Bahor tarovati
Muallif(lar) | Erkin Vohidov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | sheʼrlar, dostonlarlar va pyesa |
Nashr etilgan sanasi | 2015 |
Nashriyot | „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati |
Sahifalar soni | 432 |
ISBN | ISBN 978-9943-26-164-8 |
Keyingisi | „Yoz harorati“ |
„Bahor tarovati“, toʻliq nomi „Saylanma. Bahor tarovati. 1-jild“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy asarlar toʻplami. Yana yetti kitob — „Yoz harorati“, „Kuz saxovati“, „Qish halovati“, Qalb sadoqati", „Erk saodati“ asarlaridan hamda ikki jild badiiy tarjimalardan iborat „Toʻla asarlar toʻplami“ deb nomlangan sakkiz jildli toʻplamning birinchi jildi. 2015-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyatida chop etilgan. Toʻplamga kiritilgan ilk toʻrt kitob umrning toʻrt faslini ifoda etuvchi asarlarni oʻzida jamlagan boʻlib, birinchi jild bahor fasli va yoshlikning tarovati va goʻzalligiga bagʻishlangan[1].
Toʻplamga Ibrohim Gʻafurov kirish soʻz yozgan. Unga shoirning ilk sheʼrlari hamda „Nido“, „Orzu chashmasi“, „Palatkada yozilgan doston“, „Quyosh maskani“ dostonlari, shuningdek, uch pardali „Oltin devor“ komediyasi kiritilgan. Toʻplamga kiritilgan sheʼrlar „Yoʻq, halovat istamayman!“ „Yoshlik devoni“ hamda „Bolaligim — bozorim“ turkumlariga boʻlingan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Ikkinchi jild: Yoz harorati“
- „Uchinchi jild: Kuz saxovati“
- „Toʻrtinchi jild: Qish halovati“
- „Beshinchi jild: Bahor tarovati“
- „Oltinchi jild: Erk saodati“
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Saylanma 1-jild. Bahor tarovati, IPAK „Sharq““. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.[sayt ishlamaydi]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]