Aza
Aza (arab. – sabr, bardosh) – marhumning izzat-hurmati va xotirasi uchun ma’lum muddat tutiladigan mo-211tam. A. tutish odati qadim zamonlardan mavjud boʻlib, xalqlarning diniy e’tiqodlariga koʻra farqlanadi. Islomda A. tutish muddati uch kun. Lekin eri vafot etgan ayollar uchun Idda mudda-ti esa toʻrt oyu oʻn kun. A. vaqtida ayollar oddiy matodan qora yoki koʻk libos kiyishadi. Ba’zi xalqlarda, jumladan oʻzbeklarda A.ni uzoq tutish – bir yil-gacha qora kiyim kiyish, toʻy qilmaslik va hokazo odatlar saqlangan. Shuningdek, marhum dafn etilgandan keyin uni xo-tirlab yetti, yigirma, qirq, hayit oshi, yil oshi, kiryuvdi, payshanbalik, yakshan-balik, oqkiyar kabi motam marosimlari oʻtkaziladi. Bu udumlar xalq hayotiga gʻoyat singib ketgan. Lekin bu an’anaviy maro-simlarning shar’iy asosi boʻlmaganligi sababli islom dinida ularning koʻp to-monlari tan olinmaydi. Oʻzbekiston mu-sulmonlari idorasi bularning oʻrniga marhum ruhini shod etish uchun boshqa xayrli ishlar qilish joizligi haqida bir necha fatvo chiqargan (yana qarang Motam marosimlari).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |