Kontent qismiga oʻtish

Ruminiyada korrupsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Soʻnggi yillarda Ruminiyada korrupsiya kamaydi[1]. 2014-yildan beri Ruminiya korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha muhim saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, Milliy korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi tomonidan oʻrta va yuqori darajadagi siyosiy, sud va maʼmuriy mansabdor shaxslarni tergov qilish va jinoiy javobgarlikka tortish talablari belgilandi[2]. Korrupsiyaga qarshi kurash milliy boshqarmasi 2002-yilda Ruminiya hukumati tomonidan Norvegiya, Belgiya va Ispaniyadagi oʻxshash tuzilmalardan ilhomlangan tashkilot modelidan foydalangan holda oʻrta va yuqori darajadagi korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilish va taʼqib qilish uchun tashkil etilgan[3][4]. AQShning Ruminiyadagi elchisi Adrian Sukerman 2021-yilda „Ruminiyada qonun ustuvorligi mustahkamlangani“ni aytdi[5]. 2022-yildan boshlab yuqori darajadagi korrupsiyani tergov qilish va jazolash samaradorligi, shu jumladan protsessual sabablarga koʻra yillar davomida koʻrib chiqilayotgan ishlarni ilgari surish orqali yanada yaxshilandi[6].

2013—2018-yillarda Ruminiya korrupsiya holatlariga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borilgani uchun Ruminiya prokurori Laura Kodruta Kovesi birinchi Yevropa bosh prokurori etib tayinlandi.

1989-yilda kommunistik rejim qulagandan soʻng, Ruminiya oʻzini Yevropa Ittifoqi standartlariga yetkazish uchun bir qator sud-huquq islohotlarini amalga oshirdi. Masalan, 2002-yilda Korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha Milliy boshqarmasi tashkil etilgan boʻlib, u yuqori darajadagi korrupsiya ishlarini taʼqib qiladi. Yevropa Ittifoqiga kirganidan beri Ruminiya davlat sektorida shaffoflik va hisobdorlikni yaxshiladi, lekin zaif tomonlari saqlanib qolgan[7].

2012-yilda Yevropa Komissiyasi qonun ustuvorligi borasida xavotirlarini bildirib, Bosh vazir Viktor Ponta va Prezident Trayan Basesku oʻrtasidagi hokimiyat uchun kurashdan tashviahlandi. U esa 2012-yilgi siyosiy inqirozga sabab boʻldi[8][9]. Komissiya, shuningdek, Ruminiyani davlat muassasalaridagi korrupsiyani yoʻq qila olmagani uchun tanqid qildi[10]. Bir yil o‘tib, Deputatlar palatasi Jinoyat kodeksiga bir qancha munozarali tuzatishlarni parlament muhokamasisiz qabul qildi. Jumladan, mamlakat prezidenti, senatorlar, quyi palata aʼzolari, shuningdek, advokatlar endi „davlat amaldori“ hisoblanmaydi[11][12]. Natijada, bu shaxslar mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish, poraxoʻrlik, manfaatlar toʻqnashuvi va boshqa korruptsion jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilmasdan, noqonuniy manfaatlarda ishtirok etishlari mumkin[13]. Tuzatishlar Ruminiya muxolifat partiyalari va Yevropa yetakchilari tomonidan keskin tanqid qilindi[14]. Natijada Ruminiya Konstitutsiyaviy sudi bu harakatni konstitutsiyaga zid deb topdi[15]. Jinoyat kodeksiga taklif qilingan oʻzgartirishlar 2017-yilda keng koʻlamli fuqarolik namoyishlari tufayli nihoyat bekor qilindi.

2014-yildan buyon Korrupsiyaga qarshi kurash milliy boshqarmasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash boshlandi. Kurash natijasi davlat, biznesdagi ko‘plab yuqori martabali amaldorlar, shuningdek, sudyalar va prokurorlarning hibsga olinishiga olib keldi[16].

Ruminiya 2016 yilda davlat xaridlarini takomillashtirish va shaffofroq qilish uchun yangi qonunlarni qabul qilish orqali Yevropa Ittifoqining davlat xaridlari boʻyicha qayta koʻrib chiqilgan direktivalarini amalga oshirdi[17]. Davlat xaridlari milliy agentligi (ANAP) xaridlar ustidan umumiy nazoratga ega va qonun loyihasini ishlab chiqishi mumkin. Ammo xaridlar bo‘yicha qarorlar xarid qiluvchi tashkilotlarda qoladi. Davlat tashkilotlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi fondlarining davlat va xususiy benefitsiarlari qonun bo‘yicha davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilishlari va elektron xaridlar tizimidan foydalanishlari shart. Sohaviy xaridlar, shu jumladan energetika va transport sohasidagi xususiy kompaniyalar elektron xaridlar veb-sayti orqali davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunlar va tenderga rioya qilishlari shart. 2021-yil aprel oyidagi Yevropa Ittifoqining Ruminiya uchun mamlakat hisobotida innovatsiyalarga asoslangan davlat xaridlari yechimlarini amaliy qoʻllash muammo boʻlib qolayotganini taʼkidladi[17].

2022-yil mart oyi holatiga ko‘ra, Ruminiya 2020—2022-yillarga mo‘ljallangan harakat rejasidan 12 ta majburiyatni amalga oshirdi. Ushbu harakat rejasida fuqarolik maydoni, ishtirok etish, maslahatlashuvlar, ijtimoiy xizmatlar, korrupsiyaga qarshi kurash, fiskal shaffoflik, adolat va halollik, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy javobgarlik, byurokratiklikni yoʻqotish va ochiq maʼlumotlar bilan bogʻliq majburiyatlar mavjud edi[17].

Transparency International yillik korrupsiyani idrok etish indeksiga koʻra, 2021-yil holatiga koʻra, Ruminiya Vengriya va Bolgariyani ortda qoldirib, 66-oʻrinni egalladi[18]. 2020-yilda Ruminiya 180 mamlakat ichida 69-oʻrinni egalladi (Senegal va Vengriya bilan bir qatorda). 2018-yilda 70-o‘rindan yuqoriga ko‘tarildi va Yevropa Ittifoqida korrupsiya bo‘yicha mos ravishda Bolgariya va Vengriyadan keyingi o‘rinni egalladi[19]. 2014-yilgi Yevropa Ittifoqining Korrupsiyaga qarshi hisobotida ruminiyaliklarning 57 foizi korrupsiyani shaxsan guvohi bo‘lishganini aytganlar[20].

Transparency International (Wayback Machine saytida 2020-05-07 sanasida arxivlangan) maʼlumotlariga koʻra, Ruminiya hozirda korrupsiya boʻyicha 180 mamlakat orasida 70-oʻrinni egallab turibdi va 100 balldan 44 ball (0 ball toʻliq korrupsiyalashgan va 100 ball toza) ga javob bergan.

  1. „Extent of public corruption in Romania“.
  2. „2015 Investment Climate Statement - Romania“. The US Department of State. The US Department of State. Qaraldi: 2015-yil 17-avgust.
  3. http://www.pna.ro/about_us.xhtml
  4. „PROFILES: ROMANIA | ANTI-CORRUPTION AUTHORITIES“. 2016-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Meeting with Justice Minister Stelian Ion“ (2021-yil 16-yanvar).
  6. https://eur-lex.europa.eu/legal-content/EN/TXT/?qid=1658828718680&uri=CELEX%3A52022DC0500
  7. „Romania praised again in EU justice monitoring report but weaknesses remain“ (en-GB). EURACTIV.com (2017-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 13-noyabr.
  8. Andrew Gardner, Toby Vogel. „Romanian power struggle alarms Europe's leaders“. European Voice (2012-yil 11-iyul).
  9. Sam Cage, Luiza Ilie. „Populism takes spotlight in Romania power struggle“. Reuters (2012-yil 22-noyabr).
  10. „EU Commission chides Romania over state corruption“. BBC News (2012-yil 18-iyul).
  11. Raluca Besliu. „Legally corrupt: Romanian politicians chase 'super-immunity'“. Aljazeera (2014-yil 18-yanvar).
  12. „Transparency International Romania statement on recent immunity decision by Chamber of Deputies“. Transparency International (2013-yil 12-dekabr). 2022-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-dekabr.
  13. Valentina Pop. „Romanian MPs decriminalise political corruption“. EUobserver (2013-yil 11-dekabr).
  14. Luiza Ilie. „Romania parliament boosts criminal immunity, may irk EU“. Reuters (2013-yil 22-yanvar).
  15. Wendy Zeldin. „Romania: Court Finds Immunity Law Unconstitutional“. Library of Congress (2014-yil 23-yanvar).
  16. „Romania anti-sleaze drive reaches elite“. BBC News (2015-yil 19-fevral).
  17. 17,0 17,1 17,2 „Romania“.
  18. „2021 Corruption Perceptions Index - Explore the results“.
  19. „Corruption Perceptions Index 2020“. Transparency International. 2021-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-sentyabr.
  20. EU Anti-Corruption Report