiy Shtromeyer kashf etgan. Dastlab rux karbonat tarkibidan olingani uchun rux rudasining yunoncha nomi („Kadmeia“) bilan atalgan. Tabiatda rux, qoʻrgʻoshin va mis rudalari bilan aralash uchraydi. Kadmiy – siyrak element; uning yer poʻstidagi oʻrtacha miqdori ogʻirlik jihatidan l,3-10~5%, dengiz va okean suvlarida 0,00011 mg/l. Kadmiyning selenid (CdSe), otavit (CdO3) va monteponit (CdO), grinokit (CdS) kabi nodir minerallari maʼlum. Sulfid rudalarida, jumladan, sfalerit minerali (ZnS) tarkibida (0,01—5,0%), galenitda (0,02% gacha), xalkopiritda (0,12%), piritda (0,02%) uchraydi. Bundan tashqari, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar organizmida, oʻsimliklarda ham bor. Kadmiy – kumushdek oq, yumshoq, choʻziluvchan, mexanik ishlovga oson beriladigan ogʻir metall. Zichligi 8,65 g/sm1 (20° da) Maos boʻyicha qattiqligi 2, suyuqlanish temperaturasi 320,9°, qaynash temperaturasi 767°. Kimyoviy birikmalarda 2 valentli. Nam havoda Kadmiyning sirti yupqa oksid parda bilan qoplanadi. Bu parda uni keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Suyuqlanish temperaturasidan yuqori haroratlarda yonib, qoʻngʻir rangli kadmiy oksid (CdO) hosil qiladi. Kadmiy HCl, H2SO4 da, ayniqsa, HNO3, da erib, tegishli tuzlar beradi. Ishqorlarda erimaydi. Kadmiy kislorod, oltingugurt, galogenlar va boshqa bilan reaksiyaga kirishadi. Kadmiyning tuzlari, suv va kislotalarda eriydigan birikmalari zaharli. Kadmiy mis, rux, qoʻrgʻoshin rudalarini qayta ishlashdagi chiqindilardan ajratib olinadi. Yadro reaktorlarida, ishqorli akkumulyatorlarda, maxsus qotishmalar tayyorlashda, boʻyoq olishda, temirni kadmiylashda ishlatiladi[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fedorov Kadmiy Kadmiy, Ximiya i texnologiya malix metallov. Vismut i kadmiy, Kadmiy, 1986.
Kadmiy – unsurlar davriy jadvalining 48 unsuri, metall.
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | ||||||||||||||||||||||||||||
1 | H | He | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2 | Li | Be | B | C | N | O | F | Ne | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3 | Na | Mg | Al | Si | P | S | Cl | Ar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4 | K | Ca | Sc | Ti | V | Cr | Mn | Fe | Co | Ni | Cu | Zn | Ga | Ge | As | Se | Br | Kr | |||||||||||||||||||||||||||
5 | Rb | Sr | Y | Zr | Nb | Mo | Tc | Ru | Rh | Pd | Ag | Cd | In | Sn | Sb | Te | I | Xe | |||||||||||||||||||||||||||
6 | Cs | Ba | La | Ce | Pr | Nd | Pm | Sm | Eu | Gd | Tb | Dy | Ho | Er | Tm | Yb | Lu | Hf | Ta | W | Re | Os | Ir | Pt | Au | Hg | Tl | Pb | Bi | Po | At | Rn | |||||||||||||
7 | Fr | Ra | Ac | Th | Pa | U | Np | Pu | Am | Cm | Bk | Cf | Es | Fm | Md | No | Lr | Rf | Db | Sg | Bh | Hs | Mt | Ds | Rg | Cn | Nh | Fl | Mc | Lv | Ts | Og | |||||||||||||
8 | Uue | Ubn | Ubu | Ubb | Ubt | Ubq | Ubp | Ubh | Ubs | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]