Kontent qismiga oʻtish

Heike Kamerlingh Onnes

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kamerling-onnes Xeykedan yoʻnaltirildi)
Heike Kamerlingh Onnes
Tavalludi 21-sentyabr 1853-yil
Groningen, Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya
Vafoti 21-fevral 1926-yil(1926-02-21)
(72 yoshda)
Leyden, Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya
Fuqaroligi Niderlandlar
Millati Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya
Sohasi Physics
Ish joylari University of Leiden
Delft Polytechnic
Taʼlimi Geydelberg universiteti
Groningen universiteti
Akademik rahbarlari Rudolf Adriaan Mees
Mashhur shogirdlari Jacob Clay
Claude Crommelin
Wander de Haas
Gilles Holst
Johannes Kuenen
Remmelt Sissingh
Ewoud van Everdingen
Jules Verschaffelt
Pieter Zeeman
Mashhur ishlari Onnes-effect
Oʻta oquvchanlik
Oʻta oʻtkazuvchanlik
Mukofotlari Andoza:No wrap

Heyke Kammerling-Onnes (niderlandcha: Heike Kamerlingh Onnes) — golland fiziki va kimyogari. Tarixda ilk bora, past haroratlar fizikasida amaliy natijalarga erishgan olim hisoblanadi. Uning oʻz davri uchun rekord hisoblangan 0.9 Kelvin haroratga erishgani va bu orqali suyuq geliy olish usulini kashf etgani uchun, fizika boʻyicha 1913-yilgi Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Shu tufayli ham uning ilmiy doiralardagi hazilomuz unvoni (Janob Mutlaq nol) boʻlgan.[1]

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kammerling-Onnes 1853-yilning 21-sentabr kuni, Gollandiyaning Gröningen shahrida tugʻilgan[2]. Oʻrta taʼlimni oʻz shahridagi maktabda tamomlagach, 1870-yilda Groningen universitetining Fizika va Matematika boʻlimiga oʻqishga kiradi. Keyinroq oliy taʼlimni Geydelberg universitetida, mashhur olimlar Kirxgof va Bunzenlar qoʻl ostida davom ettirgan. 1873-yilda u yana Groningenga qaytib keladi. 1878-1882-yillar davomida Kammerling-Onnes, Delfta universitetida maʼruzalar oʻqiy boshlagan. 1882-yilda uni, Gollandiyaning eng mashhur oliy taʼlim muassasalaridan biri boʻlgan Leyden universitetiga, amaliy fizika fanlari professori lavozimiga taklif etishadi va Kammerling-Onnes ushbu lavozimni qabul qiladi.

Kammerling-Onnesning doktorlik dissertatsiyasi oʻziga xos mavzuda boʻlib, unda olim Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishini gʻayrioddiy usul bilan isbotlashga uringan. 1883-yilda himoya qilingan mazkur dissertatsiya, yirik ilmiy doiralarda katta qiziqish va munozaralarga sabab boʻlib, olimga ilk muvaffaqiyatlar uchun katta yoʻl ochib beradi. Bu orada uning ilmiy qiziqishlari doirasi, gazlarni siqish va ularning past haroratlardagi xossalarini oʻrganish masalalariga qaratilib, olim laboratoriya sharoitlarida mutlaq nol haroratga erishish uchun ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni boshlagan. Ushbu maqsadda uning shaxsiy tashabbusi bilan, 1894-yilda Leyden universiteti qoshida Kriogen texnikasi laboratoriyasini tashkilkashtiradi va laboratoriyaning eng birinchi direktori etib, aynan Kammerling-Onnes tayinlanadi. Laboratoriyaning ilmiy-amaliy ehtiyojlari uchun, olimning oʻzi oʻsha yildayoq maxsus yangicha qurilma — gazlarni siqib-suyultiruvchi ilmiy-tajriba dastgohini yasaydi. Mazkur qurilmaning ishlab chiqarish samaradorlik koʻrsatkichlari shu darajada yuqori boʻlganki, undan keyingi bir necha oʻn yilliklar davomida ham yetarlicha foydalanish mumkin boʻlgan ekan. Kammerling-Onnes, oʻzi tayyorlagan qurilma va laboratoriyada, tarixda ilk bora suyuq kislorod va suyuq neon moddalarini olishga muvaffaq boʻlgan[2]. 1906-yilda esa suyuq vodorod olishni ham uddalagan.

Leydendagi Kammerling Onnes sharafiga atab toshga oʻyib yozilgan yodgorlik

1908-yilga kelib olim, tarixda ilk bora suyuq geliyni olishga erishgan va bir vaqtning oʻzida, oʻsha davr uchun eng past haroratni, yaʼni, 0.9 Kelvinni hosil qilishga erishgan. Ushbu tajribaning asosiy maqsadi mutlaq nol haroratga erishish boʻlmay, balki, oʻta past haroratlarda moddalarning xossalarini tadqiq qilish boʻlib, jumladan uning asosiy muddaolari:

  1. oʻta past haroratlardagi elementlarning yutish spektrlari;
  2. turli birikmalarning fosforoessensiyalari;
  3. suyultirilgan gazlarning qovushqoqlik koʻrsatkichlari;
  4. hamda, moddalarning magnit xossalarini oʻrganish masalalarini oʻz ichiga olgan.

1911-yilga kelib, Kammerling-Onnes, simobning elektr oʻtkazuvchanligi 4.2 Kelvin haroratda birdaniga keskin kamayishini aniqlashga muvaffq boʻlgan. Ushbu hodisa fizikada oʻta-oʻtkazuvchanlik nomini olgan[3]. Bir yil oʻtib, u suyuq geliyning oʻta oquvchanlik xossasini kashf etadi[4] . Ushbu masalalar yuzasidan tekshiruvlarni davom ettirib, 1913-yilda, kuchli magnit maydoni ham toklar taʼsirida oʻta-oʻtkazuvchanlikning buzilishi hodisasini aniqlaydi. Aynan shu yili Heyke Kammerling-Onnes, Natijasi suyuq geliy ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyilishiga sabab boʻlgan, oʻta past haroratlardagi moddalarning xossalarini tadqiq qilgani uchun fizika boʻyicha Nobel mukofotiga loyiq koʻrilgan. Past haroratlar fizikasida erishgan yutuqlari sharafiga u, hamkasblari orasida (Janob Mutlaq nol) taxallusi bilan atala boshlangan[5][6].

Olimning past haroratlar fizikasida faqat nazariyot bilan cheklanib qolmasdan, balki, mazkur soha yutuqlarini amaliyotga tadbiq etish borasida ham amalga oshirgan. Chunonchi u, sovutgichli vagonlar (refrijeratorlar) hamda, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash tizimlarini loyihalash-muhandislik ishlarida faol ishtirok etgan.

Heyke Kammerling-Onnes, 1926-yilning 21-fevral sanasida Leydenda vafot etgan.

Unvon va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Voorschotendagi Kamerlingh Onnes qabri.

Kammerling-Onnesning fan oldidagi sharafli xizmatlari uchun, uni koʻplab nufuzli akademiya va ilmiy muassasalarning faxriy aʼzoligiga saylashgan boʻlib, masalan u Berlin universitetining Faxriy Doktori, Amsterdam Qirollik Fanlar Akademiyasining haqiqiy aʼzosi, shuningdek, Kopengagen, Gettingen, Galle, Uppsala, Turin va Venadagi joylashgan Fanlar Akademiyalarining faxriy aʼzoligiga saylangan[7]. Bulardan tashqari olim, fan oldidagi xizmatlari uchun:

Uning oʻzi tashkillagan ajoyib ilmiy laboratoriyasi va koʻp sonli mutaxassis shogirdlari, keyingi davrlarda ham ilm-fanning turli sohalarida yangidan-yangi yutuqlarga erishib, Kammerling-Onnes maktabining nufuzini yanada ortishiga sabab boʻlishgan. Xususan uning eng iqtidorli shogirdlaridan bir boʻlgan olim Willem Hendrik Keesom, 1926-yilda, tarixda ilk bora qattiq holatdagi geliyni olishga erishgan.

Hozirda, Heyke Kammerling-Onnes tashkil etgan Leyden kriogen laboratoriyasi, uning nomi bilan ataladi; shuningdek, oʻsha laboratoriyada, olimning oʻzi loyihalagan mashhur kriogen qurilmasi namoyishga qoʻyilgan boʻlib, ushbu qurilmaga ham, uning nomi berilgan. Bundan tashqari, Oydagi kraterlardan biri, Kammerling-Onnes sharafiga, uning nomi bilan ataladi[8].

Tanlangan asarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Kamerlingh Onnes, H., "Nieuwe bewijzen voor de aswenteling der aarde." Ph.D. dissertation. Groningen, Netherlands, 1879.
  • Kamerlingh Onnes, H., "Algemeene theorie der vloeistoffen." Amsterdam Akademik Verhandl; 21, 1881.
  • Kamerlingh Onnes, H., "On the Cryogenic Laboratory at Leyden and on the Production of Very Low Temperature." Comm. Phys. Lab. Univ. Leiden; 14, 1894.
  • Kamerlingh Onnes, H., "Théorie générale de lʼétat fluide." Haarlem Arch. Neerl.; 30, 1896.
  • Kamerlingh Onnes, H., "Further experiments with liquid helium. C. On the change of electric resistance of pure metals at very low temperatures, etc. IV. The resistance of pure mercury at helium temperatures." Comm. Phys. Lab. Univ. Leiden; No. 120b, 1911.
  • Kamerlingh Onnes, H., "Further experiments with liquid helium. D. On the change of electric resistance of pure metals at very low temperatures, etc. V. The disappearance of the resistance of mercury." Comm. Phys. Lab. Univ. Leiden; No. 122b, 1911.
  • Kamerlingh Onnes, H., "Further experiments with liquid helium. G. On the electrical resistance of pure metals, etc. VI. On the sudden change in the rate at which the resistance of mercury disappears." Comm. Phys. Lab. Univ. Leiden; No. 124c, 1911.
  • Kamerlingh Onnes, H., "On the Lowest Temperature Yet Obtained." Comm. Phys. Lab. Univ. Leiden; No. 159, 1922.
  1. "Kamerling-onnes Xeyke" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. 2,0 2,1 „The Nobel Prize in Physics 1913: Heike Kamerlingh Onnes“. Nobel Media AB. Qaraldi: 24-aprel 2012-yil.
  3. van Delft, Dirk and Kes, Peter (September 2010). „The Discovery of Superconductivity“ (PDF). Physics Today. 63-jild. 38–43-bet. doi:10.1063/1.3490499. ISSN 0031-9228.{{cite magazine}}: CS1 maint: multiple names: authors list ()
  4. van Delft, Dirk (2007) Freezing physics, Heike Kamerlingh Onnes and the quest for cold, Edita, Amsterdam, ISBN 9069845199.
  5. Matthiessen, A.; von Bose, M. (1862). „On the Influence of Temperature on the Electric Conducting Power of Metals“. Philosophical Transactions of the Royal Society of London. 152-jild. 1–27-bet. doi:10.1098/rstl.1862.0001.
  6. Matthiessen, A.; Vogt, C. (1864). „On the Influence of Temperature on the Electric Conducting-Power of Alloys“. Philosophical Transactions of the Royal Society of London. 154-jild. 167–200-bet. doi:10.1098/rstl.1864.0004.
  7. „Heike Kamerlingh Onnes (1853 - 1926)“. Royal Netherlands Academy of Arts and Sciences. Qaraldi: 22-iyul 2015-yil.
  8. Howard, Irmgard (2002). „H Is for Enthalpy, Thanks to Heike Kamerlingh Onnes and Alfred W. Porter“. Journal of Chemical Education. 79-jild, № 6. ACS Publications. 697-bet. Bibcode:2002JChEd..79..697H. doi:10.1021/ed079p697.