Stanislav Smirnov
Stanislav Konstantinovich Smirnov | |
---|---|
Tavalludi |
3-sentyabr 1970-yil Leningrad, Sovet Ittifoqi |
Fuqaroligi | Rossiya |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Geneva universiteti Qirollik texnologiya instituti Sankt-Peterburg davlat universiteti Yale universiteti Max Planck matematika instituti Perspektiv tadqiqotlar instituti Skolkovo fan va texnologiya instituti |
Akademik rahbarlari | Nikolai G. Makarov |
Mukofotlari |
Clay Research mukofoti (2001) Salem mukofoti (2001) Rollo Davidson mukofoti (2002) Yevropa matematika jamiyati mukofoti (2004) Fields medali (2010) |
Stanislav Konstantinovich Smirnov (ruscha: Станисла́в Константи́нович Смирно́в) (1970-yil 3-sentyabrda tugʻilgan) — rossiyalik matematik. Smirnov perkolatsiya va Ising modeli boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Xususan, uch burchakli toʻrdagi perkolatsiyalar uchun Cardy formulasini isbotlab bergan. 2010-yil Fields medali bilan taqdirlangan.[1]
Smirnov 2003-yildan beri Geneva universitetida professor boʻlib ishlaydi. 2012-yil Rossiya aʼlim va fan vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi aʼzosi etib saylangan. 2013-yildan beri Academia Europaea akademiyasi aʼzosi.
Smirnov matematika va fizika fanlarini chuqur oʻrgatiluvchi 239-sonli maktabni tamomlagan. Beshinchi sinfdan boshlab u Sergey Rukshin boshchiligidagi toʻgarakda matematikani oʻrgangan. 1986–1987-yillarda maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasida SSSR terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Ikkala olimpiadada ham barcha topshiriqlarga toʻgʻri javob berib, 100 % natija koʻrsatgan va ikki marta oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Xalqaro olimpiada gʻolibi sifatida Sankt-Peterburg davlat universitetining matematika va mexanika fakultetiga imtihonsiz qabul qilingan, uni 1992-yilda bitirgan. Ilmiy rahbari Viktor Xavin boʻlgan. Smirnov Sankt-Peterburg davlat universitetini tamomlagandan soʻng, Nikolay Makarov tomonidan California texnologiya institutida aspiranturaga taklif qilingan va u yerda 1996-yilda Ph.D darajasini olgan. U Yale universitetida malaka oshirgan, Princetondagi Perspektiv tadqiqotlar institutida va Bonndagi Max Planck matematika institutida ishlagan. Smirnov keyinchalik Stockholmdagi Qirollik texnologiya institutida ishlagan, Shvetsiya Qirollik fanlar akademiyasida ilmiy xodim boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shibut, A. S. „Fields medali — Matematiklar uchun Nobel alternativasi“ (ruscha). Belarus davlat universiteti. 2020-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.