Erkin Vohidov saboqlari
Muallif(lar) | Shukur Qurbon (toʻplovchi, tuzuvchi va hammualif) |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | maqolalar, adabiy oʻylar va sheʼriyat talqinlari |
Nashriyot | Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2016 |
Sahifalar soni | 164 |
ISBN | ISBN 978-9943-06-587-1 |
„Erkin Vohidov saboqlari“, toʻliq nomi „Erkin Vohidov saboqlari: Adabiy portretga chizgilar“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov ijodiga bagʻishlangan kitob.[1] 2016-yil Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga Abdulla Oripov, Ibrohim Gʻafurov, Xurshid Davron, Shukur Qurbon, Jumaniyoz Jabborov hamda Anvar Obidjon Vohidov ijodi haqida yozgan maqolalar, adabiy oʻylar va sheʼriyat talqinlari kiritilgan. Asarni Vohidovni oʻzi uchun ustoz deb bilgan Qurbon toʻplab, nashrga tayyorlagan. Toʻplam boshida Oripov Vohidov haqida 1992-yil yozgan maqola keltirilgan.
Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Zuhriddin Isomiddinov va Javlon Jovliyev – muharrirlar, Sh. Odilov – badiiy muharrir, A. Joʻrayev – texnik muharrir, D. Zokirova – sahifalovchi. Kitob adadi – 500 nusxa.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Tadqiqot: oʻzbek ziyolilari bugun nima oʻqishmoqda?“. Kun (2017-yil 14-iyun). Qaraldi: 2020-yil 26-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]