Yozuv
Yozish tizimlari |
---|
Alifbo |
Abjad |
Abugida |
Yozuv deb tilning matn orqali ifodalanishiga aytiladi. Bunda matn yozuv tizimi deb nomlanuvchi tayinli belgi va ramzlardan iborat boʻladi.[1] Yozuv rasm yoki magnitli audioyozuv kabi matnmas ifodalovchi yoki til saqlovchi vositalardan farqlanadi.
Yozuv – muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar oʻrtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv— kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom maʼnodagi ibtidosi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biri. Yozuv tildan ancha keyin paydo boʻlgan (tovush tili 400—500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, Yo.ning paydo boʻlganiga esa 4—5 ming yillar boʻlgan). Ogʻzaki til (nutq)ning zamon (vaqt) va makon (masofa) nuqtai nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati Yo.ning paydo boʻlishiga olib kelgan. Ogzaki til talaffuz vaqtidagina va ayni paytda muayyan masofadagi (tovush toʻlqinlari yetib borishi mumkin boʻlgan) kishi uchungina mavjuddir. Boshka sharoitlarda tilga ehtiyoj paydo boʻlishi bilan inson dahosi bu ehtiyojni qondira oluvchi vositalarni qidira boshlagan, natijada belgilar tizimidan iborat yozuv dunyoga kelgan. Yo.ning paydo boʻlishi va taraqqiyoti jamiyat rivoji, shuningdek, muayyan masofadagi kishilarning oʻzaro aloqa qilish ehtiyoji, siyosiy, huquqiy, diniy va estetik harakterdagi axborotlarni qayd etish, sakdash zaruriyati bilan bevosita bogʻliq. Xalklarning davlat sifatida birlashuvi nutqiy aloqa doirasini kengaytiradi va murakkablashtiradi; i.ch. va savdo kengayadi; boshqa xalklar va davlatlar bilan harbiy, siyosiy va b. shartnomalar tuziladi; qonunlar paydo boʻladi va mustahkamlanadi; diniy qarashlar va mafkuraning boshqa turli koʻrinishlari shakllanadi; xalqlarning oʻz tarixini bilishga boʻlgan ehtiyoj kuchayadi. Bularning barchasini faqat ogʻzaki nutq vositasida amalga oshirish mumkin emas. Bu sharoitda yozuv zaruriyatga aylanadi. Yozuv ogʻzaki tilga nisbatan ikkilamchi, qoʻshimcha aloqa vositasi boʻlsada, unga qaraganda koʻp afzalliklarga ega. Xususan, tilning asosiy vazifasi – kishilar oʻrtasidagi aloqani taʼminlashdir. Tilning kommunikativ vazifasi yozuv siz amalga oshishi mumkin emas. Tilning estetik, gnoseologik (dunyoni bilish) kabi asosiy vazifalarini ham yozuvsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, tilning insoniyat qoʻlga kiritgan tajribabilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita yozuv orqali bajariladi. Kishilik jamiyati yaratgan bilim va tajribalar, kashfiyotlar, soʻz sanʼati durdonalari va b. qimmatli axborotlarning barchabarchasi avlodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib boradi. Til jamiyat tarixi bilan qanchalik bogʻliq boʻlsa, yozuv ham shunchalik bogʻliqdir. Dastlabki qarashlarda Yo.ning kelib chiqishini ilohiyotga bogʻlash uchraydi. Bu aslida Yo.ning tengsiz imkoniyatlarini tasavvurga sigʻdira olmaslik, yozuv magiyasi („Yozuv sehrli qudratga ega“ degan ishonch) oqibatida kelib chiqqan joʻn tasavvurlar mahsulidir. Yozuv kishilik jamiyatining zaruriy ehtiyoji asosida paydo boʻlib, rivojlanib borgan. Bugungi shaklini olgunga qadar uzok va murakkab tadrijiy taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Inson akli Yo.day mukammal aloqa vositasini kashf qilguncha uzoq izlangan. Eng qad. davrlarda dunyo xalqlarining deyarli barchasida keng tarqalgan „eslatuvchi“ belgilar ana shu izlanishlarning ilk koʻrinishlari edi. Mas, muayyan miqdorni ifodalash uchun turli toshlar, chigʻanoklardan foydalanilgan, tayoklar, daraxtlarga har xil iplar bogʻlash, tugunlar tugib qoʻyish va b. vositalar bilan muayyan axborotni esda saqlash yoki muayyan masofaga yuborishga harakat qilingan. Yoki bir xabarni uzok, masofaga yetkazish uchun tutun, gulxan, baraban ovozi va sh.k. qoʻllangan. Xabarni uzok, vaqt saqlash uchun ramziy maʼno berilgan buyumlardan foydalanilgan: qoʻrgʻon – marhum koʻmilgan joy belgisi; slavyan qabilalarida nontuz – doʻstlik belgisi; trubka – tinchlik, sulh belgisi va b. „Buyumli yozuv“ nomi bilan yuritiladigan bunday axborot vositalarining qoldiqlari hozirda ham baʼzan saqlangan. Mas, biror fikrni esdan chiqarib qoʻymaslik uchun roʻmolchaning uchini tugib qoʻyish odatini yodga olish mumkin. Rasmli yozuv (piktografiya) yozuv yaratish yoʻlidagi birinchi qadam boʻlgan. Rasm bilan yozuv oʻrtasida uzviy bogʻliqlik mavjud, avvalo, har ikkalasi ham koʻrish orqali idrok qilinadi. Piktografik yozuvni ibtidoiy tasviriy sanʼat ichida yuzaga kelgan deyish mumkin. Arxeolog olimlarning bundan juda koʻp ming yilliklar ilgari insonlar tomonidan chizilgan turli rasmlarning mavjudligi haqidagi maʼlumotlari maʼlum. Toshlarga, suyaklarga, gʻor devorlariga oʻyib ishlangan xilma-xil hayvonlarning rasmlari, umumiy mazmunga birlashuvchi tasviriy lavhalar – bularning bari piktografik Yo.ning asoslaridir. Ana shu ibtidoiy tasviriy sanʼat ikki yoʻnalishda – umuman rasmlar va muayyan axborot vositasi, yaʼni yozuv sifatida shakllana borgan. Buni dunyo tillarining juda koʻpchiligidagi „yozmoq“ maʼnosidagi soʻzlarning etimologiyasiga eʼtibor qilganda ham bilish mumkin. Bunday soʻzlarning etimologiyasida asosiy mazmun rasm chizish jarayoni bilan boglits holda namoyon boʻladi. Masalan, qadimgi turkiy tillarda "yozmok, " tushunchasi „bit(i)moq“ feʼli („bitik“ – yozuv, kitob) bilan ifodalangan. Bu feʼlning oʻzagi xitoycha „bi“ (moʻyqalam) soʻzi bilan aloqador boʻlib, dastlabki maʼnosi „oʻymoq, oʻyib bezamoq“, undan keyin „yozmoq“ demakdir. Slavyan tillardagi „pisati“ (rus. „pisat“ – "yozmok, ") feʼlining maʼnosi ham dastlab moʻyqalamda rasm chizish bilan bogʻliq boʻlgan (rus. „jivopis“ – rangtasvir soʻzi bilan qiyoslang). Bu feʼlning oʻzagi lot. „pingere“ (rasm solmoq) soʻzi bilan aloqadordir, „pisati“ feʼlining dastlabki maʼnosi, koʻrinadiki, „rasm solmoq“, "bezamok, "dan iborat boʻlgan. Gotcha „melian“ (yozmoq) feʼlining dastlabki maʼnosi ham moʻyqalamda „rasm solmoq“ boʻlib, bu feʼl hoz. nemis tilida „malen“ shaklida va „rasm solmoq“ maʼnosida qoʻllanadi. Yunon tilidan koʻpgina tillarga oʻtgan „grafika“ soʻzi ham etimologik jihatdan oʻyish, tirnash tushunchalarini ifodalaydi. Bu misollar Yo.ning rasm bilan benihoya bogʻliq ekanligini yaqqol koʻrsatadi, yozuv jarayoni mexanikasini ham ochib beradi. Rasmlar yordamida muayyan fikraxborotni ifodalash, yuborish mumkin ekanligini odamlar juda qad. davrlarda anglab yetganlar. Shuning uchun qam rasmli yozuv (piktografiya) dunyodagi mavjud barcha Yo.larning kelib chiqishi uchun asos boʻlgan deyish mumkin. Piktografiyaning ogʻzaki til bilan bogʻliq boʻlmaganligi uning turli til vakillari tomonidan ham tushunilaverishini taʼmin etgan, ammo unda ifodalangan mazmunning turlicha, ixtiyoriy talqin etilishiga yoʻl qoʻygan, abstrakt tushunchalarni bunday yozuv orqali ifodalash deyarli mumkin boʻlmagan. Davlat tuzumi rivojlanib, turli yozishmalarga va bu yozishmalarning ayni bir xil talqin qilinishiga boʻlgan ehtiyoj kuchayib borgan sari piktografik Yo.ning ojiz tomonlari koʻproq koʻzga tashlana boshlagan. Bu hol piktografik Yo.ning taraqqiyotiga, ideografik va iyeroglifik Yo.ning shakllanishiga olib kelgan. Rasmlarning soddalashuvi, ularning oʻzlari ifoda etgan buyumlarning nomiga, ramziga aylanishi va astasekin bu ramzlarning ogʻzaki til bilan doimiy bogʻlanishi Yo.ning takomillashib borishini belgilab beradi. Yozuv belgilari ideografik, iyeroglifik belgilar sifatida muayyan soʻzlarning ifodachilariga aylanadi, bu yozuv „soʻz yozuvi“ yoki „logografik yozuv“ nomi bilan umumlashtiriladi. Eng qad. logografik yozuv tizimlari (misr iyeroglifikasi, shumer mixxatlari, xitoy iyeroglifikasi va b.) mil. av. 4ming yillikning oxiridan mil. av. 2ming yilliklarning boshlarigacha boʻlgan davrda shakllangan. Haqiqiy maʼnodagi yozuv tizimlari dastlab Qad. Sharkda vujudga kelgan. Yo.ning keyingi taraqqiyot bosqichi boʻgʻin Yo.i boʻlib, u mil. av. 2ming yilliklarning oʻrtalarida paydo boʻlgan. Tildagi suzlar soniga qaraganda boʻgʻinlar soni ancha kam, shuning uchun ham boʻgʻin Yo.i logografik Yo.ga nisbatan sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish kuradi. Masalan, devanagari (xind) yozuv boʻgʻin Yo.idir. Harftovush Yo.ining shakllanishi butun yozuv taraqqiyoti tarixida inqilob boʻlgan. Bu yoʻnalishdagi ilk yozuv finikiy yezuvadir. Finikiy alifbosining paydo boʻlishi insoniyat uchun Yo.ni takomillashtirish borasida olgʻa qoʻyilgan qadam boʻlgan. Birinchi marta sof tovush Yo.i, sanoqli harflardan iborat mukammal alifboning yuzaga kelishi jamiyatdagi Yo.ni biladigan kishilar doirasini kengaytirib yuborgan. Shuning uchun ham finikiy yozuvi juda tezlik bilan boshqa xalqlar orasida ham tarqalgan. Bu jarayon mil. av. 9-asrdan boshlangan. Finikiyaliklar bilan iqtisodiy va madaniy aloqada boʻlgan qoʻshni xalklar mazkur yozuv bilan tanishib, tez orada uni oʻz tillariga moslashtirib olganlar. Hoz. kunda bizga maʼlum boʻlgan harftovush tizimidagi Yo.larning 4/5 qismidan koʻprogʻi finikiy yozuvidan kelib chiqqan. Nutqni eng kichik boʻlaklarga – tovushlarga ajratib tasavvur qilish, idrok etish dastlabki paytlarda u qadar oson ish boʻlmaganligi sababli harf-tovush yozuv i yoki alifboli Yo.ning paydo boʻlishi jarayoni uzoqdavom etdi. Bunda inson dastlab nutqni soʻzlarga, keyin boʻgʻinlarga, undan keyin esa tovushlarga ajratib tasavvur qila olishday behad murakkab va uzoq yoʻlni bosib oʻtgan. Tildagi tovushlarni alohidaalohida idrok qilish tovush Yo.ning ibtidosidir. Harftovush Yo.ning muhim afzalligi uning kam miqdordagi, yaʼni 20—30 atrofidagi belgilar bngina ish koʻra olishidir. Harf-tovush Yo.i dunyo xalklari orasida juda tez tarqalgan va bu jarayon, asosan, oʻzlashtirish, u yoki bu tilning xususiyatini hisobga olgan holda moslashtirish yuli bilan boʻlgan. Oʻrta Osiyodagi xalklar, jumladan, oʻzbek xalqi turli Yo.lardan foydalanib kelgan. Bu Yo.lar avesto, paxlaviy, urxunenisey (runik), turkiy (uygʻur), soʻgʻd, arab, Kirill, lotin Yo.laridir. Yozuv bilan til oʻzaro chambarchas bogʻliq. Biror tilni shu tilning Yo.ini oʻrganmasdan, yoki aksincha, biror Yo.ni shu yozuv tegishli boʻlgan tilni bilmasdan oʻrganish mumkin emas. Ammo yozuv ogʻzaki til (nutq)ni aynan aks ettira olmaydi. Zotan, yozuv shunday xususiyatga ega boʻlganda, imlo kridalariga, talaffuz mezonlariga mutlaqo ehtiyoj qolmagan boʻlardi. Yuksak takomillashtirilgan alifbodagi bir harf muayyan bir tovushni ifodalashi, bir tovush muayyan bir harf bilan ifodalanishi lozim. Ammo dunyoda bunday alifbo yoʻq. Ana shunday maʼnodagi alifboga fin alifbosi birmuncha yaqinlashadi, lekin baribir toʻliq emas. Hoz. ingliz, fransuz va b. tillar alifbolari bunday mukammallikdan yiroq. Mana shu holat dunyo tillarining barchasida xilma-xil va juda koʻplab grafik va imlo qoidalarining ishlab chiqilishiga sabab boʻlgan. Yozuv bilan til oʻrtasida, alifbo va tilning tovush tizimi oʻrtasida bunday farqli holatlarni yuzaga keltirgan sabablar xilma-xil. Avvalo, dunyodagi hozirda mavjud alifbolarning deyarli hammasi ham mustaqil va tegishli til xususiyatlarini toʻliq hisobga olgan holda yaratilgan emas. Koʻpchilik xalklar oʻz Yo.larini boshqa til Yo.ini oʻz tillariga imkoniyat darajasida moslashtirish yoʻli bilan yaratganlar. Bu hol yozuv va til munosabatlarida oʻz izini qoldirgan. Ayni paytda yozuv va tilning taraqqiyoti bir xil, birbiri bilan toʻla moye keladigan jarayon emas. Tilning taraqqiyoti tarixiy va uzluksiz jarayon, odamlar tilga ataylab, ongli ravishda biron-bir oʻzgartirish kirita olmaydilar. Tildagi u yoki bu oʻzgarish tadrijiy ravishda, asta-sekin yuz beradi. Yozuv haqida esa bunday deb boʻlmaydi. Odamlar til xususiyatlariga yanada moslashtirish uchun Yo.ga turli uzgartishlar kiritadilar, islohotlar qiladilar, bir yozuv tizimini boshqasi bilan almashtiradilar va hokazo. Masalan, oʻzbek xalqi necha yillar davomida arab alifbosidan foydalanib kelgan, 1923—26-yillarda bu Yo.ni oʻzbek tili tovush qurilishini toʻlaroq ifodalashga moslashtirish maqsadida bir qator harfiy oʻzgartirishlar kiritilgan. Oʻzbekistonda 1929-yildan lotin Yo.i asosidagi oʻzbek alifbosiga utilgan, 1940-yildan esa Kirill Yo.i joriy etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1993-yil 2 sentabrda „Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish tugʻrisida“gi qonunni qabul qildi. Bu qonunga va uni amalga kiritish tartibi xaqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaroriga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 6 mayda oʻzgarishlar kiritadigan qonun qabul qildi. Bu hujjatga koʻra lotin Yo.iga asoslangan yangi oʻzbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar qoʻshilmasidan iborat. Yangi alifboga toʻla oʻtish 1996-yildan boshlanib, 2005-yilda tugallanishi belgilangan. Yozuv taraqqiyoti tilning tabiiy tarak, qiyotidan ancha orqada yurganligi uchun muayyan soʻz yoki soʻz shaklining yozilishi bilan talaffuzi aynan moye kelavermaydi. Bu tabiiy va qonuniy hol boʻlib, yozuv va ogʻzaki nutq oʻrtasidagi bunday nomuvofiqliklarni imlo qoidalari tartibga solib turadi. Dunyodagi alifbolarning hammasida ham harflar soni tegishli tildagi tovushlar (fonemalar) sonidan sezilarli darajada kam. Tabiiyki, bu hol Yo.ni oʻzlashtirishni osonlashtiradi. Shuning uchun ham alifbolardagi asosiy tamoyil undagi harflar sonini kupaytirish emas. Alifbo Yo.ning asosini tashkil etadi. Tinish belgilari va b. yozma belgilar ham Yo.ning unsurlari hisoblanadi.
Yozuv qadimgi madaniyatlarning siyosiy kengayishi natijasida kelib chiqqan axborot uzatish, moliyaviy hisob-kitob va tarixiy qaydlar olib borishga ehtiyoj tugʻilganida paydo boʻlgan, deb taxmin etiladi. Eramizdan avvalgi 4-ming yillikka kelib Mesopotamiyada savdo va maʼmuriyat murakkabligi odam xotirasi uchun haddan tashqari kattalashdi va yozuv qaydlar olib borish va saqlash uchun ishonchli usulga aylandi.[2] Qadimgi Misr va Mezoamerikada yozuv ehtimol taqvimlash va tarixiy hamda ekologik hodisalar qaydini olib borish orqali rivojlangan. Xitoyda topilgan eng qadimgi yozuv namunasi esa qirollik mahkamasidagi folbinlik amaliyotini taʼriflaydi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fridrix I., Istoriya pisma, M., 1979; Gelb I. Ye., Opit izucheniya pisma. Osnovi grammatologii, M., 1982; Istrin V. A., Vozniknoveniye i razvitiye pisma, M., 1965; Maxmudov N., Yozuv tarixidan qisqacha lugʻatmaʼlumotnoma, T., 1990. Nizomiddin Mahmudov.[3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Peter T. Daniels, „The Study of Writing Systems“, in The Worldʼs Writing Systems, ed. Bright and Daniels, p. 3
- ↑ Robinson, Andrew „The Origins of Writing“ in David Crowley and Paul Heyer (eds) Communication in History: Technology, Culture, Society (Allyn and Bacon, 2003).
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Vikiomborda Yozuv haqida turkum mavjud |