Kontent qismiga oʻtish

Biloli Habeşi masjidi

Koordinatalari: 36°54′55″N 34°53′49″E / 36.91528°N 34.89694°E / 36.91528; 34.89694
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Biloli Habeşi masjidi
Biloli Habeşi masjidi
Mamlakat  Turkiya
Joylashuvi Mersin viloyati, Tarsus tumani
Koordinatalar 36°54′55″N 34°53′49″E / 36.91528°N 34.89694°E / 36.91528; 34.89694
Yoʻnalishi sunniylik
Binokorlik sanasi XVI asr
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Biloli Habeşi masjidi ichidagi sarkofag

Biloli Habeşi masjidi – Turkiyaning Mersin viloyati, Tarsus tumanidagi tarixiy kichik masjid.

Masjid Mersin viloyatining Tarsus ilchesidagi (tuman) Tarsus Katta masjidi va Avliyo Paul cherkovi oʻrtasida joylashgan[1].

Usmoniylarga tegishli hujjatlarga koʻra, 1519-yilda Bilol ibn Raboh (milodiy 580–640-yillarda yashagan, Bilol ibn Habashiy, Bilol ibn Riyo va ibn Raboh nomlari bilan ham mashhur boʻlgan) nomidagi vaqf tashkil etilgan. U islom paygʻambari Muhammadning eng ishonchli va sodiq sahobalaridan biri boʻlgan. Rivoyatlarga koʻra, Bilol ibn Raboh xalifa Umar (h. 634–644) davrida fath qilingan hududlarni ziyorat qilish chogʻida Tarsusga kelib, bugungi kunda masjid joylashgan hududda azon aytgan. Turk tilidagi mesjit soʻzi kichik masjid degan maʼnoni anglatadi. Ushbu bino XVI asrda qurilgan[2].

Masjid kvadrat shaklda qurilgan boʻlib, ustki qismi bitta katta gumbaz bilan qoplangan.