Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekistonda korrupsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Korrupsiya – Oʻzbekistonda jiddiy muammo. Korrupsiyaning oldini olish boʻyicha qonunlar mavjud, ammo korrupsiyaga oid qonunlarning ijrosi juda zaif. Korrupsionerlarning jinoiy javobgarlikka tortilish darajasi pastligi Oʻzbekistonda korrupsiyaning avj olishiga sabab boʻlmoqda. Nodavlat sektordagi mansabdor shaxsning davlat mansabdor shaxsi ixtiyoriga taʼsir qilishi jinoiy javobgarlikka sabab boʻlmaydi. Sud tizimi cheklangan resurslar va korrupsiya tufayli jiddiy funksional kamchiliklarga duch kelmoqda[1].

Oʻzbekistonda korrupsiya jamiyat, biznes va hukumatning deyarli barcha qatlamlarida mavjud. Oʻzbekiston dunyodagi eng korrupsiyalashgan mamlakatlardan biridir[2].

Transparency International xalqaro tadqiqotlar markazining 2021-yilgi korrupsiyani idrok etish indeksida Oʻzbekiston 180 mamlakat ichidan 140-oʻrinni qayd etdi. Bu reytingda 180-oʻrinni egallagan davlat eng korrupsiyalashgan davlat deb hisoblanadi[3].

„Quyi va oʻrta darajadagi amaldorlar oʻrtasidagi poraxoʻrlik kundalik hayotning bir qismidir va baʼzan hatto oshkoradir“, deb taʼkidlaydi Freedom House[4].

Amnesty International tashkilotining 2015-yildagi hisobotida „Oʻzbekistonda korrupsiya hamma joyda tarqalgan saraton kabi“ ekani aytiladi[5].

Hukumatdagi korrupsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poraxoʻrlik, qarindosh-urugʻchilik va tovlamachilik holatlari Oʻzbekiston davlat sektorida keng tarqalgan[6].

Birinchi Prezident Islom Karimov

Oʻzbekistonlik rassom Vyacheslav Oxunov 2015-yilda Der Spiegel nashriga bergan intervyusida Oʻzbekistonning oʻsha paytdagi prezidenti Islom Karimovni „diktator“ deb atagan va chorak asr davomida Oʻzbekistonni temir musht bilan boshqarganlikda, „Xitoydan koʻra Shimoliy Koreyaga koʻproq oʻxshash“ tuzumni shakllantirganlikda ayblagandi[7][8].

„Freedom House“ tashkiloti taʼkidlashicha, Karimovning amalda mutlaq hokimiyati unga oʻz mamlakatidagi faoliyatning har bir sohasini shaxsiy manfaati yoʻlida ishlatish imkonini bergan[9].

Prezident lavozimida vafot etganidan keyin ham Karimovning taʼsiri oʻzining munosib vorisi, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga meros boʻlib qoldi. Bu mas’uliyatni Senat raisi Konstitutsiyadan ochiqdan-ochiq eʼtiborsiz qoldirdi.

Gulnora Karimova va korrupsiya mojarosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prezidentning qizi Gulnora Karimova (prezidentning oʻzi kabi) yirik korrupsiyaga aloqador boʻlgan[10]. Shveysariyada 2012-yilda boshlangan jinoiy tergov dastlab Karimova bilan aloqasi boʻlgan toʻrt nafar Oʻzbekiston fuqarosiga qarshi qaratilgan edi. Ulardan ikki nafari oʻsha yili hibsga olinib, garov evaziga qoʻyib yuborilgan[11]. Shuningdek, 2012-yilda Shvetsiya televizion hujjatli filmida Shvetsiyaning TeliaSonera AB telekommunikatsiya kompaniyasi Karimovaga aloqadorligi aytiladigan „Takilant“ shirkatiga Oʻzbekistondagi litsenziyalar va chastotalarni berish evaziga 320 million dollar pora bergani aytilgan edi[12].

2013-yil yanvarida Shvetsiya tergovchilari TeliaSonera Karimova bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara olib borishga uringanini koʻrsatuvchi yangi hujjatlarni eʼlon qildi[13][14]. Oʻsha yili AQSh va Niderlandiya rasmiylari Karimovaga nisbatan tergov ishlarini boshlagan[15].

Gulnora Karimova

2014-yilning fevralida TeliaSonera bosh ijrochi direktori tegishli ekspertiza natijasida jiddiy nosozliklar fosh etilganidan soʻng isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi. May oyida Shvetsiya matbuoti Karimova TeliaSonera shartnomasi shartlarini tajovuzkor tarzda bekor qilgani va unga toʻsqinlik qilish bilan tahdid qilgani haqidagi hujjatlarni ommaga eʼlon qildi. Shveysariya va Shvetsiyada pul yuvish bilan bogʻliq tergov yil davomida davom etdi va bu ish bilan bogʻliq yuzlab million dollarlar rasmiylar tomonidan muzlatib qoʻyildi[16][17].

2014-yil mart oyida Shveysariya rasmiylari Karimovaga nisbatan pul yuvish boʻyicha tergov boshladi. Bern prokurorlari dalillar Shvetsiya va Fransiyaga nisbatan tergovga sabab boʻlganini va ular „800 million Shveysariya frankidan (912 million dollar) ortiq mablagʻni musodara qilishganini aytishdi[18]“. Shveysariyaning Le Temps gazetasiga koʻra, musodara qilingan mablagʻlarning 500 million frankiga TeliaSonera, qolgan qismi esa „Karimovaning shaxsiy aktivlariga tegishli“[19][18].

2014-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari Adliya vazirligi (DOJ) hamda Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasi (SEC) TeliaSonera hamda Amsterdamda joylashgan Vimpelcom Ltd. va Rossiyaning Mobile TeleSystems PJSC (MTS) firmasini ushbu uch firmaga tegishli gumon bilan tekshirgan edi. Karimova nazoratidagi firmalarga yuzlab million dollar oʻtkazgan. 2015-yil avgust oyidagi hisobotda aytilishicha, AQSh prokuraturasi Irlandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Shvetsiya va Shveysariya rasmiylaridan oʻz tergovi munosabati bilan taxminan 1 milliard dollarlik aktivlarni hibsga olishni soʻradi[20]. Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi 2015-yil yanvar oyida Vimpelcom’ning uchdan bir qismiga egalik qiluvchi Norvegiyaning Telenor telekom shirkati rahbarlari millionlab poraxoʻrlik haqida maʼlumotga ega boʻlganini xabar qilgan edi[21].

2015-yil mart oyida DOJ Shvetsiyadan Stokgolmda joylashgan Nordea Bankning 30 million dollarlik mablagʻlarini muzlatib qoʻyishni soʻradi[22]. DOJ tekshiruvi firmalar „Oʻzbekistonda uyali aloqa biznesini qoʻlga kiritish uchun Oʻzbekiston rasmiylariga pora berganini“ aniqladi[22]. Yevropalik tergovchilar Takilantni Karimovaning sobiq yordamchisi boshqarganini aniqladi[22].

2015-yil iyul oyidagi hisobotda AQSh rasmiylari Irlandiya, Lyuksemburg va Belgiyadagi bank hisoblaridagi 300 million dollarni musodara qilmoqchi ekani, bu mablagʻlar Karimovaga berilgan pora boʻlganini iddao qilgani aytilgan edi[23][24].

2015-yil avgust oyida Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi Oʻzbekiston rasmiylari tergovga aloqadorlikda gumon qilinayotgan toʻqqiz nafar shaxsni, jumladan, Oʻzbekistonda Karimovaga tegishli boʻlgan Coca-Cola zavodining ikki top-menejerini hibsga olgani haqida xabar bergan edi[25].

Saylovlardagi korrupsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Oʻzbekistonda erkin saylovlar yoʻq“, – deydi Freedom House[26]. Konstitutsiyaga koʻra, prezident ikki muddatga saylanish huquqiga ega boʻlsa-da 2015-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan saylovda Karimov 90,39% ovoz olib, toʻrtinchi muddatga saylandi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining saylov kuzatuvchilari saylovning oʻtkazilishini tanqid ostiga oldi va Human Rights Watch vakili Steve Swerdlow buni „soxtalik“ deb atadi[27].

Sud hokimiyatidagi korrupsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston sud tizimida korrupsiya keng tarqalgan. Sud-huquq tizimi rasman mustaqil, ammo korrupsiya avj olgan[28]. Davlat amaldorlari, advokatlar va sudyalar koʻpincha „mahalliy qonunlarni bir-biriga zid va ziddiyatli tarzda talqin qiladilar“[28]. Korrupsiya, asosan, shirkatlar oʻrtasidagi nizolarda sud jarayonlarining standart belgisidir[28]. Sudyalar ijobiy hukm chiqarish evaziga shaxslar va kompaniyalardan pora va pul olishlari aytiladi. Sud hokimiyati ijroiya hokimiyati nazorati ostida boʻlib, qarindosh-urugʻchilik, manfaatparastlik avj olgan[29]. Poraxoʻrlik amnistiya jarayonlari bilan koʻrinib turadi[29]. Maʼlumotlarga koʻra, tijorat ishlari boʻyicha sudlar xorijiy firmalardan koʻra mahalliy kompaniyalarni afzal koʻradi. Sudlar, shuningdek, yuqori martabali amaldorlarga nisbatan qoʻyilgan korrupsiya ayblovlarini faqat prezident farmoyishiga koʻra qayta koʻrib chiqishi mumkinligi aytiladi[29]. Garchi sud tizimi „investor huquqlari va shartnomalarning majburiyligini“ taʼminlashi shart boʻlsa-da, amalda u muntazam ravishda „davlat yoki hukumatga qarashli tashkilotlar“ni qoʻllab-quvvatlashi aytiladi[28].

Oʻzbekistondagi xususiy mulk davlat tomonidan hech qanday sababsiz musodara qilinishi mumkin, bunda koʻchmas mulkka garovni roʻyxatga olish tizimi mavjud emas[30].

Adliya tizimidagi korrupsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amnesty International tashkilotiga koʻra, korrupsiya Oʻzbekiston adliya tizimiga singib ketgan. Qiynoqlar („kaltaklash, asfiksiya, zoʻrlash va jinsiy zoʻravonlik“ shaklida) huquqni muhofaza qilish organlari va hokimiyat tomonidan keng qoʻllanadi[31]. Qiynoqlar, „qoʻrqitish yoki pora olish“ uchun qoʻllanadi[31]. Oila aʼzolari aybga iqror boʻlish uchun qiynoqqa solinadi va „bu iqrorlar asosida adolatsiz sudlardan soʻng uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi“[31].

Oʻzbekiston Milliy xavfsizlik xizmati qiynoqlar qoʻllagani haqida xabar berilgan[32].

Militsiya tizimidagi korrupsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston militsiya tizimidagi korrupsiya „keng tarqalgan“ deb taʼriflanadi[33]. Tovlamachilik keng tarqalgan va militsiya har qanday odamni korrupsiya jinoyatlari haqida yuqori idoralarga xabar berishdan qaytarish uchun muntazam ravishda yolgʻon ayblovlardan foydalanadi. 2014-yilgi hisobotda aytilishicha, soʻnggi paytlarda valyuta bozori maʼlum jinoiy guruhlar nazorati ostida boʻlgani sababli korrupsiya kuchaygan[33].

Davlat xizmatlaridagi korrupsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Korrupsiya davlat xizmatlari sohasida keng tarqalgan. Korrupsiyaga qarshi biznes portaliga koʻra, davlat xizmatchilari kam maosh oladi va shuning uchun pora soʻrash va undirish bilan shugʻullanadi. Mansabdor shaxslar ruxsatnomalar va litsenziyalar berilishi munosabati bilan kompaniyalardan toʻlovlar undiradi va „kompaniyalarni taʼqib qilish, ularning biznes faoliyatiga aralashish, bozor raqobatini kamaytirish uchun oʻzboshimchalik bilan tekshirish va jazo choralarini qoʻllaydi“[34].

Yer boshqaruvidagi korrupsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sud korrupsiyasi mulk huquqlarini himoya qilish yoki amalga oshirishga toʻsqinlik qiladi. Korrupsiyaga qarshi kurash portali davlat xususiy mulkni muntazam ravishda olib qoʻyib, tovlamachilik va korrupsiya uchun imkoniyatlar yaratayotgani haqida xabar berilgan[35].

Majburiy mehnat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2-3 milliondan ortiq oʻzbekistonliklar (asosan oliy oʻquv yurtlari talabalari 3 oydan ortiq toʻliq stavkada, oʻqituvchilar, professorlar, shifokorlar 3 oydan ortiq toʻliq stavkada boʻlmagan) „paxta dalalarida ishlashga majbur boʻlgan“ Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya haqida hisobot berish loyihasi 2014-yil hisobotida, (OCCRP) maʼlumotlariga koʻra, amaldorlar operatsiyadan katta miqdordagi mablagʻni oʻzlashtirganlikda ayblangan[36]. „Xabarlarga koʻra, imkonsiz darajada yuqori kvotalar oʻrnatilgan, ishchilar kamomadni qoplash uchun jarima toʻlashga majbur boʻlgan“[36]. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston-Germaniya forumi kvotani „misli koʻrilmagan tovlamachilik darajasi“ deb atadi, chunki ishchilar oziq-ovqat va uy-joy evaziga mehnatini davom ettirishga majburlangan[36].

Soliq maʼmuriyatidagi korrupsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston soliq idoralarida korrupsiya keng tarqalgani aytiladi. Aniq va noaniq soliq qonunlari koʻpincha chet el kompaniyalari hisobidan poraxoʻrlik va tovlamachilik shaklida rasmiy korrupsiyaga yoʻl qoʻyadi. Korrupsiyaga qarshi biznes portaliga koʻra, sud nizolari boʻlgan firmalar soliq xizmati xodimlari tomonidan mol-mulkni xatlashi kerak[37].

Bojxona maʼmuriyatidagi korrupsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston bojxona sohasi korrupsiyalashgan. Bojxona xodimlari va chegarachilar kontrabandachilardan pora olayotgani, buning natijasida kontrabanda miqdori yil sayin ortib borayotgani maʼlum qilingan[38].

Toshkent viloyati davlat bojxona xizmatining bir necha yuqori mansabdor shaxslari 2014-yil oktabr oyida poraxoʻrlikda ayblanib, hibsga olingan edi. Ular pora undirish, uyushgan jinoyatchilik va bojxona organlariga ishga joylashtirish evaziga manfaat koʻrishda ayblangan. Chegaralar orqali tovarlarni rasmiylashtirish uchun yigʻimlar oʻzboshimchalik bilan toʻlanadi va xorijiy firmalarning taʼkidlashicha, bojxona cheklovlari „Oʻzbekistonda biznes yuritish uchun eng jiddiy muammolardan biri“[39].

Davlat xaridlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Korrupsiya davlat xaridlari sohasida keng tarqalgan boʻlib, u manfaatlar toʻqnashuvi keng tarqalgani, shaffoflikning yoʻqligi va davlat shartnomalari evaziga pora undirilishi bilan ajralib turadi. Hukumat tomonidan tuzilgan shartnomalar boʻyicha tenderlarda shaffoflik yoʻqligi xabar qilingan[40].

  1. „Uzbekistan Corruption Profile“. Business Anti-Corruption Portal. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-iyul.
  2. Follath. „Tashkent's Shakespearean Drama: Scandal Shakes Uzbekistan's“. Spiegel (2015-yil 3-aprel).
  3. „Corruptions Perceptions Index 2021 for Uzbekistan“ (en). Transparency.org. Qaraldi: 2022-yil 26-aprel.
  4. „Uzbekistan“. Freedom House. 2015-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  5. „Uzbekistan: Torture, corruption and lies“. Amnesty International (2015-yil 13-aprel).
  6. „Business Corruption in Uzbekistan“. Business Anti-Corruption Portal. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-mart.
  7. Follath. „Tashkent's Shakespearean Drama: Scandal Shakes Uzbekistan's“. Spiegel (2015-yil 3-aprel).
  8. „Uzbekistan“. Heritage Foundation.
  9. „Uzbekistan“. Freedom House. 2015-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  10. Boehler. „Where Corruption in King: 2012 Rankings“. Time NewsFeed (2012-yil 5-dekabr).
  11. „Swiss open money-laundering probe of Uzbek figure“. AP News (2014-yil 12-mart).
  12. Keena. „US wants to seize allegedly corrupt funds in Irish banks“. Irish Times (2015-yil 1-iyul).
  13. „Uzbekistan“. Freedom House. 2015-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  14. „Uzbek first daughter, a prisoner in her home, probed for corruption“. Times of Israel (2014-yil 27-mart).
  15. „Presidentdatteren mistenkes for å ha fått Vimpelcom-penger – nå kan hun være på frifot“. Dagbladet.
  16. „Uzbekistan“. Freedom House. 2015-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  17. Keena. „US wants to seize allegedly corrupt funds in Irish banks“. Irish Times (2015-yil 1-iyul).
  18. 18,0 18,1 „Uzbek first daughter, a prisoner in her home, probed for corruption“. Times of Israel (2014-yil 27-mart).
  19. Keena. „US wants to seize allegedly corrupt funds in Irish banks“. Irish Times (2015-yil 1-iyul).
  20. Patterson. „U.S. Seeks to Seize 21 Billion in Telecom Probe“. Wall Street Journal (2015-yil 13-avgust).
  21. Kates. „'Whistle-Blower' Details Alleged Corruption By Western Telecoms In Uzbekistan“. Radio Free Europe (2015-yil 17-yanvar).
  22. 22,0 22,1 22,2 Eckel. „US Asks Sweden to Freeze $30M Linked to Uzbek Corruption Case“. Voice of America (2015-yil 1-aprel).
  23. Keena. „US wants to seize allegedly corrupt funds in Irish banks“. Irish Times (2015-yil 1-iyul).
  24. Lillis. „Uzbekistan: US Seeks Recovery of Millions from Corruption 'Conspiracy'“. Eurasia Net (2015-yil 1-iyul).
  25. „Uzbekistan: More Karimova Associates Arrested in Corruption Probe“. Organized Crime and Corruption Reporting Project (2015-yil 24-avgust).
  26. „Uzbekistan“. Freedom House. 2015-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  27. Luhn. „Human rights activists' dismay as Uzbekistan autocrat clings to power“. The Guardian (2015-yil 4-aprel).
  28. 28,0 28,1 28,2 28,3 „2014 Investment Climate Statement – Uzbekistan“. U.S. State Department (2014-yil iyun).
  29. 29,0 29,1 29,2 „Business Corruption in Uzbekistan“. Business Anti-Corruption Portal. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-mart.
  30. „Uzbekistan“. Heritage Foundation.
  31. 31,0 31,1 31,2 „Uzbekistan: Torture, corruption and lies“. Amnesty International (2015-yil 13-aprel).
  32. „Uzbekistan: Torture, corruption and lies“. Amnesty International (2015-yil 13-aprel).
  33. 33,0 33,1 „Business Corruption in Uzbekistan“. Business Anti-Corruption Portal. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-mart.
  34. „Business Corruption in Uzbekistan“. Business Anti-Corruption Portal. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-mart.
  35. „Business Corruption in Uzbekistan“. Business Anti-Corruption Portal. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-mart.
  36. 36,0 36,1 36,2 „Uzbekistan: More Than A Million Forced to Harvest Cotton in 2014, says NGO“. OCCRP (2015-yil 16-aprel).
  37. „Business Corruption in Uzbekistan“. Business Anti-Corruption Portal. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-mart.
  38. „Business Corruption in Uzbekistan“. Business Anti-Corruption Portal. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-mart.
  39. „Business Corruption in Uzbekistan“. Business Anti-Corruption Portal. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-mart.
  40. „Business Corruption in Uzbekistan“. Business Anti-Corruption Portal. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-mart.