Reşat Nuri Güntekin
Reşat Nuri Güntekin | |
---|---|
Tavalludi | 25-noyabr 1889 |
Vafoti | 7-dekabr 1956[1] |
Ijod qilgan tillari | Turk tili[2] |
Fuqaroligi | Usmonli imperiyasi va Turkiya |
Reşat Nuri Güntekin (talaffuzi: Rashod Nuri Guntekin; 25-noyabr 1889-yil, Istanbul — 7-dekabr 1956-yil,[3] London) — turk yozuvchisi, dramaturg, tarjimon va adabiyotshunos. Istanbul universitetini tugatgan (1912). Dastlabki asarlari („Eski oshna“, 1917; „Xanjar“, 1918; „Sirli qoʻl“, 1921 va boshqalar)da kiborlar jamiyatiga xos illatlar fosh etilgan. Yozuvchining mashhur asarlaridan biri „Choliqushi“ (1922) romanida turk qishloqlarining yorqin manzarasi chizilgan, asar qahramonlari hayoti, sarguzashtlari tasvirlangan. „Tamgʻa“ (1925), „Shafqat qiling“, „Yashil tun“ (1928), „Xazonrezgi“ (1930) romanlarida zamonasining oʻtkir ijtimoiy masalalari, inson va jamiyat, yashashning maʼnosi kabi muammolarni koʻtarib chiqadi. Güntekin 24 roman, 7 hikoyalar toʻplami, qator pyesalar yozgan, 24 jildli asarlar toʻplami nashr etilgan (1958 — 61). U „Lev Tolstoy“ monografiyasi (1933) muallifi. Güntekin asarlari koʻp tillarga tarjima qilingan. „Choliqushi“ (1959, 1965, 1968, 1988, 1999, Mirzakalon Ismoiliy tarjimasi) va boshqa romanlari oʻzbek tilida nashr etilgan.[4]
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hikoyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Recm, Gençlik ve Güzellik (1919)
- Roçild Bey (1919)
- Eski Ahbab
- Tanrı Misafiri (1927)
- Sönmüş Yıldızlar (1928)
- Leylâ ile Mecnun (1928)
- Olağan İşler (1930)
Romanlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Çalıkuşu (1922)
- Gizli El (1924)
- Damga (1924)
- Dudaktan Kalbe (1923)
- Akşam Güneşi (1926)
- Bir Kadın Düşmanı (1927)
- Yeşil Gece (1928)
- Acımak (1928)
- Yaprak Dökümü (1930)
- Eski Hastalık (1938)
- Değirmen (1944)
- Kızılcık Dalları (1944)
- Miskinler Tekkesi (1946)
- Harabelerin Çiçeği (1953)
- Kavak Yelleri (1961)
- Son Sığınak (1961)
- Kan Davası (1962)
- Ateş Gecesi (1953)
Teatr
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hançer (1920)
- Eski Rüya (1922)
- Ümidin Güneşi (1924)
- Gazeteci Düşmanı, Şemsiye Hırsızı, İhtiyar Serseri (1925)
- Taş Parçası (1926)
- Bir Köy Hocası (1928)
- İstiklâl (1933)
- Hülleci (1933)
- Yaprak Dökümü (1971)
- Eski Şarkı(1971)
- Balıkesir Muhasebecisi (1971)
- Tanrıdağı Ziyafeti (1971)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ arxiv nusxasi, 2015-12-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-02-14
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Biyografi.info — Reşat Nuri Güntekin Hayoti
- Biyografi.net — Reşat Nuri Güntekin Hayoti va bibliografiyasi
- Turkishculture.org — Resat Nuri Güntekin
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |