Rasul Hamzatov
Hamzatov Rasul Hamzatovich (1923-yil 8-sentyabr, Dogʻiston Respublikasi, Xunzax tumani Sada qishlogʻi – 2003-yil 3-noyabr) – avarchi, koʻchma avar teatrida rejissyor yordamchisi, respublika arbobi va shoiri. U Tahririyat va radio qoʻmitasida adabiy xodim boʻlib ishlagan (1940 – 45). Moskvadagi Gorkiy nomidagi Adabiyot institutda tahsil koʻrgan (1945-50).
Ilk sheʼrlar toʻplami – „Ilhombaxsh muhabbat, olovli nafrat“ (1943). „Bizning togʻlar“ (1947), „Mening yurtim“ (1948), „Togʻlik oʻlkasi“, „Tugʻilgan yilim“ (1950), „Katta ogʻa shaʼniga“ (1952), „Dogʻiston bahori“ (1955), „Qalbim mening togʻlarda“ (1959), „Yuksak yulduzlar“ (1962), „Bitiklar“ (1963), „Yulduz yulduz bilan soʻzlashar“ (1964), „Yillar ortidan yillar“ (1968), „Oʻchoq boshi-da“ (1969), „Chegara“ (1972), „Muhab-batnoma“ (1974), „Soʻnggi narx“ (1976) va boshqa sheʼriy kitoblar mual-lifi.
H. ijodi Sharq va Gʻarb sheʼriyati anʼanalari oʻzaro tutashgan nuqtada paydo boʻlgan betakror hodisadir, H.ning Sharq tarovati bilan yoʻgʻrilgan va togʻli oʻlka kishilarining oʻziga xos ruhiy olamini aks ettirgan sheʼrlari 50-yillarda milliyligi, samimiyligi, lirik his va tuygʻularning bokiraligi bilan kitobxonlar va tanqidchilar eʼtiborini qozongan. H. sheʼrlarining lirik qahramoni kishilardagi yaxshi fazilatlarni qadrlay biluvchi, oʻzi ham boshqalarga mehr-muhabbatini ayamaydigan, katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan, ruhiy olami boy va goʻzal insondir. H. sheʼrlarida ana shu lirik qahramon qalbining tamannolari yorqin ifoda etilgan. H., oʻz tabiatiga koʻra, lirik shoir. Shunga qaramay, u doston janrida ham ijod qilib, „Otam bilan suhbat“ (1953), „Togʻ qizi“ (1958), „Onalarni asrang“ (1978) kabi barkamol dostonlarini yaratgan. Uning hayot va adabiyot, onavatan va zamondoshlar haqidagi „Mening Dogʻistonim“ (1—2-kitoblar, 1967—71) lirik qissasi 60-yillarning 2-yarmida qardosh xalqlar adabiyotida soxta vatanparvarlik goyalari oʻrniga milliy gʻoya va milliy gʻurur tuygʻusining shakllanishida muhim rol oʻynagan. H. ning sheʼriy va nasriy asarlari, boshqa xalqlar adabiyoti qatori, shu davr oʻzbek adabiyotiga ham taʼsir oʻtkazgan. Xususan, Shukrulloning „Javohirlar sandigʻi“ lirik qissasi H.ning „Mening Dogʻistonim“ asari taʼsirida maydonga kelgan.
H. asarlari jahonning koʻplab tillariga, shu jumladan. oʻzbek tiliga tarjima qilingan. H. Gʻafur Gʻulom, Asqad Muxtor, Hamid Olimjon, Shuk-rullo, Abdulla Oripov singari oʻzbek shoirlari bilan ijodiy aloqada boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yuksak yulduzlar, T., 1964; Moy Dages-tan, M., 1977; Sobraniye sochineniy, t. 1—5, M., 1980—82; Ostrov jenshin. Novne stixi i poemm, M., 1983; Sudi menya po kodeksu lyubvi, M., 2003.