Sohil
Qiyofa
Sohil – 1) quruqlikning suv havzasi (dengiz, koʻl, daryo va boshqalar) qirgʻogʻi boʻylab choʻzilgan va ularga nishab boʻlgan qismi, relyefi hozirgi zamon va qadimgi relyef shakllariga mos boʻladi. Sohil 3 zona: 1) dengizboʻyi – dengiz terrasalari zonasi, 2) hozirgi zamon qirgʻoq shakllari rivojlanayotgan qirgʻoq zonasi, 3) suv bosgan qadimgi qirgʻoq shakliga ega sohilboʻyi zonasidan iborat; 2) Sahroi Kabir janubida choʻllar bilan fasliy nam oʻrmonlar oʻrtasida joylashgan savanna zonasi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |