Muhabbatnoma (Vohidov asari)
Qiyofa
Muallif(lar) | Erkin Vohidov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | sheʼrlar va dostonlar |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1986 |
Sahifalar soni | 525 |
Keyingisi | „Sadoqatnoma“ |
„Muhabbatnoma“, toʻliq nomi „Saylanma: Muhabbatnoma“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. „Muhabbatnoma“ hamda „Sadoqatnoma“ asarlaridan iborat „Saylanma“ ikki jildli sheʼriy toʻplamining birinchi jildi.[1] 1986-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga muallifning 1975-yilggacha yozilgan sheʼrlari va dostonlari kiritilgan. Asar boshida Ibrohim Gʻofurov yozgan soʻzboshi keltirilgan.
Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Kenjaboyev – muharrir, G. Jirnov – rassom, N. Karpuzas – rasmlar muharriri, T. Smirnova – texnik muharrir, Sh. Soatova – musahhih. Kitob adadi – 25 000 nusxa.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Saylanma“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 14-noyabr.