Osiyo oʻyinlari
Osiyo Oʻyinlari (Asiad ham deyiladi) har toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan sport oʻyinlari musobaqalaridir. Bunda faqatgina Osiyo davlatlari ishtirok qilishadi.
Osiyo oʻyinlari - Osiyo qitʼasining nufuzli sport musobaqalari. 4 yilda 1-marta oʻtkaziladi. Osiyo Olimpiada kengashi 1949-yil 13 fevralda asos solgan va musobaqalarni oʻtkazuvchi O.oʻ. federatsiyasini tashkil etgan. Uning nizomi Olimpiada oʻyinlari gʻoyalari asosida tuzilgan. Har bir davlat O.oʻ.ning qaysi turlarida ishtirok etishini oʻzi belgilaydi, lekin vakillari tarkibi tashkiliy qoʻmita va Osiyo Olimpiada kengashi belgilagan sondan oshib ketmasligi kerak. O.oʻ. da voleybol, futbol, yengil atletika, suzish kabi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kirgan sport turlari hamda muaytay, sepak tekrav singari milliy sport turlari boʻyicha musobaqalar uyushtiriladi. O.oʻ. dasturiga biror milliy sport turini kiritish uchun bu tur qitʼaning kamida 6 ta davlatida ommalashgan boʻlishi va kamida 4 mamlakatdan shu tur boʻyicha sportchilar ishtirok etishi zarur.
Oʻzbekiston sportchilari O.oʻ.ga 1994-yildan qatnashadi. Sportchilarimiz O.oʻ.ning 100 dan ortiq medallari bilan takdirlanishdi (2002), ulardan 31 tasi oltin medaldir. Baydarkachi Ivan Kireyev (1994) 3 bor, gimnastikami Oksana Chusovitina (2002) va bokschi Sergey Mixaylov (1998, 2002) 2-martadan O.oʻ. chempioni boʻldi. Oʻzbekiston futbol terma jamoasi 1994-yilda Xirosi-mada qitʼa chempioni unvonini qoʻlga kiritdi.
O.oʻ. qitʼa davlatlarida milliy sport turlarining keng ommalashishiga yordam berayapti. 2006-yilda Doʻhada boʻladigan O.oʻ. dasturiga oʻzbek kurashi musobaqalari ham kiritildi.
Osiyo uyinlariSanasi Oʻtkazilgan joyi1951 Dehli Hindiston)1954 Manila (Filippin)1958 Tokio (Yaponiya)1962 Jakarta (Indoneziya)1966 Bangkok (Tailand)1970 Bangkok (Tailand)1974 Tehron (Eron)1978 Bangkok(Tailand)1982 Dehli (Hindiston)1986 Seul (Janubiy Koreya)1990 Pekin (Xitoy)1994 Xirosima (Yaponiya)1998 Bangkok(Tailand)2002 Pusan (Jan.Koreya)[1]
Osiyo oʻyinlari — kompleks sport oʻyinlari boʻlib, oʻzida, Osiyo mamlakatlari va xalqlarining oʻzaro birligini mustahkamlash, oʻzaro hurmat va hamkorlikni oshirish, yoshlar oʻrtasida Olimpiya harakati targʻiboti, jismoniy maʼdaniyat va sportni ommalashtirishni oʻzida mujassamlashtirgan holda, 1951-yildan beri oʻtqazib kelinadi. Osiyo oʻyinlari Xalqaro Milliy Olimpiya Qoʻmitasi va Osiyo Olimpiya Kengashi rahnamoligida toʻrt yilda bir marotaba — Olimpiya oʻyinlaridan ikki yil oldin oʻtqaziladi. 18-Oʻyinlari tartib boʻyicha 2018-yili oʻtkazilishi darkor edi. Osiyo Olimpiya Kengashining 2009-yil, 3-iyulida Singapurda boʻlib oʻtgan Bosh Assamblyasida, Osiyo oʻyinlarni, Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan 1 yil oldin oʻtkazish maqsadga muoffiq deb eʼtirof etilgan.[1]
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Osiyo oʻyinlarining asos solinishiga 1913-yildan 1934-yilgacha Xitoy, Yaponiya va Filippin vakillari ishtrok etgan Uzoq Sharq mamlakatlari chempionati sabab boʻldi. 14-Olimpiada oʻyinlari (1948-yil) paytida Londonda, Osiyo mamlakati qatnashchilari Osiyo oʻyinlari sport assotsiatsiyani tashkil etish borasida kelishuvga erishishdi. 1949-yil Nyu-Delida boʻlib oʻtgan assambleniyada Osiyo oʻyinlari Federatsiyasi tuzildi va 1951-yil Nyu-Delida birinchi Osiyo oʻyinlari boʻlib oʻtishligi haqida qaror qabul qilindi. 1982-yili Osiyo oʻyinlari Federatsiyasi XOQ eʼtirofiga sazovor boʻldi. 1982-yil 16-noyabrda Nyu-Delida boʻlib oʻtgan Bosh Assambleyada qitaʼdagi sport tashkiloti oʻz nomini — Osiyo Olimpiya Kengashi — deb oʻzgartirdi.
Osiyo oʻyinlari dasturi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Osiyo oʻyinlari dasturiga quyidagi sport turlari kiritilgan:
- Akademik greblya
- Yengil atletika
- Badminton
- Basketbol
- Beysbol
- Boks
- Kurash
- Velosport
- Suv sporti turlari
- Voleybol
- Gandbol
- Gimnastika
- Golf
- Baydarka va kanoeda eshkak eshish
- Dzyudo
- Kabaddi
- Karate
- Ot sporti
- Kriket
- Stol tennisi
- Yelkanli sport
- Penchak silat
- Regbi
- Sepaktakrav
- Skvosh
- Zamonaviy beshkurash
- Softbol
- Soft-tennis
- Oʻq otish
- Kamondan oʻq otish
- Taekvondo
- Tennis
- Triatlon
- Ogʻir atletika
- Ushu
- Qilichbozlik
- Futbol
- Xokkey
Osiyo oʻyinlari mashstabi (sport, musobaqa turlari boʻyicha) XX asrning 50-yillardanoq xalqaro talablarga javob bera boshlagan. Misol tariqasida 1986-yil Seulda oʻtqazilgan Osiyo oʻyinlarida 25 sport turi boʻyicha, 269 ta musobaqani keltirib oʻtishimiz mumkin. Pekinda boʻlib oʻtgan 11- Osiyo oʻyinlarda, medallar uchun kurashish 27 sport turi boʻyicha, 310 ta musobaqa turlariga oshdi. 2002-yil Pusanda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida sportchilar 38 sport turi boʻyicha, 419 ta baxslarda ishtrok etishdi. Eng koʻp dastur 2010-yili Guanjou(Xitoy)da qayd etildi. Sportchilar 42 sport turi boʻyicha, 476 ta musobaqada bahslashishdi.
Osiyo oʻyinlari ro'yxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | O'yinlar | Mezbon | O'yin bo'lib o'tgan muddat | Mamlakat | Ishtrokchi | Sport turlari | Musobaqalar | Manba |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1951 | Hindiston Nyu Deli | Mart 4–11 | 11 | 489 | 6 | 57 | [2] | |
1954 | Filippin Manila | May 1–9 | 19 | 970 | 8 | 76 | [3] | |
1958 | Yaponiya Tokyo | May 28 – Iyun 1 | 16 | 1,820 | 13 | 97 | [4] | |
1962 | Indoneziya Jakarta | Avgust 24 – Sentabr 4 | 12 | 1,460 | 13 | 88 | [5] | |
1966 | Tailand Bangkok | Dekabr 9–20 | 16 | 1,945 | 14 | 143 | [6] | |
1970 | Tailand Bangkok | Dekabr 9–20 | 16 | 2,400 | 13 | 135 | [7] | |
1974 | Eron Tehron | Sentabr 1–16 | 19 | 3,010 | 16 | 202 | [8] | |
1978 | Tailand Bangkok | Dekabr 9–20 | 19 | 3,842 | 19 | 201 | [9] | |
1982 | Hindiston Nyu Deli | Noyabr 19 – Dekabr 4 | 23 | 3,411 | 21 | 147 | [10] | |
1986 | Koreya Respublikasi Seul | Sentabr 20 – Octyabr 5 | 27 | 4,839 | 25 | 270 | [11] | |
1990 | Xitoy Pekin | Sentabr 22 – Octyabr 7 | 36 | 6,122 | 29 | 310 | [12] | |
1994 | Yaponiya Hiroshima | Octyabr 2–16 | 42 | 6,828 | 34 | 337 | [13] | |
1998 | Tailand Bangkok | Dekabr 6–20 | 41 | 6,554 | 36 | 376 | [14] | |
2002 | Koreya Respublikasi Pusan | Sentaybr 29 – Octyabr 14 | 44 | 7,711 | 38 | 419 | [15] | |
2006 | Qatar Doha | Dekabr 1–15 | 45 | 9,520 | 39 | 424 | [16] | |
2010 | Xitoy Guanjou | Noyabr 12–27 | 45 | 9,704 | 42 | 476 | [17] | |
2014 | Koreya Respublikasi Incheon | Sentabr 19 – Octyabir 4 | Kelajakdagi musobaqa | |||||
2018 | Indoneziya Jakarta-Palembang | Kelajakdagi musobaqa | ||||||
2022 | Xitoy Hangzhou | Kelajakdagi musobaqa |
Boshqa Osiyo o'yinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi kunda Osiyo Olimpiya Kengashi bayrogʻi ostida nafaqat yozgi va qishki Olimpiya oʻyinlari, shu bilan birga quyudagi bahslar ham oʻtkazilmoqda:
1.Jangovor sanʼat va yopiq inshoatlarda oʻtkaziladigan Osiyo oʻyinlari
2013-yildan eʼtiboran "Yopiq inshoatlardagi Osiyo oʻyinlari" va "Jangovor sanʼat boʻyicha Osiyo oʻyinlari"ni bitta musoboqaga — "Jangovor sanʼat va yopiq inshoatlarda oʻtkaziladigan Osiyo oʻyinlari"ga birlashtirgan holda toʻrt yilda bir marotaba oʻtkaziladigan bo'ldi.
Bu oʻyinlar dasturiga yozgi va qishki Osiyo oʻyinlari va Olimpiada oʻyinlariga kiritilmagan sport turlarini oʻz ichiga qamrab oladi. IV Jangovor sanʼat va yopiq inshoatlarda oʻtkaziladigan Osiyo oʻyinlari 2013-yil Incheon (J.Koreya)da boʻlib oʻtsa, 2017-yil Turkmaniston poytaxti Ashxabodda navbat boʻyicha V oʻyinlar boʻlib oʻtadi. Dastur, quyida koʻrsatilgan yopiq inshoatlardagi sport turlari boʻyicha 6 tadan kam boʻlmagan va jangovor sanʼat boʻyicha 2 ta sport turidan kam boʻlmagan sport turlarini oʻz ichiga qamrab olishi darkor.
Yopiq inshoatlardagi sport turlari:
- Akrobatika
- aerobika
- yengil atletika
- bilyard
- bouling
- bridj
- shaxmat
- velosport
- sport raqsi
- „ajdarho va sher raqsi“ musobaqasi
- kibersport
- sportning ekstremal turlari
- futzal
- xokkey
- 25 metr masofaga suzish.
Jangovor sanʼat boʻyicha sport turlari:
- Karate
- Muaytay
- Djiu-djitsu
- Kikboksing
- Kurash
- penchak silat
2.Sohil sport turlari boʻyicha Osiyo oʻyinlari
3.Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlari
Oʻzbekiston barcha Osiyo oʻyinlarida 1994-yildan beri ishtrok etib kelmoqda.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- www.olympic.uz (Wayback Machine saytida 2012-11-27 sanasida arxivlangan)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „1st AG New Delhi 1951“. OCA. 2011-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-iyul.
- ↑ „2nd AG Manila 1954“. OCA. 2011-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-iyul.
- ↑ „3rd AG Tokyo 1958“. OCA. 2010-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-iyul.
- ↑ „4th AG Jakarta 1962“. OCA. 2010-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-iyul.
- ↑ „5th AG Bangkok 1966“. OCA. 2010-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-iyul.
- ↑ „6th Asian Games Bangkok 1970“. OCA. 2010-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-iyul.
- ↑ „7th AG Tehran 1974“. OCA. 2011-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-iyul.
- ↑ „8th AG Bangkok 1978“. OCA. 2010-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-iyul.
- ↑ „9th AG New Delhi 1982“. OCA. 2010-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-iyul.
- ↑ „10th AG Seoul 1986“. OCA. 2010-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-iyul.
- ↑ „11th AG Beijing 1990“. OCA. 2010-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-iyul.
- ↑ „12th AG Hiroshima 1994“. OCA. 2010-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-iyul.
- ↑ „13th AG Bangkok 1998“. OCA. 2010-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-iyul.
- ↑ „14th AG Busan 2002“. OCA. 2011-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-iyul.
- ↑ „15th AG Doha 2006“. OCA. 2010-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-iyul.
- ↑ „16th AG Guangzhou 2010“. OCA. Qaraldi: 2010-yil 29-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikipediyada «Sport» loyihasi bor |
- Asian Games(ingl.)
- Азиатские игры(rus.)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |