Atik Ali posho masjidi
Qiyofa
Masjid | |
Atik Ali posho masjidi | |
Mamlakat | ![]() |
Shahar | Adirna |
Koordinatalar | 41°40′46″N 26°33′40″E / 41.67944°N 26.56111°E |
Yoʻnalishi | sunniylik |
Meʼmoriy uslub | Usmoniylar meʼmorchiligi |
Binokorlik sanasi | ~1506 |
Balandligi | 43 m (141 ft) |
Minoralar soni | 4 |
Minoralar soni | 4 |
![]() |
Atik Ali posho masjidi (turkcha: Atik Ali Paşa Camii) – Turkiyaning Adirna shahri, Meydan mahallasidagi masjid.
Atik Ali posho koʻchasida, Salimiya masjididan taxminan 1,5 km uzoqlikda joylashgan masjid bugungi kunda tashrif buyurvchilar uchun ochiq hisoblanadi. Vaqflar Bosh boshqarmasi tasarrufidagi bino Adirna madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish kengashining 2003-yil 4-iyuldagi 7697-sonli qaroriga binoan roʻyxatga olingan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidning aniq qurilgan sanasi nomaʼlum boʻlsa-da, uning sulton Boyazid II davrida xizmat qilgan vazirlaridan biri Atik Ali Posho tomonidan qurdirilganligi haqida maʼlumotlar mavjud. Atik Ali Poshsho 1506-yilda vafot etganligi sababli masjid ushbu sanadan oldin qurilgan deb hisoblanadi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiomborda Atik Ali posho masjidi haqida turkum mavjud |
- ↑ Atik Ali Pasha Mosque (tr). Edirne Valiliği, 2013 — 68-bet.
- ↑ „500 yıllık Atik Ali Paşa Camii onarılacak“ (tr). Risale Haber (2012-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2025-yil 25-yanvar.