Inson (Vohidov asari)
Muallif(lar) | Erkin Vohidov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | sheʼrlar |
Nashriyot | „Oʻzbekiston“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2015 |
Sahifalar soni | 320 |
ISBN | ISBN 978-9943-28-154-7 |
„Inson“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2015-yil Toshkent shahrida „Oʻzbekiston“ nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan. Toʻplamga shoir 1956—2006-yillar oʻrtasida yozgan sheʼrlar kiritilgan. Xususan, toʻplamdan Vohidovning „Kuy avjida uzilmasin tor“, „Oʻrtada begona yoʻq“, „Oʻzbegim“, „Hozirgi yoshlar“, „Oʻzbekiston“, „Tirik sayyoralar“, „Inson“, „Yaxshidir achchiq haqiqat“, „Qumursqalar jangi“ kabi taniqli sheʼrlari, „Ruhlar isyoni“ dostonidan parchalar hamda Matmusa obrazi haqidagi „Donishqishloq latifalari“ turkumidagi hazil sheʼrlar oʻrin olgan.
Toʻplamga Vohidov 1990-yillarda mustaqillik mavzuda yozgan bir necha sheʼr kiritilgan. Sovet davrida yozilgan „Oʻzbekiston“ sheʼridan esa Oktabr inqilobi, Oʻzbekiston SSRga asos solinishi, oʻzbekistonliklarning Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki hamda Mirzachoʻlni suv bilan taʼminlash maqsadida ochilgan kanallar haqidagi misralar senzura qilingan.