Zulayho Boyxonova
Zulayho Boyxonova | |
---|---|
Fayl:Zulayho Boyxonova.jpg | |
Tavalludi |
Boyxonova Zulayho Muhammadovna 28-aprel, 1964-yil. |
Kasbi | Xonanda |
Fuqaroligi | O‘zbekiston |
Veb-sayt | http://zulayho.uz |
Zulayho Boyxonova (28-aprel, 1964-yil, Namangan viloyati, Uychi tumani) — aktrisa, xonanda (lirik soprano). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1996), Oʻzbekiston xalq artisti (2003).
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boyxonova Zulayho Muhammadovna 28-aprel 1964-yil Namangan viloyati Uychi tumanida tavallud topgan. 1980-yil maktabni tugatib, 1981-yil Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutining musiqali drama fakultetiga o‘qishga kirdi. 1986-yil oliygohni bitirib, “Muqimiy” nomidagi o‘zbek davlat musiqa va drama teatriga ishga kiradi. Teatr san‘atidagi xizmatlari va takrorlanmas ijodi uchun 1996-yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga, 2003-yil esa O‘zbekiston xalq artisti unvoniga ega bo‘ldi. 2005-yilda Zulayho Boyxonova Madaniyat va sport vazirligi tomonidan “Sahnamiz farishtasi” nomi bilan taqdirlandi.
Xonanda hozirgi kunda ustozi O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov boshchiligida “Ofarin” ansamblining xonandasi bo‘lib ishlaydi.
Ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nurxon (Komil Yashin, To‘xtasin Jalilov, "Nurxon") — uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Keyinchalik Zulayho Boyxonova teatrda sahnalashtirilgan deyarli barcha spektakllarda bosh rollarni ijro etib tanildi:
- Zulayho (Ramz Bobojon, F.Olimov, "Yusuf va Zulayho");
- Nodirabegim (T.Toʻla, F.Olimov, "Nodirabegim");
- Barchinoy (U.Azim, B.Lutfullayev, "Quduq tubidagi faryod");
- Oyjamol (R.Maʼdiyev, B.Lutfullayev, "Taqdir");
- Umida (R.Maʼdiyev, F.Olimov, "Devona")
- Shirin (Xurshid, Yunus Rajabiy, "Farhod va Shirin") va boshqa boshqalar.
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Shoir | Bastarkor | Izoh |
---|---|---|---|---|
Samarqand Ushshogʻi | ||||
Fargʻona tong otguncha | ||||
Gar sogʻinsam | ||||
Boylandilar | ||||
Oʻzga yor yoʻqdir | ||||
Kechalar | ||||
Unutma | ||||
Ovoramiz | ||||
Holat | ||||
Tushimda koʻrsam edi | ||||
Sogʻindim | ||||
Yo Rab | ||||
Ey doʻst | ||||
Salomatlik kerak | ||||
Ey koʻngil | ||||
Alla | ||||
Ehtiyoj | ||||
Shahloga tushdi | ||||
Bibixonim | ||||
Hanuz | ||||
Boʻlmasa-boʻlmas | Gadoiy[1] |
U shuningdek, telenovella ("Izhor"da Zulayho), videofilm ("Yusuf va Zulayho"da Zulayho, "Koʻngil koʻchalari"da Unsin, "Qirq togʻoraning qirq nogʻorasi"da Bonu va boshqalar)larda ham suratga tushgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ergash Ochilov. Umrboqiy qoʻshiqlar, 1-jild, Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2013-yil — 456-bet. ISBN 978-9943-00-878-6.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |