Rustam Shaymardanov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Rustam Shaymardnonov | ||
Tavallud sanasi | 4-sentyabr 1976-yil | ||
Tavallud joyi | Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 174 cm (5 ft 8 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1996—1997 | Doʻstlik | 34 | (0) |
1998—1999 | Paxtakor | 57 | (0) |
2000—2002 | Doʻstlik | 75 | (1) |
2002—2005 | Esil Bogatir | 65 | (0) |
2005 | Jetisu | 4 | (0) |
2006 | Metallurg Bekobod | 13 | (0) |
2006—2007 | Qizilqum | 27 | (0) |
2007 | FC Atyrau | 7 | (0) |
2008 | OTMK | 28 | (0) |
2009 | Metallurg Bekobod | 13 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
1997—2000 | Oʻzbekiston | 21 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Rustam Shaymardanov (ruscha: Шаймарданов, Рустам; 1976-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, faoliyati davomida oʻng qanot himoyachisi ampulasida oʻynagan. Oʻzbekiston terma jamoasi sobiq aʼzosi[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rustam Oʻzbekiston oliy divizionidagi debyutini 1996-yili Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ klubida oʻtkazgan. 1998-yilda „Paxtakor“ (Toshkent) klubiga oʻtib, ikki mavsum davomida oʻynagan va 1998-yilgi mavsumda mamlakat chempioni boʻlgan. 2000-yil „Doʻstlik“ jamoasi tarkibi qaytgan va yana ikki yarim mavsum oʻynagan. 2000-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogi sohibi mamlakat chempioni boʻlgan.
2002-yilning yozida Rustam Qozogʻistonning „Esil-Bogatyr“ (Petropavlovsk) klubiga oʻtgan va u yerda toʻliq boʻlmagan toʻrt mavsum davomida oʻynagan. 2003-yil Qozogʻiston kubogining yarim finalida oʻynagan. 2005-yilning kuzida Qozogʻistonning boshqa bir klubi, „Jetisu“ (Toldiqoʻrgʻon) jamoasida oʻynagan. Vataniga qaytgach, „Metallurg“ (Bekobod) va „Qizilqum“ (Zarafshon) jamoalarida toʻp surgan boʻlsa, 2007-yilning kuzida yana Qozogʻistonda qaytgan va „Atirau“ jamoasida oʻynagan.
2008-yilgi mavsumda AGMK (Olamliq) tarkibida oʻynagan. Rustam mavsum davomida 28 ta uchrashuvda 10 ta sariq va bitta qizil kartochka olib, chempionatning eng qoʻpol oʻyinchilaridan biriga aylangan[2]. Faoliyatining oxirida „Metallurg“ (Bekobod) va „Soʻgʻdiyona“ (Jizzax) klublarida toʻp surgan.
Oʻzbekiston oliy divizionida jami 251 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan; Qozogʻiston oliy divizionida 76 oʻyin oʻtkazgan.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 1997-yil 9-mayda Jahon chempionati saralash turniri doirasida Yamanga qarshi birinchi oʻyinni oʻtkazgan. 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari ishtirokchisi, turnirda 2 ta oʻyin oʻtkazgan va uning jamoasi chorak finalga chiqqan. U 1997—2000-yillarda terma jamoa safida jami 21 ta oʻyin oʻtkazgan.
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston oliy ligasi chempioni : 1998, 2000
- Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2000-yil
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rustam taniqli futbolchi, Paxtakor jamoasi faxriysi Toʻra Shaymardanovning jiyani hisoblanadi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „shaymardanov-rustam“. 2023-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-iyul.
- ↑ Nakazaniya v chempionate Uzbekistana po futbolu
- ↑ ISTORIChYeSKAYa SPRAVKA „PAXTAKORA“ – 4 SYeNTYaBRYa
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Footballfacts.ru saytidagi profil
- Rustam Shaymardanov National-Football-Teams.com saytida
- Rustam Shaymardanov (Wayback Machine saytida 2023-07-29 sanasida arxivlangan) OʻzPFL saytida futbolchi profili
- 4-sentyabrda tugʻilganlar
- 1976-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Doʻstlik Toshkent futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Metallurg Bekobod klubi futbolchilari
- Qizilqum klubi futbolchilari
- AGMK futbolchilari
- FC Kiziljar futbolchilari
- FC Atirau futbolchilari
- Jetisu klubi futbolchilari
- Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari
- Qozogʻistondagi chet ellik erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 1998 futbolchilari