Kontent qismiga oʻtish

Joʻraxon Rahmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Joʻraxon Rahmonberdiyevich Rahmonov
Tavalludi 18.08.1917
Vafoti 7.04.1977
Oʻsh shahrida
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSRI Qirgʻiziston
Turmush oʻrtogʻi Oyimxon (3.01.1929-20.09.1997)
Bolalari Mamir Joʻrayev (29.05.1949), Anziratxon (18.10.1951), Muyassarxon (27.07.1955), Sanjarbek hoji (4.12.1959-1.05.2012), Minuraxon (29.05.1962), Muazzamxon (2.09.1964), Anvar (13.03.1969-6.03.2004).
Otasi Rahmonberdi Madazimov - davlat arbobi, Qirgʻiziston janubidagi teatr harakatining asoschisi, Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining asoschisi va tashkilotchisi, yozuvchi.
Onasi Bibihon 1884 - 26.03.1922 Tojikistonning Oʻratepa shahrida tugʻilgan.
Mukofotlari
Andoza:Медаль Двадцать лет победы в Великой Отечественной войне 1941-1945 гг. «Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»

Joʻraxon Rahmonberdiyevich Rahmonov (1917—1977) — sovet sanʼatkori, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschilaridan biri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1974)[1], Qirg'iziston madaniyati va sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan.

Joʻraxon Rahmonberdiyevich Rahmonov 1917-yilda Oʻsh shahrining „Shayxlar“ mahallasida tugʻildi. Otasi Qirgʻizistonda teatr harakatining asoschisi, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschisi va birinchi direktori, badiiy rahbari va rejissori Oʻshda taniqli arbob Rahmonberdi Madazimov boʻlgan.[2] Joʻraxon Rahmonov 20 yoshga toʻlganda, otasi tashkil etgan Oʻsh oʻzbek drama teatrida ijodiy faoliyatini 1937-yildan boshladi. 1938-yili Sovet armiyasi safiga chaqirildi. Fin va Ikkinchi Jahon Urushilarida va Leningrad qamalida ishtirok etgan. 2-Belorus frontining 9-tank korpusi[3] 95-tank brigadasida[4] katta serjant lavozimida xizmat qilgan. Rossiyani, Ukrainani, Bellorussiyani, Polshani, Germaniyani, Berlin va Reyxstagni ozod etishda qatnashgan.[5] SSSR mudofaa vaziri, Sovet Ittifoqi marshali A. Grechko Joʻraxon Rahmonov nomiga Gʻalaba kuni bilan yozma tabriknoma joʻnatgan. Kommunistik partiya va Sovet hukumati Joʻraxon Rahmonovning Ikkinchi Jahon Urushidagi jasoratlarini yuksak baholab, urush davridagi koʻrsatgan qahramonliklari uchun 2-darajali "Vatan urushi" ordeni (buyruq 9-TK № 015/p 23-avgust 1943-yil) va koʻplab medallar bilan taqdirlangan.[6]

Pochchasi Izzatullo Sultonov Yangiyoʻl tumaniga koʻchib ketadi va Shuralisoy qishloq kengashini tuzib, maʼsul kotibi, soʻng raisi lavozimlarida ishlaydi va yangi yerlar oʻzlashtirishda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda faol ishtirok etadi[7]. Ulugʻ Vatan urushi tugagach, Shuralisoyda yangi teatr ochib, unga jiyani Joʻraxon Rahmonovni chaqirtiradi va u umr yoʻldoshi Oyimxon bilan keladi. Joʻraxon Rahmonov teatrni asoschisi va badiiy rahbari boʻlgan. U teatrda qarindoshlari Zulfiya, Karomat opalar, pochchasi Toshkentboy naychilar ishlashgan. Shuralisoydagi teatrni ijodiy faoliyatini yoʻlga qoʻygandan soʻng Joʻraxon Oʻsh drama teatriga qaytib keladi. Ijodiy jamoaning va Joʻraxon Rahmonovning kamolotga erishuvida Ch. Aytmatovning „Momo yer“, K.Yashinning va M. Muhamedovning „Dilorom“, V. Shekspirning „Otello“ asarlarini sahnalashtirilishi alohida bosqich boʻldi. Teatr ellikinchi-olmishinchi yillarga kelib mustamlaka va qaram mamlakatlarda milliy ozodlik harakatining avj olishi, mazlum xalqlarning ozodlik, demokratiya uchun kurashi mavzuiga, aniqrogʻi xorijiy Sharq yozuvchilarning shu mavzudagi asarlariga murojaat etdi. Yozuvchi Sohib Jamolning „Guli siyoh“, „Afsonaviy shaxs“ asarlari asosida ishlangan musiqali dramani tomoshabinlar mamnuniyat bilan kutib oldilar.

Ijodiy jamoa va uning safida Joʻraxon Rahmonov kamolot pillapoyalaridan dadil koʻtarilib borib, jahon va rus adabiyoti klassiklarining asarlariga murojaat qila boshladi. Birdaniga uchta klassik asar: N. Gogolning „Revizor“ va „Uylanish“, Karlo Gotssining „Malika Turandot“ sahnaga qoʻyildi va Joʻraxon Rahmonov ularda bosh rollarni ijro etdi. Keyingi yillarda Sh. Rashidovning „Qudratli toʻlqin“, K. Trenyovning „Lyubov Yarovaya“, „Qizil galstuk“, F. Shillerning „Makr va Muhabbat“, K. Goldonining „Ikki xoʻjayinning bir quli“, A. Ostrovskiyning „Momaqaldiroq“, N. Boytemirovning „Urqiya“, „Toʻy oldidan toʻpolon“, „Sevgi, jaz va shayton“ asarlarida Joʻraxon Rahmonov bosh rollarni muvaffaqiyatli oʻynadi. Joʻraxon Rahmonov qirgʻiz tilini aʼlo darajada bilgani uchun Oʻsh shahrida qirgʻiz drama teatri (1974 yili qurilgan) tuzilguncha qirgʻiz yozuvchilarining klassik va zamonaviy dramalarini Bobur nomli teatrida sahnalashtirishida faol qatnashgan. Joʻraxon Rahmonov qirgʻiz dramaturglari pesalaridagi rollarni sof qirgʻiz tilida ijro etgan. Bu bilan u mustaqil Qirgʻiziston tuzilguncha qirgʻiz tilini teatr sahnasida targʻibot-tashviqot qilgan. 1957 yili Qirgʻiziston SSR madaniyat vazirligining faxriy yorligʻi bilan mukofotlandi. 14-25-oktabr 1958 yili Joʻraxon Rahmonov teatr jamoasi bilan birga Moskva shahrida Qirgʻiziston sanʼati va adabiyoti ikkinchi dekadasida qatnashdi. 20-fevral 1961 yili Qirgʻiziston teatr jamiyati 1 sʼezdida qatnashdi. 1967 yili teatr safida Joʻraxon Rahmonov qardosh Tojikistonda gastrolda boʻldi. Gastrol muvaffaqiyatli oʻtganligi uchun jamoa Tojikiston SSR madaniyat vazirligining faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi. 11-17-iyul 1967 yili Moskvada Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati kunlarida qatnashdi. 4-14-sentabr 1969 yili Oʻzbekistonda Qirgʻiziston adabiyoti va sanʼati dekadasida qatnashdi. 2-10-aprel 1970 yili V.Lenin 100-yilligiga bagʻishlangan SSSR xalqlari sanʼati bayramida qatnashdi. 1-10-iyun 1974 yili Qirgʻiziston SSR va Qirgʻiziston Kompartiyasi 50-yilligiga bagʻishlangan SSSR xalqlari sanʼati „Olatogʻ bahori“ 5-festivalida qatnashdi.

Teatr jamoasi 1974 yili qardosh Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda gastrolda boʻldi. Teatr jamoasi ilgari bir necha marta Oʻzbekiston poytaxtida gastrolda boʻlsa-da, bu safargisi dastur koʻlami jihatidan birinchi katta gastrol edi. Toshkentlik sahna muxlislariga toʻrt spektakl — Sharof Rashidovning „Qudratli toʻlqin“ musiqali dramasi, Joʻra Mahmudovning „Sohibjamol“ lirik fojiasi, Qosimali Jontoʻshevning „Moʻylovli qiz“ musiqali komediyasi va Umarjon Ismoilovning „Rustam“ musiqali dramasi hamda katta konsert dasturi namoyish etildi. Tomoshabinlar har bir spektakl va konsertni mamnuniyat bilan kutib oldilar. Safar davomida teatr jamoasi sanʼatni targʻib qilishda muxim rol oʻynagan gastrollarni Oʻzbekistonda muvaffaqiyatli oʻtkazganligi uchun Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi rayosatining faxriy yorligʻi bilan mukofotlandi. Hamma oʻynagan bosh rollari yuksak baholanib, teatrning yetakchi aktyori Joʻraxon Rahmonovga Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi rayosatining 5-iyul 1974 yildagi 164 sonli qaroriga asosan „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni bilan taqdirlandi.[8] Ushbu faxriy unvonni qirgʻizistonlik faqat ikkita artistgina olgan.[9]

1977 yili teatrda quvonchli voqea yuz berdi. Teatr 1977 yilning birinchi yarim yillik yakunlari boʻyicha Butunittifoq sotsialistik musobaqasida Ittifoq teatrlari ichida ikkinchi oʻrinni egalladi. Teatr nomiga KPSS Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzoligiga nomzod, SSSR madaniyat vaziri P.N. Demichev va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalari MQ raisi M. Pashkovdan tabrik telegrammasi keldi va teatr diplom va fahriy yorliq bilan taqdirlandi. 1992 yili avvalgi Kirov nomi oʻrniga teatrga Z.M. Bobur nomi berildi.

Joʻraxon Rahmonov teatr sahnasida 100 dan oshiq rollarni ijro etgan komik, tragik, lirik va dramatik aktyor boʻlgan.[10] Uning teatrdagi koʻplab komik luqmalarini, hazil-mutoyibalarini va askiyalarini dramaturg Abdugʻani Abdugʻafurov „Mushtum“ jurnalida, 2000 yilda nashr etilgan „Oʻshning oqil farzandlari“ kitobining 129-130 betlarida yozilgan. Abdugʻani Abdugʻafurovning 1980-yili va fevral 2010 yilda nashr etilgan „Oʻshning akademik teatri“ kitobining 6, 45 betlarida Joʻraxon Rahmonovning Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining faoliyat koʻrsatishdagi xizmatlari aks ettirilgan, 41 betda Joʻraxon Rahmonovning teatr jamoasi bilan birga tushgan rasmi chiqqan. Joʻraxon Rahmonovning Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati rivojlanishiga qoʻshgan hissasi yuksak baholanib, Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi rayosatining ikki marta (№ 44880 10-fevral 1968-yil va № 52654 28-avgust 1974-yil) fahriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Qirgʻiziston boʻyicha ushbu fahriy yorliq bilan ikki marta mukofotlangan arboblar sanoqli boʻlgan. 28-yanvar 1976 yili 9-besh yillik golibi medali bilan mukofotlandi.[11]

1977 yil 7-aprel kuni Joʻraxon Rahmonov kasallikdan soʻng vafot etdi. Juma kuni, uni qabrga qoʻyish marosimida Oʻsh viloyati partiya qoʻmitasining birinchi kotibi, keyinchalik respublika vazirlar kengashi raisi Sulton Ibraimov, Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitasi rahbarlari Sultanov, Sidorov va boshqa rasmiylar qatnashgan. Ular oʻzining xayrlashuv soʻzlarida Joʻraxon Rahmonov xaqida iliq soʻzlar aytishgan.[12] Joʻraxon Rahmonov vafot etgandan soʻng, qarindoshlarini Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitasi raisi chaqirdi va vafot etgan teatr artistini xotirasini abadiylashtirish kerakligini va u tugʻilib oʻsgan va yashagan Alebastrova koʻchasini uni sharafiga nomlash kerakligini taklifini aytgan. Shuningdek Oʻsh viloyati madaniyat boshqarmasi shunday taklif bilan chiqqan[13][14][15]. Lekin qarindoshlari azada edi, hech qayerga borishmadi va murojaat etishmadi. Shuning uchun boʻlsa kerak oʻsha paytda Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitasi Joʻraxon Rahmonov nomiga koʻchani nomlamadi. Qarindoshlari esa soddaligi, tortinchoqligi va jiddiyligi tufayli oʻzlari ushbu masalani boshqa koʻtarmadi va yelib-yugurmadi. Lekin koʻp yillar oʻtgandan soʻng, tushunib yetyapmizki, Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan arboblarni xotirasini abadiylashtiribgina, biz oʻsib kelayotgan avlodda Qirgʻiziston xalqlarining madaniyatini hurmat qilish hissini tarbiyalay olamiz. Joʻraxon Rahmonov yettita farzandni tarbiyalagan. Uyida hamisha pokizalikni talab qilgan. Joʻraxon Rahmonovning toza, ajoyib, maʼnaviy barkamol, insonparvar, yorqin siymosi bizning xotiramizda va qalbimizda abadiy saqlanib qoladi.

Joʻraxon Rahmonov Oʻsh viloyati, Oʻsh shahar, Qorasuv tumani kengashlari deputati boʻlib saylangan.

Oʻynagan rollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Oʻzbekcha nomi Haqiqiy nomi Roli
1971 ru:Захар Беркут (фильм, 1971) Zaxar Berkut Epizod
1972 ru:Улица (фильм, 1972) Kocho Xoʻroz urushtiradigan
1964 ru:Джура (фильм, 1964) Joʻra Bosmachi
1939 ru:Азамат (фильм, 1939) Azamat Epizod

Joʻraxon Rahmonovning Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrida ijodiy faoliyati 1937-1977 yillarda. Yuzlab rollar ijro etgan, koʻplab konsert dasturlarida ishtirok etgan. Tomoshabinlarga quyidagi oʻynagan bosh va epizodik rollari yoqqan: „Boy ila xizmatchi“dagi batrak, „Toʻqtagʻul“dagi Toʻqtagʻul, „Revizor“dagi shahar hokimi, „Uylanish“dagi pristav, M.Rahmonning „Botir va Raʼno“, „Ravshan va Zulxumor“dagi Aynoq botir, „Momaqaldiroq“dagi Dikoy, „Toshbolta oshiq“dagi Toshbolta, „Tohir va Zuhra“dagi Boboxon, „Farhod va Shirin“dagi Yosuman, „Vatan ishqi“dagi Mavlon, „Besh soʻmlik kelin“dagi ota, „Fargʻona tong otguncha“dagi Qodirqul mingboshi, Ch.Aytmatovning „Birinchi oʻqituvchi“, F.G.Litvinskaya, M.Azizovning „Qonli kunlar“, Sohib Jamolning „Ajoyib shaxs“, „Orzigul“dagi shoh, M.Karimovning „Notanish tanishginam“dagi Jengish ogʻa, Nemis ofitseri roli, A.Qodiriyning „Oʻtgan kunlar“, „Nodira“, „Surmaxon“, „Aziz qizlar“, A.Abdugʻafurovning „Qizgʻanchiqlik“, „Aldangan qiz“, Sh.Rashidovning „Boʻrondan kuchli“ va boshqa koʻplab rollari tanqidchilarning tahsinlarini olgan va tomoshabinlarni esida koʻp yillar davomida hanuzgacha qoldi. Shuningdek koʻplab konsert dasturlarida ishtirok etgan.

Joʻraxon Rahmonovning Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatri sahnasida rollar ijro etgan asarlar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
God Nazvanie Originalnoe nazvanie oʻzbekcha: {{{1}}} Avtor
1937 Obman i lyubov Makr va muhabbat Friedrich Schiller
1937 Farhod va Shirin Farhod va Shirin Sh. Xurshid
1938 Sluga dvux gospod Ikki xoʻjayinga bir qul K.Goldoni
1938 Sablya Uzbekistana Oʻzbekiston qilichi Sobir Abdulla
1946 Chest jenщini Ayol nomusi Muxtarov
1947 Vesna Navbahor Uygʻun
1947 Farhod va Shirin Farhod va Shirin Sh. Xurshid
1948 Krasniy galstuk Qizil galstuk K. Trenyov
1948 Pesnya jizni Hayot qoʻshigʻi Uygʻun
1948 Altinkul Oltinkoʻl Uygʻun
1949 Lepestki Gʻunchalar Zinnat Fatxullin
1949 Semurgʻ Semurgʻ Hamid Olimjon
1950 Adolat Adolat Ismoil Akram
1950 Alpomish Alpomish Sobir Abdulla
1951 Toktogul Toʻqtagʻul J. Bokonbayev
1951 Layli va Majnun Layli va Majnun Sh. Xurshid
1952 Yoriltosh Yoriltosh Shukur Saʼdulla
1952 Radost Shodlik Mahmud Rahmon
1952 Shyolkovoe syuzane Shohi soʻzana Abdulla Qahhor
1953 Alisher Navoiy Alisher Navoiy Izzat Sulton
1953 Natalka Poltavka Natalka Poltavka N. Lisenko
1953 Nurxon Nurxon Komil Yashin
1954 Prazdnik na pole Dalada bayram Shukur Saʼdulla
1954 Serdechnie sekreti Yurak sirlari Baxrom Rahmonov
1955 Oftobxon Oftobxon Komil Yashin
1955 Devushka reki Gang Gang daryosining qizi Rabindranath Tagore
1956 Ravshan i Zulxumor Ravshan va Zulhumor Komil Yashin
1956 Lyubov k Rodine Vatan ishqi Zinnat Fatxullin
1956 Sunduk sekretov Sirli sandiq I. Axmedov
1957 Alpomish Alpomish Sobir Abdulla
1957 Yulduz Yulduz Samad Vurgʻun
1958 Oygul i Baxtiyar Oygul va Baxtiyor Hamid Olimjon
1958 Imenem revolyutsii Revolyutsiya nomi bilan M. Shatrov
1959 Orzigul Orzigul Tursun Sobirov
1959 Oshiq Gʻarib va Shohsanam Oshiq Gʻarib va Shohsanam Ahmad Bobojon
1959 Tayfun Tayfun Ahmad Bobojon
1959 Sekreti parandji Paranji sirlari Hamza
1960 Na visokoy zemle Baland yerda Quvonchbek Malikov
1960 Tashbalta vlyublyon Toshbolta oshiq Hamid Gʻulom
1960 Prinsessa Turandot Malika Turandot Carlo Gozzi
1961 Yesli tvoya golova krivaya Basharang qiyshiq boʻlsa Rixsi Orifjonov
1961 Dilorom Dilorom Komil Yashin
1962 Dva brasleta Ikki bilakuzuk Shukur Saʼdulla
1962 Sudba otsa Otaning taqdiri Beksultan Jakiyev
1963 Ditya Farzand Muhammadjon Xayrullayev
1963 Golos iz groba Tobutdan tovush Abdulla Qahhor
1963 Meli xobbon, Nabi tovon Meli habbonu Nabi tovon Yahyoxon Mamatxonov
1964 Tragediya poemi Gʻazal fojiasi Ahmad Bobojon
1964 Dorogie devushki Jon qizlar Boyseitov, Shangitboyev
1964 Otello Otello U. Shekspir
1964 Chertova devushka Shayton qiz Qosimali Jontoʻshev
1964 Nimmi Nimmi Premchand
1965 Guli siyox Guli siyoh Sohib Jamol
1965 Lyubov v molodosti Yoshlikda bergan koʻngil Zinnat Fatxullin
1965 Gorniy berkut Togʻ burguti Qosimali Jontoʻshev
1965 Polyot berkuta Burgutning parvozi Izzat Sulton
1966 Neizvestniy chelovek Nomaʼlum kishi Izzat Sulton
1966 Gul i Navruz Gul va Navroʻz Sobir Abdulla
1966 Materinskoe pole Momo er Chingiz Aytmatov
1966 Parvona Parvona Uygʻun
1967 Dilorom Dilorom Alisher Navoiy
1967 Abdulla Nabiyev Abdulla Nabiyev Adham Rahmat
1967 Svati Qudalar Oʻtkir Rashid
1967 Devushka s usami Moʻylovli qiz Qosimali Jontoʻshev
1968 Skorpion iz altarya Mehrobdan chayon Abdulla Qodiriy
1968 Stryapuxa zamujem Pazanda kuyovga chiqdi Anatoliy Sofronov
1968 Novaya nevesta Yangi kelin Mirzabek Toybaev
1968 Mej dvux ogney Ikki oʻt orasida Bekniyozov, Ismoilov
1968 Sojalenie Pushaymon Abdugani Abdugafurov
1969 Jenitba Uylanish Nikolay Gogol
1969 Strannie veщi Ajab savdolar Hamid Gʻulom
1969 Moguchaya volna Qudratli toʻlqin Sharof Rashidov
1969 Kogda zarya vzoydyot nad Ferganoy Fargʻonada tong otguncha Mirzakalon Ismoiliy
1970 Kto smeyotsya poslednim Yiqilgan toyganga kular T. Abdumomunov
1970 Nevesta za 5 som Besh soʻmlik kelin M. Oʻrdubodiy
1970 Deshyoviy jenix Arzon kuyov Shuhrat
1970 Trebuetsya ljes Yolgʻonchi darkor Dimitras Psafas
1971 Priklyucheniya Chandu Chanduning sarguzashtlari A.D. Ilovayskiy
1971 Obman po shariatu Hiylai sharʼiy Guntekin
1971 Rustam Rustam Umarjon Ismoilov
1971 Pered rassvetom Tong oldidan Suorun Omolloon
1972 Chertovoe pokolenie Shayton avlod Muxtorov
1972 Devushka Atabeka Otabekning qizi Toktobolot Abdumomunov
1972 Zlo ot appetita Baloyi nafs A. Abdugafurov
1973 Nachalo jizni Hayotning boshlanishi Abduqaxxor Mannonov
1973 Groza Momaqaldiroq Aleksandr Ostrovskiy
1973 Tashbalta vlyublyon Toshbolta oshiq Hamid Gʻulom
1973 Gornaya krasavitsa Togʻ goʻzali Saidmurodov
1974 Kuydirmagan kundosh Kuydirmagan kundosh A. Abdugafurov
1974 Krasavitsa Sohibjamol Jura Maxmudov
1974 Ashirboy Ashirboy Aali Tokombayev
1974 Prestuplenie bez nakazaniya Jazosiz jinoyat Rixsi Orifjonov
1974 Bunt nevestok Kelinlar qoʻzgʻoloni Said Ahmad
1975 Orzigul Orzigul Tursun Sobirov
1975 Revizor Revizor Nikolay Gogol
1975 Chelovek izdaleka Uzoqdagi odam Umaroxunov
1975 Stariki s molodimi dushami Koʻngli yosh qariyalar Xutayev
1975 Adolat Adolat Ismail Akram
1976 Ruka druga Doʻstim qoʻli Mehribon Nazarov
1976 Nikomu ne govori Hech kimga aytma T. Abdumomunov
1976 Shutnik Ali Masxaraboz Ali Boboxonov
1976 Sunduk sekretov Sirli sandiq Axmedov
1977 Perepolox pered svadboy Toʻy oldidan toʻpolon Papayan
1977 Urkuya Urquya Nasirdin Boytemirov
1977 Nasledstvo otsov Otalar merosi A. Abdugafurov
1977 Jalost k jivotnomu Armonli jonivor Aali Tokombayev

Bundan tashqari, teatr sahnasida koʻplab konsert dasturlarida ishtirok etgan.[16]

Olgan mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Энциклопедия Ошской области, Раздел "Театральная жизнь". Фрунзе (Бишкек): Глав. ред. Киргизской сов. энциклопедии, 1987 — 110-bet.  BBK 92ya2. (rus.)
  2. Таджихон Хасанова: Нар. артистка Киргиз. ССР. Фрунзе: Киргизгосиздат, 1958.  −20 s.: il.; 20 sm.
  3. Журнал "Театр", выпуски 7-12. Москва: Искусство, 1964 — 169-bet. .
  4. "Ошский узбекский музыкальный драматический театр". Фрунзе: Кыргызстан, 1980 — 16, 23, 33, 35, 39-bet.  21 sm, BBK 85.4. (oʻzb.), (rus.) i (qirgʻ.)
  5. "Видные сыновья Оша". Ош: Ошская областная типография, 2000 — 129-130-bet.  (Archive.is saytida 2018-03-08 sanasida arxivlangan) (oʻzb.) i (rus.)
  6. "Ошский академический театр". Ош: "Азия Принт", 2010 — 6, 41, 45-bet.  (Archive.is saytida 2018-03-08 sanasida arxivlangan) (oʻzb.)
  7. "Qirgʻiziston ravnaqi fidokorlari" энциклопедияси. Ош: "Ризван", 2017 — 30-bet.  (Archive.is saytida 2018-03-08 sanasida arxivlangan) UDK 351/354. BBK 66,3(2Ki). (oʻzb.), (rus.) i (qirgʻ.)
  1. Lyudi, kotorie menyali mir
  2. Oni stoyali u istokov, 2015-02-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-02-03
  3. 9-y tankoviy korpus
  4. 95-ya tankovaya brigada
  5. Arxivnie dokumenti starshego serjanta Raxmanova Juraxona v TsAMO
  6. Bessmertniy polk gvardii starshiy serjant Raxmonov Juraxon
  7. Toirboev Sulton mingboshi
  8. Aktyorskaya dinastiya, 2015-02-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-02-03
  9. Daje iz Gollivuda! Zarubejnie kinozvyozdi, rabotavshie v Kirgizstane, 2019-12-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-12-22
  10. Juraxon Raxmonov, 2017-08-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-09-03
  11. Biografii znamenitostey
  12. Tsentraziya Personi
  13. „V istoricheskom sentre Osha poyavitsya turisticheskiy kvartal“. 2020-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-aprel.
  14. V Oshe poyavitsya kvartal remeslennikov
  15. Yest ideya, ili Kak vossozdat v Oshe starinniy kvartal
  16. „V kinoteatre „Mir“ proshli Dni kirgizskogo kino“. 2018-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-sentyabr.
  17. Pamirskie pisma kapitana Zaysova, 2020-10-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-12-25
  18. Toirboyev Sulton mingboshi