Kirov viloyati
Rossiya Federatsiyasi subyekti | |
Кировская область Kirov viloyati | |
---|---|
Kirov viloyati bayrogʻi | Kirov viloyati gerbi |
Administrativ markaz | Kirov |
Maydon | 120 374 km² (30-chi) |
- suv qismi | 0,5% |
Aholi | 1 319,4 ming kishi (32-chi) |
- maʼlumot olingan vaqt | 2013 |
- zichlik | 10,96 kishi / km² |
YaIM | 166,2 mlrd rub. (50-chi) |
- maʼlumot olingan vaqt | 2010 |
- jon boshiga | 107,2 ming rub. |
Federal okrug | Privoljsk |
Iqtisodiy tuman | Privoljsk |
Gubernator | Nikita Belix |
RF subyekti kodi | 43 |
Vaqt mintaqasi | MSK+4 (UTC+8) |
Kirov viloyati - Rossiya Federatsiyasidagi viloyat. 1934-yil 7-dekabrda Kirov oʻlkasi nomi bilan tashkil etilib, 1936-yil 5-dekabrdan viloyatga aylantirilgan. Maydoni 120,8 ming km². Aholisi 1589,4 ming kishi (2000), asosan, ruslar; shuningdek, mari, tatar, udmurt, komilar ham yashaydi. Shaharliklar 71%. 39 tumanga boʻlingan; 18 shahar, 57 shaharcha bor. Markazi – Kirov shahri
Kirov viloyatining yer usti past-balandlik boʻlib, shimolidan jan.ga pasayib boradi. Foydali kazilmalari: temir rudasi, yonuvchi slanetslar, fosforit, torf. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –14°, iyulniki 17°. Yillik yogʻin 500 mm. Vegetatsiya davri 155–170 kun. Asosiy daryosi – Vyatka. Tuproqlari podzol, chimli podzol, unumdor chimli-karbonatli, oʻtloqi, botqoq va kulrang tuproqlar.
Sanoat tarmoqlaridan mashinasozlik, yengil, oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyuloza-qogʻoz sanoati yetakchi oʻrinda. Mashinasozlik sanoatida elektrotexnika buyumlari va koʻtarish-transport jihozlari ishlab chiqariladi. Kirov viloyati yogʻoch, taxta, standart uylar, mebel, changʻi yetkazib beradigan asosiy rayon. Yengil sanoatda mahalliy xom ashyo asosida moʻynali va teri buyumlari tayyorlanadi.
Kirov viloyati sut va goʻsht chorvachiligi, gʻalla, tolali zigʻir va kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramol, choʻchqa, qoʻy, echki, parranda boqiladi. Kirov viloyati, avtomobil yoʻllari bor. Vyatka daryosida kema qatnaydi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |