Terence Tao
Terence Chi-Shen Tao(talaffuzi: Terens Chi-Shen Tao) (1975-yil 17-iyulda tugʻilgan) — avstraliyalik-amerikalik matematik. Tao matematikaning turli sohalarida ishlab keladi. Tao 2006-yil Fields medali bilan taqdirlangan.
Tao garmonik analiz, differensial tenglamalar, kombinatorika, sonlar nazariyasi, tasavvurlar teoriyasi sohalarini oʻrganib keladi. Ingliz matematigi Benjamin Green bilan hamkorlikda oddiy sonlarning cheksiz uzunlikdagi arifmetik progressiyalari mavjudligini isbotlab, shuhrat qozongan. Olim hozirda Los Angelesdagi California universitetida ishlaydi.
2007-yil 18-maydan London qirollik jamiyatining aʼzosi. 2008-yildan beri AQSh Milliy fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi va 2009-yildan beri Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining aʼzosi. Tao Qirol Faysalning fan boʻyicha xalqaro mukofoti sovrindori. Tao faoliyatining oʻziga xosligi shundaki, u koʻplab matematik bilan juda faol hamkorlik qilib keladi, bir vaqtning oʻzida zamonaviy matematikaning xilma-xil boʻlimlarini oʻrganib keladi hamda oʻz faoliyatini oʻz blogida yoritib keladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]