Klaus Roth
Klaus Roth | |
---|---|
Tavalludi |
29-oktyabr 1925-yil Breslau, Veymar Respublikasi |
Vafoti |
10-noyabr 2015-yil (90 yoshda) Inverness, Shotlandiya |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik va United Kingdom of Great Britain and Ireland |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari | |
Akademik rahbarlari | |
Mashhur ishlari | |
Mukofotlari |
|
Klaus Friedrich Roth (talaffuzi: Klaus Fridrix Rot) (29-oktyabr 1925-yil – 10-noyabr 2015-yil) – Germaniyada tugʻilgan ingliz matematigi. Sonlar nazariyasi sohasidagi ishlari bilan tanilgan. Xususan, Algebraik sonlarning Diophantus yaqinlashishi boʻyicha Roth teoremasini isbotlagani uchun Fields medali bilan taqdirlangan.
Roth 1933-yildan fashistlardan qochib Angliyaga koʻchib borgan. U yerda Cambridge universitetida hamda London universitet kollejida tahsil olgan. 1950-yil doktoranturani tamomlagan. Roth 1966-yilgacha London universitet kollejida, 1988-yilgacha London imperial kollejida tahsil bergan.
Diophantus yaqinlashishi boʻyicha ishlaridan tashqari, Roth arifmetik kombinatorikada Salem–Spencer toʻplamlari hamda nomuvofiqlik teoriyasiga ham salmoqli hissa qoʻshgan. Roth, shuningdek, darajalar yigʻindilari, katta elak, Heilbronn uchburchagi masalasi hamda kvadrat ichida kvadrat joylashtirish boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Roth Heini Halberstam bilan hamkorlikda butun sonlar ketma-ketligi boʻyicha kitob yozgan.
Roth Fields medalidan tashqari De Morgan va Sylvester medallari bilan taqdirlangan, London qirollik jamiyati aʼzosi boʻlgan.