Ijod
Ijod — insonning yangi moddiy va maʼnaviy neʼmatlar yaratish faoliyati. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, tajri-basi, isteʼdodi namoyon boʻladi. I. dastlab inson tasavvurida tugʻiladi, key-in I.ga taallukdi masalalar yuzasidan izlanishlar olib boriladi, boshqalar bajargan ishlar tanqidiy koʻrib chi-qiladi, taxlil etiladi, kuzatishlar, tajribalar oʻtkaziladi, mantiqiy xulosalar chiqariladi, gipotezalar qilinadi, bular tajribada sinab koʻriladi, notoʻgʻri boʻlsa yangilanadi va hokazo. Izlanishlar natijasi turli shakllarda (badiiy asar, matematik formula va b.) yuzaga chiqadi. Uni jamiyat eʼtirof etsagina haqiqiy, toʻliq I. boʻladi. I. fan-texnikani, madaniyatni bo-yitadi, rivojlantiradi.
I.ni shartli ravishda 2 ga: ilmiy I. va badiiy I.ga boʻlish mumkin. Olimlar faoliyati ilmiy I.ga, sanʼatkorlar, yozuvchilar faoliyati badiiy I.ga qaratilgan. Baʼzi kishilarda har ikki I. rivojlangan boʻlishi mumkin. Ilmiy I.da tabiat va jamiyat hayotining obyektiv qonuniyatlari aks etsa, badiiy I.da maʼnaviy hayot muammolariga sanʼatkorning subyektiv, oʻziga xos qarashlari, his-tuygʻulari aks etadi. Badiiy I.da hayotning turfa ranglari hamda voqealari orasidan ibratli va ijtimoii ahamiyatli boʻlganlari tanlab olinadi va badiiy umumlashtiriladi. Badiiy I. murakkab jarayon boʻlib, inson faoliyatining idrok etish, baholash, qadrlash singari turlari bilan bogʻliq holda amalga oshadi. Buning uchun ijodkor erkin xayol, ozod tafakkur, keng koʻlamli tasavvur, milliy gʻurur va yuksak orzularga ega boʻlishi kerak. Badiiy I. mahsulotining ommaviyligi va ijtimoii ahamiyati ana shu bilan belgilanadi. I.ningtaraqqiy etishida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy shartsharoitlari hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Li.: Aristotel, Ob iskusstve poezii, M., 1957; Gegel G. V., Estetika, v 4-x tomax, M., 1968—73; Maxmudov T., Estetika i duxovnie sennosti, T., 1993; Abdul-layev A., Jajda prekrasnogo, T., 1994.
Tilab Maxmudov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |