Kontent qismiga oʻtish

Gastrol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gastrol (nem. gast — mehmon, rolle — rol) — artist (yoki artistlar jamoasi)ning doimiy ish joyidan tashqari (boshqa tuman, shahar, mamlakat) da tomosha koʻrsatishi, konsert berishi. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida 18-asr, ayniqsa 19-asrning 2-yarmida teatr sanʼati yirik namoyandalarining yakka gastrollari avj oldi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida dekoratsiya qurilmalari bilan koʻchib yurib, spektakllar koʻrsatuvchi teatrlar koʻpaydi. Bu davrda Toshkent, Samarqand, Qoʻqon, Andijon sh.larida rus, tatar, ozarbayjon artistlari va b. jamoalar (V. Komissarjevskaya, 1910; G. Qoriyev rahbarligidagi tatar "Sayyor" truppasi, 1912—13; Sidqiy Ruhillo rahbarligidagi ozarbayjon musiqali teatri, 1910 va b.) oʻzbek tomoshabinlarini ilgʻor Yevropa madaniyati bilan tanishtirgan.

20-y.lardan keyin Yusufjon qiziq Shakarjonov, Us t a Olim Komilov, Abduqodir naychi, T. Jalilov, Tamaraxonim, M. Qoriyoqubov kabi sanʼatkorlar Rossiya va Gʻarbiy Yevropa shaharlari (Moskva, Sankt-Peterburg , Berlin, Parij, London)da gastrolda boʻlib, milliy oʻzbek sanʼatini targʻib qiddilar. Keyingi yillarda Navoiy teatri, Hamza teatri, Gorkiy teatri, Abror Hidoyatov nomidagi teatr, "Bahor", "Yalla" kabi ansambllar muntazam gastrollarga chiqib turibdilar. Glar xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlashga va turli xalqlar madaniyatining oʻzaro boyishiga xizmat qiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil