Kontent qismiga oʻtish

Tariqat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ushbu sahifa orqali siz tariqat va uning turlari haqida bilib olishingiz mumkin:)

Tariqat (arabcha — yoʻl, usul) — tasavvufga amal qilish. Unga koʻra, sufiy yoki solik tirikchilikning barcha tashvishlaridan voz kechishi, doim kambagʻallikda qanoat qilib yashashi, tarkidunyo qilishi, har narsani xudodan deb bilishi, xudoni sevishi va unga intilishi, ixtiyorini pir, murshidga topshirishi lozim. Bundan tashqari tariqat tushunchasi koʻproq tasavvuf yoʻnalish (suluk)i, tarmogʻi maʼnosida qoʻllanadi. Tarixda tasavvuf tariqatlarini notoʻgʻri tushunish va talqin qilish natijasida baʼzi mutaassiblikka berilish holatlari ham kuzatilgan. Tasavvufda T. koʻp boʻlgan, mas., tayfuriya, qodiriya, suhravardiylik, bektoshiya va boshqa Oʻrta Osiyoda naqshbandiya, kubroviylik, yassaviylik T.lari tarqalgan.

Tariqat (arabcha: طريقه yoʻl, usul) — so’fiylikka xos tushuncha. Uch maʼnoda ishlatiladi: 1) umuman soʻfiylik yoʻli; 2) soʻfiylikning muayyan tarmogʻi, yoʻnalishi; 3) soʻfiylik bosqichlaridan biri. Lekin Tariqatni soʻfiylik yoʻnalishlari (suluklari), tarmoqlari maʼnosida qoʻllash kengroq tarqalgan. Soʻfiylikning bosqichi sifatida Tariqat soʻfiylar oldiga qoʻyiladigan oʻziga xos talablar majmuasini, xilma-xil ruhiy-jismoniy xatti-harakatlarni oʻz ichiga oladi. Tariqatga qadam qoʻyish — tirikchilikning barcha tashvishlaridan voz kechish hamda ixtiyorni pir-murshid (eshon)ga topshirishdan boshlanadi. Undan keyin Tariqat yoʻlida soʻfiy yana bir necha bosqich (maqom)larni, jumladan doim kambagʻallikda, tasodifiy rizq hisobiga yashash (faqr), tarki dunyo qilish (zuhd), har narsani faqat xudoga solish (tavakkul), uni sevish va unga intilish (muhabbat, shavq) va boshqa bosqichlarni oʻtaydi. Soʻfiylikning baʼzi yoʻnalishlari insonni nafaqat zohidlik, balki mutaassiblik yoʻliga ham yetaklaydi. Soʻfiylikda Tariqatlar gʻoyatda koʻp boʻlgan. Hozirgacha ayrim Sharq mamlakatlarida saqlanib kelayotgan qodiriya (Eron va Afgʻonistonda), rifioya (Eron), tayfuriya (arab mamlakatlari), mavlaviya (Turkiya), chishtiya (Hindiston, Pokiston), bektoshiya (Turkiya), safaviya (Eron) va boshqa shular jumlasidandir. Oʻrta Osiyoda esa, ilgaridan naqshbandiylik(Bahouddin Naqshbandiy), kubroviylik(Najmiddin Kubro),yassaviylik(Ahmad Yassaviy) tariqatlari tarqalgan.

Tariqatlar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nomi Asl nomi Asoschisi Tarqalishi Eslatma
Bektoshiya arab. بكداشية‎ Hoji Bektosh Vali Nishopuri Xurosoniy (1209—1271) Turkiya, Albaniya, Makedoniya, Bosniya
Qodiriya arab.   القادريه‎ Abdulqodir Jiyloniy (1077—1166) Turkiya, Indoneziya, Janubiy Osiyo, Bolqon, Xitoy, Gʻarbiy va Sharqiy Afrika, Shimoliy Kavkaz
Mavlaviya arab.   المولوية‎ Jaloliddin Rumiy (1207—1273) Turkiya
Naqshbandiya fors.   نقشبندی‎ Bahouddin Naqshbandiy (1318—1389) Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Hindiston, Pokiston, Shimoliy Kavkaz
Xolidiya arab. خالدیه‎ Xolid Ziyovuddin Bagʻdodiy (1776—1827) Indoneziya, Malayziya, Mozambik, Kavkaz … Naqshbandiya tariqatining bir tarmogʻi
Xojagoniya fors. خواجگان‎‎ Abduxoliq Gʻijduvoniy (1106—1179 va 1220 yillar orasida) Misr, Bolqon, Xitoy, Indoneziya, Hindiston, Arabiston… Naqshbandiya tariqatining peshvosi
Yassaviya fors.   یسوی‎ Ahmad Yassaviy (1103—1166) Markaziy Osiyo