Daniel Quillen
Daniel Quillen | |
---|---|
Tavalludi |
22-iyun 1940-yil Orange, AQSh |
Vafoti |
30-aprel 2011-yil (70 yoshda) Haven Hospice, Shimoliy Florida |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Akademik rahbarlari | Raoul Bott |
Mashhur shogirdlari |
Kenneth Brown Varghese Mathai |
Mashhur ishlari | Algebraic K-theory (Quillen's Q-construction), Quillen–Suslin theorem, Bass–Quillen conjecture, rational homotopy theory, Quillen determinant line bundle, Mathai–Quillen formalism, Quillen's lemma, Quillen metric, Quillen's theorems A and B |
Taʼsir olgan |
Alexander Grothendieck Jean-Pierre Serre |
Mukofotlari |
Fields medali (1978) Cole mukofoti (1975) Putnam fellow (1959) |
Daniel Quillen (talaffuzi: Daniel Kvillen) (22-iyun 1940-yil — 30-aprel 2011-yil) — amerikalik matematik. Quillen yuqori algebraik K-nazariyaning „bosh meʼmori“ sifatida tanilgan, shu yoʻnalishdagi ishlari uchun 1975-yilda Cole mukofotiga va 1978-yilda Fields medaliga sazovor boʻlgan.
Quillen Orange shahrida tugʻilgan. U Harvard universitetiga oʻqishga kirgan va 1961-yili u yerda bakalavr darajasini olgan. 1964-yili Quillen qisman differentsial tenglamalar sohasida Raoul Bott rahbarligi ostida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Quillen doktorlik darajasini olganidan keyin, Massachusets texnologiya institutiga ishga joylashgan. Shu bilan birga, u bir necha yil davomida boshqa qator universitetrda faoliyat yuritgan. Bu tajriba unga tadqiqot yoʻnalishini aniqlashda koʻmaklashgan. Quillen 1969–1970-yillarda Princeton shahridagi Perspektiv tadqiqotlar institutining chaqirilgan aʻzosi boʻlgan va u yerda Michael Atiyah taʼsiri ostida boʻlgan.