Soʻgʻdiyona (futbol klubi)
Soʻgʻdiyona PFK | |||
Toʻliq nomi | Soʻgʻdiyona professional futbol klubi | ||
Laqabi | Bo'rilar | ||
Asos solingan | 1970-yil | ||
Stadion | Soʻgʻdiyona (stadion) | ||
Stadion hajmi | 11,650 | ||
Bosh direktori | UZB Javlon Salohitdinov | ||
Murabbiyi | UZB Ivan Bošković | ||
Vebsayt | http://fcsogdiana.uz/ | ||
Musobaqasi | Superliga | ||
2023 | 11 | ||
|
Soʻgʻdiyona professional futbol klubi (oʻzbekcha: "Сўғдиёна" Жиззах Футбол Клуби) Jizzax viloyati sharafini himoya qiluvchi futbol klub, Oʻzbekiston Superligasi vakili.[1]
„Soʻgʻdiyona Jizzax“ futbol klubi 1970-yilda tashkil topgan boʻlib, u Soʻgʻdning qadimiy tarixiy hududi sharafiga nomlangan. Sovet davrida klub asosan SSSR chempionatining ikkinchi va birinchi ligalarida ishtirok etgan. 1979-yilda SSSR Ikkinchi ligasining „Markaziy Osiyo“ zonasi gʻolibi boʻldi. 1992-yilgi Oʻzbekiston Oliy ligasining debyut qur’asida „Soʻgʻdiyona“ shov-shuvli tarzda ushbu liganing bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, ular uch marta Oʻzbekiston Birinchi ligasi (hozirgi Oʻzbekiston Pro-ligasi) gʻolibi, bir marta kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Oʻzbekiston PFL kubogining ikki karra gʻolibi boʻlgan. Oʻzbekiston Superligasidagi eng yaxshi natijasi ikkinchi oʻrindir (2021).
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1970-yilda „Jizzax“ nomi bilan tashkil etilgan (baʼzi manbalarda — DSK). Oʻsha yili u SSSR chempionatining „B“ toifasida debyut qildi va 17-oʻrinni egalladi.
1973-yildan jamoa Ikkinchi ligada qatnashadi. 1979-yildan 1985-yilgacha ushbu ligada oʻynab, Birinchi ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ammo, keyinchalik yana tushib ketganidan soʻng, u Ikkinchi ligada (SSSR parchalanib ketgunga qadar) oʻynaydi.
SSSR kubogida 1985/86-yilgi mavsumda 1/16 finalga chiqdi. Bundan tashqari, klub ayrim davrlarda Oʻzbekiston SSR chempionatida ishtirok etgan. Jamoa Sovet davrida armiya jamoasi sifatida faoliyat yuritgan.
1992-yilda Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1-mamlakat chempionati oʻtkazildi va „Soʻgʻdiyona“ Oʻzbekiston Oliy ligasida debyut qiladi.
Oʻsha mavsumda Jizzax jamoasi shov-shuvli tarzda bronza medallarini qoʻlga kiritdi (Toshkentning „Paxtakor“ va Fargʻonaning „Neftchi“ jamoalari bir xil ochkolar toʻplagani uchun chempionlikni boʻlishishdi, shu sababli kumush medallar hech kimga nasib etmadi).
„Soʻgʻdiyona“ 2002-yilgacha Oliy ligada oʻynab, oʻsha mavsum oxirgi, 16-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasiga tushib ketdi.
2003-yilgi mavsumda Birinchi liga turnirida gʻalaba qozonib, yana Oliy ligaga qaytdi, ammo 2006-yil oxirida yana yuqori divizionni tark etdi.
Oradan bir mavsum oʻtib „Soʻgʻdiyona“ yana Oliy ligaga chiqishga muvaffaq boʻldi, ammo keyin yana ikki marta quyi ligaga tushib chiqib, mamlakat oliy divizioniga qaytdi va shu tariqa „lift klubi“ga aylandi. Shu bilan birga, 2011 va 2012-yillarda Oʻzbekiston PFL kubogini qoʻlga kiritgan.
2013-yilgi mavsumdan to hozirgacha Oliy ligada (hozirgi Oʻzbekiston Superligasi) ishtirok etib kelmoqda.
2021-yilda oʻz tarixida ilk bor Oʻzbekiston chempionatining kumush medallarini qoʻlga kiritdi. 2022-yilda Oʻzbekistonning „Nasaf“ klubi Osiyo Chempionlar Ligasi pley-offida gʻalaba qozonganidan soʻng, klub OFK kubogiga yoʻllanma oldi. Ushbu musobaqada 1/2 finalgacha yetib borgan.
Nomlar tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixda Soʻgʻdiyona futbol klubining bir necha bor nomi oʻzgargan.
Muddat | Ism |
---|---|
1970-1972 | FC Jizzax (Yana: DSC) |
1973-1975 | Trud Jizzax |
1975-1976 | FC Jizzax |
1976-1977 | Irrigator Jizzax |
1978-1981 | Boʻston Jizzax |
1982-1985 | Zvezda Jizzax |
1986-1989 | Yoshlik Jizzax |
1990-hozirgacha | Soʻgʻdiyona Jizzax |
Ichki chempionatlardagi ishtiroki
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Liga | Oʻzbekiston Kubogi | Eng koʻp gol urganlar | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Div. | Poz. | Oʻ. | Yu. | D. | M. | G. U. | G. Q. | N. | Ismi | Liga | ||
1992 | 1 | 3 | 32 | 23 | 2 | 7 | 78 | 27 | 48 | Samad Narziqulov | 14 | |
1993 | 1 | 4 | 30 | 16 | 8 | 6 | 47 | 31 | 40 | Baxtiyor Gʻofurov | 8 | |
1994 | 1 | 6 | 30 | 14 | 7 | 9 | 53 | 35 | 35 | Furqat Esonboyev | 18 | |
1995 | 1 | 9 | 30 | 11 | 3 | 16 | 43 | 50 | 36 | Yerbulat Yeraliyev | 8 | |
1996 | 1 | 12 | 30 | 9 | 3 | 18 | 32 | 61 | 30 | Zinur Ziganshin | 10 | |
1997 | 1 | 8 | 34 | 15 | 7 | 12 | 51 | 46 | 52 | Zinur Ziganshin | 18 | |
1998 | 1 | 4 | 30 | 16 | 4 | 10 | 56 | 43 | 52 | Aleksey Jdanov | 18 | |
1999 | 1 | 13 | 30 | 8 | 8 | 14 | 43 | 52 | 32 | N/A | Aleksey Jdanov | 15 |
2000 | 1 | 17 | 38 | 9 | 5 | 24 | 46 | 96 | 32 | Aleksandr Mochinov | 9 | |
2001 | 1 | 10 | 34 | 14 | 5 | 15 | 45 | 51 | 47 | Qobil Aliqulov | 13 | |
2002 | 1 | 16 | 30 | 8 | 5 | 17 | 33 | 55 | 29 | Qobil Aliqulov | 12 | |
2003 | 2 | 1 | 28 | 23 | 3 | 2 | 83 | 21 | 72 | Qobil Aliqulov | 23 | |
2004 | 1 | 8 | 26 | 9 | 2 | 15 | 27 | 47 | 29 | Rasul Hayitov | 11 | |
2005 | 1 | 14 | 26 | 5 | 4 | 17 | 16 | 53 | 19 | Shahboz Erkinov | 5 | |
2006 | 1 | 15 | 30 | 7 | 3 | 20 | 23 | 48 | 24 | Saidolim Sharofuddinov | 4 | |
2007 | 2 | 1 | 38 | 26 | 7 | 5 | 79 | 27 | 85 | Bekzod Abdumoʻminov | 15 | |
2008 | 1 | 11 | 30 | 8 | 9 | 13 | 32 | 48 | 33 | Shahboz Erkinov | 13 | |
2009 | 1st | 16 | 30 | 6 | 6 | 18 | 24 | 66 | 24 | Davron Fayziyev | 6 | |
2010 | 2 | 2 | 30 | 21 | 3 | 6 | 57 | 21 | 66 | 2010 | Bahodir Pardayev | 26 |
2011 | 1 | 16 | 26 | 4 | 5 | 17 | 32 | 51 | 17 | Chorak final | Suhrob Neʼmatov | 7 |
2012 | 2 | 1 | 30 | 22 | 1 | 7 | 71 | 40 | 67 | 2012 | Hurshid Yoʻldoshev | 26 |
2013 | 1 | 10 | 26 | 8 | 4 | 14 | 34 | 54 | 28 | 2013 | Suhrob Berdiyev | 7 |
2014 | 1 | 13 | 26 | 7 | 3 | 16 | 32 | 49 | 24 | 32-raund | Suhrob Berdiyev | 5 |
2015 | 1 | 15 | 30 | 8 | 2 | 20 | 31 | 60 | 26 | Chorak final | Jasur Hakimov | 6 |
2016 | 1 | 10 | 30 | 9 | 7 | 14 | 23 | 41 | 34 | 3-raund | Ixtiyor Toshpoʻlatov | 5 |
2017 | 1 | 13 | 30 | 8 | 7 | 15 | 33 | 51 | 31 | 2017 | Sanjar Rashidov | 14 |
2018 | 1 | 11 | 20 | 6 | 6 | 8 | 18 | 23 | 24 | 16-raund | Nikola Milinković Oybek Nurmatov Shoxruz Norxonov |
4 |
2019 | 1 | 4 | 26 | 11 | 7 | 8 | 29 | 29 | 40 | Chorak final | Shoxruz Norxonov | 9 |
2020 | 1 | 6 | 26 | 10 | 8 | 8 | 34 | 32 | 38 | Round of 16 | Shoxruz Norxonov | 12 |
2021 | 1 | 2 | 26 | 12 | 11 | 3 | 28 | 15 | 47 | Chorak final | Shoxruz Norxonov | 10 |
2022 | 1 | 6 | 26 | 9 | 7 | 10 | 31 | 31 | 34 | Yarim final | Shoxruz Norxonov | 10 |
2023 | 1 | 11 | 26 | 7 | 6 | 13 | 29 | 38 | 27 | Dženan Zajmović | 8 |
Xalqaro Musobaqalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ma'lumotlar 2022-yil 5-oktyabrga oid[2]
Musoboqa | Oʻyin | Gʻ | D | M | UG | OʻG | +/- | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
AFC Cup | 6 | 5 | 1 | 0 | 13 | 3 | +10 | 15 |
Umumiy | 6 | 5 | 1 | 0 | 13 | 3 | +10 | 15 |
Mavsum | Musoboqa | Bosqich | Klub | Uy | Safar | Natija |
---|---|---|---|---|---|---|
2022 | AFC Cup | Group E | Neftchi Qoʻchqor-Ota | 2-0 | 1st | |
SSKA Pomir | 3-2 | |||||
Oltin Asir FK | 3-1 | |||||
Central Asia Zonal final | Xoʻjand | 4-0 | ||||
Inter-zone play-off semi-finals | Eastern Long Lions | 1-0 | ||||
Inter-zone play-off final | Kuala Lumpur City | 0-0 (q.v)
(3–5 p) |
Joriy tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 3-mart 2024-yil holatiga[3]
|
|
U19
[tahrir | manbasini tahrirlash]U21
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stadion
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klubning uy stadioni Jizzax markaziy stadioni hisoblanadi, stadion 1970-yili qurilgan, sigʻimi 9,000 kishiga moʻljallangan.[4] 2012-yili stadion taʼmirlash uchun yopildi. 2013, 2014, 2015 va 2023-yilgi mavsumni Soʻgʻdiyona Zomin stadionida oʻtkazdi. Hozirda jamoa Soʻgʻdiyona stadionida oʻtkazmoqda. 2015-yilda yangilangan „Markaziy“ stadionining qurilish ishlari nihoyasiga yetdi. Stadion nomi „So‘g‘diyona“ sport majmuasiga o‘zgartirildi va 11 650 tomoshabinga mo‘ljallangan. 2015-yil 26-iyun kuni „So‘g‘diyona“ — „Qo‘qon-1912“ o‘rtasidagi liga o‘yini bilan stadion rasman ochildi, bu o‘yinda „So‘g‘diyona“ 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.[5]
Texnik xodimlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Murabbiylar shtabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 15 July 2022
Lavozim | Ism |
---|---|
Bosh murabbiy | Ivan Bošković |
Yordamchi murabbiy | Rade Petrović |
Yordamchi murabbiy | Ulugʻbek Boqiyev |
Darvozabonlar murabbiyi | Mixail Naumov |
Ayollar futboli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy maqola: Soʻgʻdiyona (ayollar futbol klubi)
Klub shuningdek, „Soʻgʻdiyona Jizzax“ deb nomlangan ayollar futbol jamoasini ham tashkil etilgan. 2022-yilgi ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etmdi. Tarixda[6][7] ilk bor Oʻzbekiston nomidan finalda qatnashdi va chempionlikni qoʻlga kiritdi.[8]
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- SSSR ikkinchi futbol ligasi
- Champions: 1979
- O‘zbekiston SSR chempionati
- Champions: 1972
- Oʻzbekiston Superligasi 2-oʻrin (1):
- Oʻzbekiston Superligasi 3-oʻrin (1):
- Birinchi liga (3):
- Birinchi liga 2-oʻrini (1):
Boshqaruv tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bosh murabbiylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sovet Ittifoqi Nikolay Mednix (1973)[9]
- Sovet Ittifoqi Yevgeniy Valitskiy (1974)
- Sovet Ittifoqi Vitaliy Suyunov (1974)
- Sovet Ittifoqi Oleg Bugayev (1975—1977)
- Sovet Ittifoqi Viktor Borisov (1979)
- Sovet Ittifoqi Axrol Inoyatov (1980—1981)
- Sovet Ittifoqi Aleksey Mamikin (1982)
- Sovet Ittifoqi Viktor Tixonov (1983)
- Sovet Ittifoqi Gennadiy Krasnitskiy (1984—1985)
- Sovet Ittifoqi/ UZB Sergey Dotsenko (1986)
- Sovet Ittifoqi Yuriy Xristoforidi (1987—1989)
- Sovet Ittifoqi Suyun Murtazayev (1989)
- Sovet Ittifoqi/ UZB Sergey Dotsenko (1990)
- Sovet Ittifoqi Yuriy Xristoforidi (1991—1992)
- Sovet Ittifoqi Viktor Borisov (1992—1994)
- UZB Baxtiyor Gʻofurov (1995—1996)
- UZB Rauf Inileyev (1997—2000)
- UZB Baxtiyor Gʻofurov (2003)
- UZB Suyun Murtazayev (2004—2006)
- UZB Furqat Esonboyev (2007—2009)
- UZB Oleg Tyulkin (2009)
- UZB Rauf Inileyev (2010—2011)
- UZB Murod Otajonov (2011)
- UZB Davron Fayziyev (2012—2017)[10]
- UZB Furqat Esonboyev (2014)
- UZB Igor Shkvirin (2017)[11]
- UZB Aleksandr Mochinov (2018)[12][13]
- UZB Sergey Lushan (2018—2019)[14]
- UZB Ulugʻbek Baqoev (2019—2022)[15][16]
- UZB Yorqin Nazarov (2022—2023)[17]
- UZB Ivan Bošković (2023—)
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Согдиана—Transfermarkt“. 2021-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-noyabr.
- ↑ „ОФК Кубоги. Норхоновнинг голи "Сўғдиёна"ни ҳудудлараро финал босқичига олиб чиқди“ (6 сентябрь 2022). 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentyabr 2022-yil.
- ↑ „Soʻgʻdiyona tarkibi“. pfl.uz. 2024-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-mart 2024-yil.
- ↑ „Центральный (Джизак)“ (ruscha). allstadiums.ru. 30-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „ru:Генсек ФФУ принял участие в открытии нового стадиона в Джизаке“ (ru). sports.uz (2015-yil 25-iyun). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-iyun.
- ↑ „Аёллар бўйича Осиё чемпионати. "Сўғдиёна-W" мусобақа финалига йўл олди“ (23 август 2022). 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentyabr 2022-yil.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2022-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
- ↑ „AFC Women's Club Championship. "Сўғдиёна-W" Эрон жамоасини енгиб, Ғарбий минтақа ғолибига айланди“ (23 авг 2022). 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentyabr 2022-yil.
- ↑ „Информация о тренерах футбольного клуба «Согдиана» на сайте footballfacts.ru“. 2017-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-fevral.
- ↑ „Fayziev 5 yillik faoliyatdan so'ng "So'g'diyona"ni tark etdi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
- ↑ „Rasman: Igor SHkvirin “So'g'diyona” bosh murabbiyi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
- ↑ „Rasman! Aleksandr Mochinov "So'g'diyona" bosh murabbiyi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
- ↑ „FAKT! Mochinov "Buxoro" bilan qilgan ishini "So'g'diyona" bilan ham takrorladi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
- ↑ „Rasman. Sergey Lushan - "So'g'diyona" bosh murabbiyi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
- ↑ „Расмий хабар: Улуғбек Бақоев - "Сўғдиёна" бош мураббийи“ (21 апр 2019). 2022-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-sentyabr 2022-yil.
- ↑ „"So'g'diyona"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
- ↑ „Ёрқин Назаров - «Сўғдиёна» бош мураббийи“. 2022-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2022-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- PFL.uz (Wayback Machine saytida 2021-07-14 sanasida arxivlangan) Oʻzbekiston Professional futbol ligasi saytida jamoa profili
- Soʻgʻdiyona FK veb-sayti (Wayback Machine saytida 17-dekabr 2014-yil sanasida arxivlangan)
- Transfermarkt.com
- Footballfacts.ru