Kontent qismiga oʻtish

Harorat

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gazlar tarkibidagi atom va molekula kabi zarralarning issiqlik taʼsiridan xaotik harakati

Harorat (temperatura) (lotincha temperatura – kerakli aralashma, oʻrtacha holat) – moddaning holatini issiq-sovuqligini tavsiflaydigan fizik kattalik.

Harorat – bu jismni tashkil qiluvchi elementar zarralar (atom va molekulalar)ning harakati kinetik energiyasining oʻrta statistik intensivligini ifodalovchi fizik kattalik. Xarorat birligi sifatida Kelvin gradusi qabul qilingan. SI birliklar tizimida 1K suvning uchlanma nuqtasi termodinamik xaroratining 1/273.16 qismiga teng deb qabul qilingan. Shuningdek Kelvin gradusini mutloq nol xarorat xam deb yuritiladi. Chunki 0 K da xar qanday moddada molekulyar harakat toʻxtaydi. Texnikada esa kelvin shkalasidan tashqari Tselsiy shkalasi xam keng qoʻllanadi. Tselsiy shkalasi suvning qaynash va muzlash xaroratlariga asoslangan va kelvin bilan quyidagi bogʻliqlikka ega: 1K =273,15 S. Farengeyt shkalasiga koʻra esa 0S = 32F va 100S = 212F. Farengeyt shkalasi nochiziqli shkala boʻlib, tS = 5/9 (tF-32) va aksincha tF=9/5 (tS +32) tarzida nisbatda boʻladi. Reomyur shkalasiga koʻra esa suvning muzlash xarorati 0R va qaynash xarorati 80R etib belgilangan. 1R=1.25 S

Harorat umumiy qilib aytganda, predmet va atrof muhitning shunaqa xususiyatiki, qaysiki inson sezgi organlariga sovuq, issiq va xok. sifatida taʼsir etadi. Harorat, modda zarralarining kinetik energiyasi bilan oʻzaro bogʻliqdir.

Harorat SI da kelvinlarda (K) oʻlchanadi. Yordamchi oʻlchov birligi sifatida esa Tselsiy darajasidan (°C) keng foydalaniladi.

Haroratni oʻlchashda termometr, termal tomoshabin, termopara, optik pirometr va xok. ishlatiladi.[1]

Qadimda „harorat“, tanasi issiqroq odamlarda boshqa odamlarga nisbatan, koʻproq oʻziga xos xususiyatga – teplorodga ega deb tushunilgan. Shuning uchun harorat deganda kuchli tananing oʻziga xos xususiyati va teplorod tushunilgan. Shundan kelib chiqib spirtli ichimliklarning quvvati va harorat, bir xil – graduslarda oʻlchanadi.

Harorat shkalalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Suv 0 °C da muzlaydi. Termometr −17 °C ni koʻrsatib turibdi.
Harorat shkalalarining oʻzaro nisbatlari
shkalalar Kelvin Tselsiy Farengeyt
Kelvin (K) = K = S + 273,15 = (F + 459,67) / 1,8
Tselsiy (° C) = K − 273,15 = C = (F − 32) / 1,8
Farengeyt (°F) = K · 1,8 − 459,67 = C · 1,8 + 32 = F


Harorat shkalalarini solishtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Harorat shkalalarini solishtirish
Tavsif Kelvin Tselsiy Farengeyt Rankin Delil Nyuton Reomyur Ryomer
Absolut nol 0 −273.15 −459.67 0 559.725 −90.14 −218.52 −135.90
Farengeyt qorishmasining erish harorati (tuz va muz teng miqdorda) 255.37 −17.78 0 459.67 176.67 −5.87 −14.22 −1.83
Suvning muzlash harorati (qulay sharoitda) 273.15 0 32 491.67 150 0 0 7.5
Inson tanasining oʻrtacha harorati ¹ 310.0 36.6 98.2 557.9 94.5 12.21 29.6 26.925
Suvning qaynash harorati (qulay sharoit) 373.15 100 212 671.67 0 33 80 60
ErishTitan 1941 1668 3034 3494 −2352 550 1334 883
Quyosh sirti 5800 5526 9980 10440 −8140 1823 4421 2909

¹ Inson tanasining oʻrtacha harorati – 36.6 ° C ±0.7 ° C, yoki 98.2 °F ±1.3 °F. Jadvaldagi baʼzi qiymatlar yaxlitlanilgan!

  1. „Inson tanasining haroratini o'lchash uchun termal tomoshabin“. 2022-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-noyabr.