Geneva universiteti
Xalqaro nomi |
Université de Genève |
---|---|
Shiori | Post tenebras lux (Lotin tilida), Light after darkness (ingliz tilida) |
Turi | Mahalliy universiteti |
Asos solingan sanasi | 1559 |
Rektori | Yves Flückiger |
Talabalari | 17,271 |
Veb-sayti | www.unige.ch |
University of Geneva (fransuzcha: Université de Genève) Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan davlat tadqiqot universitetidir. U 1559-yilda Jon Kalvin tomonidan teologik seminariya sifatida tashkil etilgan[1][2]. U yerda XVII asrga qadar ilohiyotga eʼtibor qaratilgan, u maʼrifiy stipendiya markaziga aylandi. Bugungi kunda u talabalar soni boʻyicha Shveytsariyadagi uchinchi yirik universitetdir[3].
1873-yilda u oʻzining diniy mansubligidan voz kechdi va rasman dunyoviy boʻldi[2]. 2009-yilda Geneva universiteti tashkil topganining 450 yilligini nishonladi[4]. Talabalarning qariyb 40 foizi xorijiy davlatlardan kelgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitet 1559-yilda Jon Kalvin tomonidan Academy of Geneva(Academie de Genève) sifatida, protestant Jenevada xalq taʼlimi markazi boʻlishi uchun tashkil etilgan[5]. 1565-yilda akademiyada huquqshunoslik oʻqitilishi boshlandi[5].
Fransiyaning Jenevani qoʻshib olishi davrida (1798-1813) maktab darajalar va uning fakultetlarga boʻlinishi joriy qilingan holda yanada universal formatga aylantirildi[5]. Ushbu modernizatsiya jarayoni milliy tiklanish davrida davom etdi[5].
Manzili
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jeneva universiteti shaharning sharqiy qismidagi bir nechta tumanlarda va unga yaqin joylashgan Karuj shahrida (Leman va Rona koʻlining chap qirgʻogʻida) joylashgan va turli binolar baʼzan bir-biridan juda uzoqda joylashgan. Eng qadimgi bino (1559) Kalvin kolleji boʻlib, u endilikda universitet binosi hisoblanmaydi. Maʼruzalar olti xil asosiy joyda Les Bastions, Uni Dufour, Sciences I, II va III, Uni Mail va Uni Pignon, Center Médical Universitaire (CMU) va Battelleda oʻtkaziladi[6].
Uni Bastion
[tahrir | manbasini tahrirlash]1868-1871-yillarda qurilgan Uni Bastions Jenevaning akademik hayotining ramzi hisoblanadi. U parkning oʻrtasida joylashgan boʻlib, protestant ilohiyot fakulteti va sanʼat fakulteti hisoblanadi[7].
Uni Dufour
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning arxitekturasi Le Korbusier binosidan ilhomlangan holda qilingan. Unda rektorat va universitet maʼmuriyati joylashgan.[8]
Uni Mail
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu Shveytsariyaning ijtimoiy fanlarga bagʻishlangan eng katta binosi. Hozirda u huquq, iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti[9], psixologiya va pedagogik hamda tarjima va tarjimonlik fakultetlari hisbolanadi[10].
Tashkilot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jeneva universiteti turli fanlar boʻyicha taʼlim, tadqiqot va jamiyatga xizmat koʻrsatadigan turli fakultetlar va fakultetlararo markazlardan tuzilgan.
Fakultetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitet toʻqqizta fakultetdan iborat:[11]
- Fanlar fakulteti
- Tibbiyot fakulteti
- Gumanitar fanlar fakulteti
- Jeneva iqtisodiyot va menejment maktabi (GSEM) fakulteti
- Jeneva ijtimoiy fanlar maktabi fakulteti (G3S)
- Huquq fakulteti (Jeneva yuridik maktabi)
- Ilohiyot fakulteti (Wayback Machine saytida 2021-01-24 sanasida arxivlangan)
- Psixologiya fakulteti va taʼlim maktabi
- Tarjima va tarjimonlik fakulteti
Moliya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jeneva universiteti 2016-yil uchun taxminan 760 million CHF byudjetiga ega edi[12]. Bu asosan oʻqish toʻlovlaridir[13].
Akademiklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kirish va toʻlovlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bakalavr dasturiga topshirish uchun Sheytsariya boshlangʻich taʼlim diplomi yoki Jeneva Universiteti tomonidan ekvivalent deb hisoblangan oʻrta diplomga ega boʻlishi kerak[14]. Agar daraja fransuz tilida oʻqilmagan boʻlsa, abituriyentlar sentyabr oyining boshida ogʻzaki va yozma testidan va yozma inshodan iborat boʻlgan fransuz tili boʻyicha imtihondan oʻtishlari kerak[15]. Oʻqish toʻlovlari bir semestr uchun 500 CHF.
QS World University Rankings[16] Jeneva universitetini quyidagicha baholadi:
Global reytinglari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilda Jeneva universiteti Shanxay reytingiga koʻra dunyoda 53-oʻrinni egalladi. 2012-yilda u Shanxay reytingiga koʻra dunyoda 69-oʻrinni, QS reytingiga koʻra umumiy 74-oʻrinni va THE reytingiga koʻra 133-oʻrinni egalladi. 2006-yilda Newsweek universitetni dunyoda 32-oʻringa qoʻydi[17].
Times Higher Education World University Rankings [18] Jeneva universitetini quyidagi tarzda joylashtirdi:
Yil | Shveytsariyada | Yevropada | Dunyoda |
---|---|---|---|
2016-yil | - | - | 89 |
2015-yil | - | - | 85 |
2012-yil | - | - | 74 |
2011-yil | - | - | 69 |
Yil | Shveytsariyada | Yevropada | Dunyoda |
---|---|---|---|
2015-2016- yillar | 6 | 131 | |
2012-2013- yillar | 5 | 52 | 133 |
2011-2012-yillar | 7 | 46 | 116 |
2010-2011-yillar | 5 | 34 | 118 |
Taniqli bitiruvchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Henri of Luxembourg (HEI)
- Maria Teresa Mestre
- Astrid de Belgique (IUEE)
- Joséphine-Charlotte de Belgique
- Nora of Liechtenstein (HEI)
- Elias Farah
- Emanuele Filiberto di Savoia
- Bonaya Adhi Godana
- Hartley Shawcross, Baron Shawcross
- Sir Norman Angell
- Natalia Aszkenazy
- José Manuel Durão Barroso (IUEE)
- Ferdinand P. Beer
- Manolo Blahnik
- Nicolas Bouvier
- Micheline Calmy-Rey (HEI)
- Róbert Cey-Bert
- Marguerite Champendal
- Corinne Chaponnière
- Albert Cohen
- Hernando de Soto
- Ruth Dreifuss
- Jacques Dubochet
- Georges Favon
- Ian Fleming
- Paul Flowers
- Claude Goretta
- Martin Hairer
- Jean Hoerni
- Afet İnan
- Sandra Kalniete (HEI)
- Sophie Kanza
- Lazare Kopelmanas
- Zygmunt Krasiński
- Dominique Lévy[19]
- Moshe Many
- Gilles Marchand
- Fátima Mereles
- Serge Moscovici
- Placide Nicod
- Claude Nicollier
- Jean Pictet
- Emma Pieczynska-Reichenbach
- Claude Piron
- Hans-Gert Pöttering
- Nasser Mohammed Al-Ahmed Al-Sabah
- Arnold Reymond
- Marco Solari
- Jürgen Wöhler
- Ehsan Naraghi
- Georg Seelig
- Sigmund Widmer
- Tariq Ramadan
- Hani Ramadan
- Elena Aprile
- Paul Dubrule
- Frank Martin
- Enrique Moles Ormella
- Riadh Sidaoui
- Alain Tanner
- Sophie Schwartz
- Alan E. Zimmer
Badiiy adabiyotda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jeyms Bond, uning yaratuvchisi Ian Fleming singari insonlar qisqa muddat Jeneva universitetida tahsil olgan[20].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „About the University – Université de Genève“ (en). www.unige.ch. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
- ↑ 2,0 2,1 „Our Heritage – Faculté d'économie et de management – UNIGE“ (en). www.unige.ch (2017-yil 27-aprel). Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
- ↑ "University of Geneva (UNIGE)". Studying in Switzerland. 5 September 2006. Archived from the original on 2022-01-25. https://web.archive.org/web/20220125233459/https://www.unige.ch/stat/fr/dernierepublication-1/. Qaraldi: 2022-09-24.Geneva universiteti]]
- ↑ "University of Geneva honors LHC project leader at 450th anniversary ceremony". CERN. 5 June 2009. http://press.web.cern.ch/press-releases/2009/06/university-geneva-honours-lhc-project-leader-450th-anniversary-ceremony.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 Marco Marcacci. "Université de Genève" (fr). Historical Dictionary of Switzerland.
- ↑ "L'Université de Genève a fêté ses 450 ans en 2009". Schenk Photos. Archived from the original on 24 September 2015. https://web.archive.org/web/20150924094948/http://www.schenk-photos.ch/GENEVA_1/Geneve_Universite.html. Qaraldi: 29 July 2014.Geneva universiteti]]
- ↑ „Accueil“. Bâtiments: plans d'accès. Université de Genève. Qaraldi: 2018-yil 14-yanvar.
- ↑ „Accueil“. Bâtiments: plans d'accès. Université de Genève. Qaraldi: 2018-yil 14-yanvar.
- ↑ „GSEM“. 2017-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-iyul.
- ↑ „Accueil“. Bâtiments: plans d'accès. Université de Genève. Qaraldi: 2018-yil 14-yanvar.
- ↑ „Facultés, école, UPER“. Archives. Université de Genève. 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Rapport financier et budget“ (fr). L'Université se présente. Université de Genève (2017-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.
- ↑ „Budget 2013“. Unige.ch. Qaraldi: 2018-yil 14-yanvar.
- ↑ „Accueil :: S'inscrire à l'UNIGE 2019–20“. 2013-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-avgust.
- ↑ „Examen de français“. Division de la formation et des étudiants. Université de Genève (2013-yil 3-avgust). 2013-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-yanvar.
- ↑ „QS World University Rankings 2010 Results“. Topuniversities.com. Qaraldi: 2018-yil 14-yanvar.
- ↑ „Archived copy“. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 10-avgust.
- ↑ „Times Higher Education World University Rankings“. Timeshighereducation.co.uk (2015-yil 13-aprel). Qaraldi: 2018-yil 14-yanvar.
- ↑ „Dominique Levy“. Dominique-levy.com. 2013-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-may.
- ↑ Pearson, John. James Bond: The Authorised Biography. Random House, 2008. ISBN 978-0-09-950292-0. , p. 299