Erkin Vohidov
Erkin Vohidov | |
---|---|
Tavalludi |
28-dekabr 1936-yil |
Vafoti |
30-may 2016-yil (79 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Ijod qilgan tillari | Oʻzbek tili |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Mukofotlari | |
Turmush oʻrtogʻi | Gulchehra Vohidova |
Bolalari | Xurshid Vohidov |
Otasi | Chuyanboy Vohidov |
Onasi | Roziyaxon Vohidova |
Erkin Vohidov (1936-yil 28-dekabr, Oltiariq tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR – 2016-yil 30-may, Toshkent, Oʻzbekiston) – taniqli oʻzbek shoiri, dramaturgi, adabiy tarjimoni va davlat arbobi[1]. Vohidov oʻz sheʼrlarini yozish bilan bir qatorda taniqli xorij ijodkorlari, jumladan, Aleksandr Tvardovskiy, Johann Wolfgang von Goethe, Muhammad Iqbol, Rasul Hamzatov hamda Sergey Yesenin asarlarini yuksak mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ayniqsa, shoirning Yesenin asarlaridan hamda Goethening „Faust“ asarini qilgan tarjimalari eʼtiborga loyiqdir.
Vohidov 1983-yil Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 1987-yil Oʻzbekiston xalq shoiri unvonini olgan. 1995-yilda "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangan[2]. 1999-yilda esa oliy darajadagi Oʻzbekiston Qahramoni mukofotiga sazovor boʻlgan[3].
Vohidovning sheʼrlari oʻzbeklar orasida yaxshi tanilgan va tez-tez toʻplamlarda chop etiladi. Shoirning bir necha sheʼriga kuy bastalangan, jumladan, Sherali Joʻrayev tomonidan. 2020-yilning oktyabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilganligining 75 yilligi munosabati bilan Vohidovning „Inson“ sheʼri asosida yozilgan „Human“ (Inson) ashulasi arab, ingliz, italyan, qozoq, rus, tojik, turk va oʻzbek tillarida taqdim etildi[4].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkin Vohidovich Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida tugʻilgan[5][6]. Oʻqituvchi boʻlib ishlagan otasi Choʻyanboy Vohidov Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, qaytib kelganidan keyin vafot etgan. Vohidov oʻsha paytda toʻqqiz yoshda boʻlgan. Vohidov oʻsha davr qiyinchiliklarini shunday eslaydi:
Otam frontda ekanida onam qishloq kengashida kotiba boʻlib ishlar, qiyinchilik bilan kun kechirar edik. Joʻxori poyasini shimib tilimni qonatganim, bolalarga qoʻshilib kunjara yeganim uchun onam yuzimga shapaloq urgani va oʻzi kechgacha yigʻlaganini unutmayman[7].
1945-yil Vohidov onasi Roziyaxon Vohidova bilan Toshkentga koʻchib borgan[6]. Onasi ham koʻp oʻtmay olamdan oʻtgan. Vohidov togʻasi Karimboy Sohiboyev qoʻlida katta boʻlgan[6]. Vohidovning sheʼriyatga boʻlgan qiziqishini togʻasi uygʻotgan:
Togʻam kasbi yurist boʻlsa ham adabiyot va sanʼatga qiziqqan, sheʼriyatni nozik tushunadigan kishi edi Uyimizga tez-tez kelib turadigan shoir Chustiy, xonandalar aka-uka Shojalilovlar, Maʼrufxoʻja Bahodirov, buyuk olim va tarjimon Alixon Sogʻuniy, oddiy pochta xizmatchisi Mulla Shukurjon, savdo xodimi Akmalxon akalarning zukko bahslariga mahliyo boʻlib oʻtirardim. Ular Hofiz, Navoiy, Bedil, Fuzuliy baytlarini tahlil qilib, har birlari oʻzlaricha talqin qilishardi. Bu suhbatlar ichkiliksiz, faqat sheʼr va qoʻshiq kayfi bilan, askiya zavqi bilan muzayyan boʻlardi[7].
Vohidov 1960-yil Toshkent davlat universitetining (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan. Soʻng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishlagan. Shoir 2016-yilning 30-mayida 79 yoshda vafot etdi[8].
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vohidov 1960-yildan 1963-yilgacha „Yosh gvardiya“ jurnali muharriri oʻlaroq ishlagan. 1975—1982-yillarda jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlagan. 1963—1970-yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti bosh muharriri, 1985—1987-yillarda esa direktori boʻlib ishlagan. 1982—1985-yillarda „Yoshlik“ oylik jurnali bosh muharriri lavozimida ishlagan[9]. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin Oʻzbekiston Oliy Majlisi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi (1995—2005) hamda Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi (2005—2009) lavozimlarida ishlagan[10].
Vohidov oʻquvchilik yillarida sheʼr yoza boshlagan. Ilk sheʼri 14 yoshida „Mushtum“ jurnalida chop etilgan.[7] Shoirning ilk sheʼriy toʻplami „Tong nafasi“ kitobi boʻlib, u 1961-yil bosilib chiqqan. 1987-yil „Shoiru, sheʼru shuur“ nomli asari nashr qilingan. Vohidov uch pyesa ham yozgan. Bular „Oltin devor“, „Istanbul fojiasi“ hamda „Ikkinchi tumor“ pyesalaridir. „Oltin devor“ komediyasi Pokistonning Lohur shahri teatrida qoʻyilgan.
Nazmiy asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyida Vohidovning sheʼriy toʻplamlari keltirilgan:
- „Tong nafasi“ (1961)
- „Qoʻshiqlarim sizga“ (1962)
- „Yurak va aql“ (1963)
- „Mening yulduzim“ (1964)
- „Nido“ (1965)
- „Lirika“ (1965)
- „Palatkada yozilgan doston“ (1967)
- „Yoshlik devoni“ (1969)
- „Charogʻbon“ (1970)
- „Quyosh maskani“ (1972)
- „Dostonlar“ (1973)
- „Muhabbat“ (1976)
- „Tirik sayyoralar“ (1978)
- „Ruhlar isyoni“ (1980)
- „Sharqiy qirgʻoq“ (1980)
- „Kelajakka maktub“ (1983)
- „Bedorlik“ (1985)
- „Hozirgi yoshlar“ (1986)
- „Saylanma“
- „Birinchi jild: Muhabbatnoma“ (1986)
- „Ikkinchi jild: Sadoqatnoma“ (1986)
- „Daraxtlar suhbati“ (1988)
- „Kuy avjida uzilmasin tor“ (1991)
- „Oʻrtada begona yoʻq“ (1991)
- „Yaxshidir achchiq haqiqat“ (1992)
- „Qumursqalar jangi“ (1993)
- „Mening yulduzim“ (2000)
- „Saylanma“
- „Birinchi jild: Ishq savdosi“ (2000)
- „Ikkinchi jild: Sheʼr dunyosi“ (2001)
- „Uchinchi jild: Umrim daryosi“ (2001)
- „Oʻzbegim: Sheʼrlar“ (2005)
- „Oʻzbegim“ (2006)
- „Orzuli dunyo“ (2010)
- „Tabassum“ (2010)
- „Yangi sheʼrlar“ (2014)
- „Zamin sayyorasi“ (2014)
- „Devon: Senga baxtdan taxt tilarman“ (2015)
- „Inson“ (2015)
- „Saylanma“
- „Birinchi jild: Bahor tarovati“ (2015)
- „Ikkinchi jild: Yoz harorati“ (2015)
- „Uchinchi jild: Kuz saxovati“ (2016)
- „Toʻrtinchi jild: Qish halovati“ (2016)
Nasriy asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Adabiy portretlar“ (1985) (hammualif)
- „Shoiru, sheʼru shuur“ (1987)
- „Iztirob“ (1991)
- „Saylanma“
- „Soʻz latofati“ (2014)
- „Saylanma“
- „Beshinchi jild: Qalb sadoqati“ (2018)
- „Oltinchi jild: Erk saodati“ (2018)
Rus tilida chop etilgan sheʼriy toʻplamlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vohidovning koʻp sheʼri rus tiliga tarjima qilingan. Quyida shoirning rus tilida chop etilgan toʻplamlari keltirilgan.
- „Lirika“ („Lirika“) (1970)
- „Stixi“ („Sheʼrlar“) (1974)
- „Uzelok na pamyat“ („Uchi tugilgan roʻmolcha“) (1980)
- „Vosstanie bessmertnix“ („Ruhlar isyoni“) (1983)
- „Liniya jizni“ („Hayot yoʻli“) (1984)
- „V minutu pesni ne porvis, struna…“ („Kuy avjida uzilmasin tor“) (1986)
Adabiy tarjimalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vohidov koʻplab xorij ijodkorlari, jumladan, Aleksandr Blok, Aleksandr Tvardovskiy, Friedrich Schiller, Johann Wolfgang von Goethe, Lesya Ukrainka, Mixail Svetlov, Muhammad Iqbol, Rasul Hamzatov, Sergey Yesenin hamda Silva Kaputikyan asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Xususan, shoir 1974-yil Goethening „Faust“ asarini oʻzbekchaga oʻgirgan. Shoir Yesenin sheʼrlarini ayniqsa yuksak mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Quyida Yeseninning vidolashish sheʼri boʻlmish „Xayr endi, xayr, doʻstginam“ (1925) sheʼrining Vohidov qilgan tarjimasi keltirilgan.
Ruschasi
Do svidanya, drug moy, do svidanya. |
Vohidov tarjimasi
Xayr endi, xayr, doʻstginam, |
Vohidov sheʼrlari esa nemis, fransuz, ingliz, urdu, hind, arab va boshqa turkiy tillarga tarjima qilingan[11]. Sovet shoiri Robert Rojdestvenskiy Vohidov asarlarini juda yuqori baholagan.
Quyida shoirning „Oʻzbegim“ sheʼrining inglizcha tarjimasidan parcha keltirilgan[12]:
Originali
Ortda qoldi koʻhna tarix, |
Inglizcha tarjimasi
Left behind is old history |
Kuy bastalangan sheʼrlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vohidovning koʻp sheʼriga oʻzbek ijodkorlari qoʻshiq bastalagan. Bular orasida eng taniqlilari Sherali Joʻrayev ijro etgan „Inson“ hamda „Oʻzbegim“ ashulalaridir.
Sheʼr yozilgan yil | Sheʼr nomi | Ashula nomi | Ijrochi | Bastakor |
---|---|---|---|---|
1956 | Kamtarlik haqida | Yursin karvonlar (faqat ashula naqorati) | Yulduz Usmonova | |
1959 | *** | Sevgi | Nargiz | |
Oʻn sakkizga kirmagan kim bor | Fahriddin Umarov | |||
1961 | Yoshlik | Yoshligim (faqat kupletlar; „Million roz“ ashulasining oʻzbekchasi) | Muhabbat Mehmonova | Raimonds Pauls |
1964 | *** | Bolalarni shaytonlardan qoʻrqitmangiz | Rustam Gʻoipov | |
1967 | Barcha shodlik senga boʻlsin | Barcha shodlik senga boʻlsin | Shohruxxon va Nilufar Usmonova | Shohruxxon |
Doʻst bilan obod uying | Doʻst bilan obod uying | Gulbahor Erqulova | ||
Uygʻotmagil… | Uygʻotmagil | Ravshan Zokirov | Ravshan Zokirov | |
1968 | Tola soch | Habibi | Bunyodbek Saidov | Alisher Shaydo |
Sevgi | Sevgi | Bobur Yusupov | Bobur Yusupov | |
Oʻrtada begona yoʻq | Oʻrtada begona yoʻq | Sherali Joʻrayev | ||
Oʻzbegim | Oʻzbegim | |||
Oʻzbegim | „Setora“ guruhi | |||
1973 | Inson | Human/Oda o cheloveke | Ozodbek Nazarbekov, Dilafruz Rustamova, Oleg Gazmanov, Omirqul Ayniyazov, Zafar Abdualimov, Rafet El Roman, Ahmad Al-Xuraybiy, Alessandro Safina | Nodir Umarov |
Inson | Sherali Joʻrayev | |||
1976 | Bir qadam | Bir qadam | Zulayho Boyxonova | |
1977 | Navoiy gʻazaliga muxammas | Kema | Sherali Joʻrayev | |
1988 | Yaxshidir achchiq haqiqat | Achchiq haqiqat | ||
1994 | Biz anglamagan jahon ekan ishq | Ishq | Abzal Husanov | Abzal Husanov |
1998 | *** | Mohitabonim | Ziyoda Qobilova |
Merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vohidov oʻzbeklarning eng sevimli shoirlaridan biri. Oʻzbekistonda koʻplab muassasa va joylarga shoir nomi berilgan. 2018-yilda Margʻilon shahrida Erkin Vohidov nomidagi maktab-internat ochildi.[13] 2019-yilda esa shaharda Erkin Vohidov memorial muzeyi ochildi.[14]
Vohidov hayoti va ijodi haqida koʻplab kitob yozilgan, shu jumladan, „Erkin Vohidov saboqlari“ (2016), „To quyosh sochgayki nur“ (2016), „Soʻz sehri“, „Oʻzbegimning Erkin oʻzbegi“ kitoblari.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Vohidov, Erkin". Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 166. 5-89890-002-0.
- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 1994-yil 26-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 25-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi e`lon qilinganligining uch yilligi munosabat bilan mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).
- ↑ „Эркин Вахидов“ [Erkin Vohidov] (ruscha) (deadlink). Literature.uz. 2012-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-fevral. (Wayback Machine saytida 14-fevral 2012-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ Moʻminova, Munojat. „„Inson“ qasidasini 8 tilda qoʻshiq qilish gʻoyasi qanday paydo boʻldi?“. Yuz (2020-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.
- ↑ ; R. ShokirovaOʻzbek adiblari. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 „Tog‘asi qo‘lida tarbiyalangan xalq shoiri“ (uz). kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 Gʻulomova, Nazira. Ona tili va adabiyot. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2014.
- ↑ „Oʻzbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov vafot etdi“. BBC Oʻzbek xizmati (2016-yil 30-may). Qaraldi: 2018-yil 12-aprel.
- ↑ „Erkin Vohidov“. Ziyouz. Qaraldi: 2012-yil 11-fevral.
- ↑ „Руководство страны соболезнует в связи с кончиной Эркина Вахидова“ (ruscha). Gazeta (2016-yil 31-may). Qaraldi: 2018-yil 13-aprel.
- ↑ Rahmatulla Inogʻomov; Ibrohim Gʻafurov (2000–2005). "Vohidov, Erkin". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.
- ↑ Bodrogligeti, Andras J. E.. Modern Literary Uzbek. LINCOM Publishers, 2003. ISBN 978-3895866951.
- ↑ „Erkin Vohidov nomidagi maktab-internat ochildi“. Gazeta (2018-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 26-dekabr.
- ↑ „Fargʻona vodiysi – oʻzbek sheʼriyati beshigi“. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (2019-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 26-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Erkin Vohidov haqida turkum mavjud |
- Vohidov hayoti va ijodiga bagʻishlangan sayt (Wayback Machine saytida 7-avgust 2018-yil sanasida arxivlangan)
- 28-dekabrda tugʻilganlar
- 1936-yilda tugʻilganlar
- Fargʻona viloyatida tugʻilganlar
- 30-mayda vafot etganlar
- 2016-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Oʻzbekiston qahramonlari
- Oʻzbekiston xalq shoirlari
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonlik yozuvchilar
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari
- Oʻzbek tarjimonlari
- Oʻzbekiston dramaturglari
- Oʻzbekiston SSR xalq shoirlari
- Shoirlar
- Oʻzbekistonlik shoirlar
- Yozuvchilar