Vladimir Voyevodskiy
Vladimir Voyevodskiy | |
---|---|
Tavalludi |
4-iyun 1966-yil Moskva, Sovet Ittifoqi |
Vafoti |
30-sentyabr 2017-yil (51 yoshda) Princeton, New Jersey, AQSh |
Fuqaroligi | Rossiya, AQSh |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari | Perspektiv tadqiqotlar instituti |
Taʼlimi |
Moskva davlat universiteti Harvard universiteti |
Akademik rahbarlari | David Kazhdan |
Mukofotlari | Fields medali (2002) |
Vladimir Aleksandrovich Voyevodskiy (ruscha: Влади́мир Алекса́ндрович Воево́дский) (5-iyun 1966-yil – 30-sentyabr 2017-yil) – rossiyalik-amerikalik matematik. Gomotopiya hamda algebraik xilma-xillik boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 2002-yil Fields medali bilan taqdirlangan.
Voyevodskiy Moskva davlat universitetida tahsil olgan, ammo dars qoldirgani hamda yaxshi natija koʻrsata olmagani uchun universitetni diplom olmasdan tark etgan. 1992-yil Harvard universitetidan PhD darajasini olgan. Oʻqishga oʻzi aslida topshirmagan – bir necha mustaqil maqolasi chop etilishi ortidan Harvard maʼmuriyatiga uni qabul qilish tavsiya qilingan.
Voyevodskiy algebraik geometriya hamda algebraik topologiyani birlashtiruvchi motivli kogomologiyalar boʻyicha ishlari bilan shuhrat qozongan. Olim, shuningdek, matematika asoslari sohasida matematikaning univalent asoslarini oʻrgangan. Voyevodskiy 2002-yil Princetondagi Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlay boshlagan. 2017-yil 51 yoshida anevrizmadan vafot etdi.