Kontent qismiga oʻtish

Bino

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bino

Bino — kishilarning yashashi, bilim olishi, ishlashi, hordiq chiqarishi uchun hamda maishiy va ishlab chiqarish maqsadlari, shuningdek hayvon, parrandalarni boqish va buyumlarni saqlash uchun quriladigan inshoot. Turar joy va jamoat binolari (maktab, teatr, kasalxona, magazin, hammom va hokazolar) boʻladi. Koʻpincha, umumiy tarzda fuqaro va sanoat binolari deb ataladi. Binoning asosiy qismlari: koʻtarib turuvchi konstruksiyalar (poydevor, ustunlar, devorlar), toʻsuvchi konstruksiyalar (pardevorlar, yopmalar) va tom. Binolar moʻljaldagi xizmat muddatiga qarab, muvaqqat va kapital xillarga boʻlinadi. Bino nimaga moʻljallanganiga qarab, meʼmoriy jihatdan, qavatlilik jihatdan, ishlatiladigan qurilish materiallari jihatdan har xil turlarga (gʻishtin, paxsa devor, sinchli, koʻp qavatli va boshqalar) boʻlinadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil