FarDU (futbol klubi)
![]() | |
Toʻliq nomi | Fargʻona davlat universiteti futbol klubi |
---|---|
Laqabi | Talabalar |
Asos solingan | 2024-yil |
Sigʻimi | Fargʻona stadioni |
Joylashuv koordinatalari | 4,000 |
Egasi | Fargʻona davlat universiteti |
Prezident | Bahodirjon Shermuhammadov |
Bosh murabbiy | Sergey Lebedev |
Liga | Oʻzbekiston Pro ligasi |
FarDU futbol klubi – Fargʻona shahridagi, Fargʻona davlat universiteti futbol klubi. Klub 2024-yilda tashkil etilgan. 2024-yildan Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etmoqda.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]FarDU klubi professional jamoa sifatida 2024-yilda tashkil etilgan. Bundan avval ham klub faoliyat olib borgan boʻlsada, asosan havaskorlar darajasidagi Oʻzbekiston ikkinchi ligasi hududiy bosqichi, Fargʻona viloyati chempionatida ishtirok etgan[1][2][3][4]. Jamoa bir necha necha bor hududiy bosiqchni muvaffaqiyatli yakunlab, Oʻzbekiston ikkinchi ligasi oʻtish bosqichiga qadar yetib borgan[5]. 2023-yilgi Oʻzbekiston ikkinchi ligasi hududiy bosiqchda gʻoliblik qoʻlga kiritgan[6] va Birinchi liga oʻtish bosqichida muvaffaqiyatli oʻtkazib Oʻzbekiston Birinchi ligasiga yoʻllanma olgan[7].
2024-yilgi mavsumda klub Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etgan va mavsum yakunida uchinchi oʻrinni egallagan[8]. 2025-yilgi mavsum oldidan OʻzPFL klubning litsenziyalarish talablariga javob berishini va 2025-yilgi Oʻzbekiston Pro ligasi turnirida ishtirok etishini tasdiqlagan[9]. FarDU klubi Oʻzbekiston Pro ligasi ishtirok etishi natijasida Oʻzbekistondagi professional turnirlarida ishtirok etadigan ilk professional Oliy taʼlim jamoasiga aylandi.
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston ikkinchi ligasi: Fargʻona viloyati chempionati gʻolibi: 2016[10], 2023[11]
- Oʻzbekiston Birinchi ligasi oʻtish turnirida uchinchi oʻrin: 2023[12]
- Oʻzbekiston Birinchi ligasi uchinchi oʻrin: 2024[8]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „FOTOGALEREYA. Pulka. "Lokomotiv-BFK" - "FarDU-Futbol info".“ (2015-yil 7-dekabr).
- ↑ „"Hokim kubogi": "Qo'qon-1912-1" - "FarDU-Futbol info" 4:1.“ (2015-yil 30-yanvar).
- ↑ „Farg'ona davlat universitetining "FarDU" klubi mavsumoldi taqdimot marosimini o'tkazdi.“ (2021-yil 28-may).
- ↑ „Farg'ona viloyati birinchiligi: "FarDU" - "Yozyovon-Lochinlari" uchrashuvida durang natija qayd etildi.“ (2019-yil 16-iyul).
- ↑ „Pulka o'yinlari. "Guliston-2022" chorak finalda g'alaba qozondi.“ (2022-yil 10-dekabr).
- ↑ „Farg'ona davlat universitetining "FarDU" klubini chempionlik kubogi bilan taqdirlash marosimi o'tkazildi.“ (2020-yil 28-noyabr).
- ↑ „Farg'ona davlat universitetining "FarDU" klubi Birinchi liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi.“ (2023-yil 20-dekabr).
- ↑ 8,0 8,1 „"FarDU" ilk ishtirokidayoq Birinchi ligada 3-o'rinni band etdi.“ (2024-yil 8-noyabr).
- ↑ „FarDU yangi mavsumni Proligada o‘tkazadi.“ (2025-yil 4-yanvar).
- ↑ „“FarDU” – Farg'ona viloyati chempioni!.“ (2016-yil 7-noyabr).
- ↑ „Farg'ona davlat universitetining "FarDU" klubini chempionlik kubogi bilan taqdirlash marosimi o'tkazildi.“ (2023-yil 28-noyabr).
- ↑ „Farg'ona davlat universitetining "FarDU" klubi Birinchi liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi.“ (2023-yil 20-dekabr).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- FarDU (futbol klubi) OʻzPFL saytida
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |