Gerald Vanenburg
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Gerald Mervin Vanenburg | ||
Tavallud sanasi | 5-mart 1964-yil | ||
Tavallud joyi | Utrecht, Niderlandiya | ||
Boʻyi | 1.72 m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Sterrewijk | |||
Elinkwijk | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1980—1986 | Ajax | 173 | (64) |
1986—1993 | PSV | 199 | (48) |
1993—1996 | Júbilo Iwata | 86 | (14) |
1997 | Utrecht | 9 | (2) |
1997—1998 | Cannes | 26 | (6) |
1998—2000 | 1860 Munich | 43 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
1982—1992 | Niderlandiya | 42 | (1) |
Boshqargan klublari | |||
2000—2005 | PSV (yosh) | ||
2004 | 1860 Munich | ||
2006—2007 | Helmond Sport | ||
2008 | FC Eindhoven | ||
2008 | Willem II (yordamchi) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Gerald Mervin Vanenburg (1964-yil 5-martda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi, oʻng qanot himoyachisi.
Vanenburg Erediviziyada jami 372 oʻyin oʻtkazgan. Ajax va PSV klublarida 112 ta gol urgan. Keyingi 20 yillik professional faoliyatida Yaponiya, Fransiya va Germaniya jamoalarida oʻynadi.
Vanenburg Gollandiya terma jamoasi safida 40 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 1990-yilgi Jahon chempionati va 1988-yilgi Yevro-1988 musobaqalarida qatnashgan
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ajax
[tahrir | manbasini tahrirlash]Utrextda tugʻilgan[1] Vanenburg AFC Ajaxda Erediviziyadagi debyutini 17 yoshga toʻlganidan roppa-rosa bir oy oʻtib, ADO Den Haagga qarshi oʻyinida oʻtkazdi. Oʻzining birinchi mavsumini 11 oʻyin va uchta gol bilan yakunladi
Vanenburg koʻp oʻtmay amsterdamliklarning asosiy himoyachisiga aylandi. Klub ketma-ket milliy chempionatlarda gʻalaba qozongan ikki mavsumda 30 ta gol kiritdi[2].
PSV
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vanenburg 1986—1987-yilgi mavsumda PSV Eindhoven klubi bilan shartnoma imzoladi. Oʻzining birinchi mavsumida 34 ta oʻyinda 9 ta gol urdi. Keyingi mavsumda jamoa bilan treblni qoʻlga kiritdi. Himoyachi yevrokubok finalida maydonga tushdi va SL Benficaga qarshi penaltilar seriyasida gol urdi[3].
Chet elda
[tahrir | manbasini tahrirlash]29 yoshida Vanenburg Jubilo Ivataga oʻtdi. Kelgan mavsumida klub J1 ligasiga chiqidi. 1996—1997-yilgi mavsumni Utrecht klubida tugatdi.
Vanenburg yana uch yil AS Kann (Fransiya) va TSV 1860 Munich (Germaniya) jamoalarida oʻynadi. 2000-yilda 36 yoshida nafaqaga chiqdi.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vanenburg 1982-yil 14-aprelda atigi 18 yoshida Gollandiya terma jamoasi safida debyut qildi. Eyndxovenda Gretsiya bilan oʻrtoqlik oʻyinida (1:0) toʻliq 90 daqiqa oʻynadi[4]. Vanenburg 1983-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Gollandiya sharafini himoya qildi[5].
Vanenburgni murabbiy Leo Beenhakker ham 1990-yilgi FIFA Jahon chempionati tarkibi uchun tanlagan[6]. Terma jamoadagi soʻnggi ishtiroki 1992-yil 14-oktyabrda Rotterdamda boʻlib oʻtgan 1994-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinida Polshaga qarshi oʻyinda (2:2) boʻlgan[4].
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1860 Munichni tark etgach, Vanenburg PSVga qaytib keldi va klubda yoshlar jamoasining menejeri etib tayinlandi. Ammo bu vaqt oraligʻida 2004-yil aprel oyidan boshlab, uch oy davomida sobiq TSV klubini boshqargan.
2006—2007-yillarda Vanenburg Eerste diviziyasida Helmond Sportni boshqargan va 2007-yil 17-fevralda ishdan boʻshatilgan. Keyingi yilning 1-yanvarida FC Eindhovenga murabbiy etib tayinlandi
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klubda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Ajax | 1980—1981 | Erediviziya | 11 | 3 | 11 | 3 | ||||
1981—1982 | 32 | 13 | 32 | 13 | ||||||
1982—1983 | 33 | 17 | 33 | 17 | ||||||
1983—1984 | 34 | 7 | 34 | 7 | ||||||
1984—1985 | 29 | 12 | 29 | 12 | ||||||
1985—1986 | 34 | 12 | 34 | 12 | ||||||
Jami | 173 | 64 | 173 | 64 | ||||||
PSV | 1986—1987 | Erediviziya | 34 | 9 | 34 | 9 | ||||
1987—1988 | 34 | 1 | 34 | 1 | ||||||
1988—1989 | 34 | 10 | 34 | 10 | ||||||
1989—1990 | 21 | 6 | 21 | 6 | ||||||
1990—1991 | 29 | 11 | 29 | 11 | ||||||
1991—1992 | 19 | 7 | 19 | 7 | ||||||
1992—1993 | 28 | 4 | 28 | 4 | ||||||
Jami | 199 | 48 | 199 | 48 | ||||||
Yamaha Motors | 1993 | Football League | 0 | 0 | 1 | 0 | 4 | 2 | 5 | 2 |
Júbilo Iwata | 1994 | J1 Liga | 43 | 8 | 1 | 0 | 4 | 0 | 48 | 8 |
1995 | 21 | 1 | 2 | 1 | - | 23 | 2 | |||
1996 | 22 | 5 | 0 | 0 | 12 | 3 | 34 | 8 | ||
Jami | 86 | 14 | 3 | 1 | 16 | 3 | 105 | 18 | ||
Utrecht | 1996—1997 | Erediviziya | 9 | 2 | 9 | 2 | ||||
Cannes | 1997—1998 | Liga 1 | 26 | 6 | 26 | 6 | ||||
1860 Munich | 1998—1999[7] | Bundesliga | 27 | 2 | 2 | 0 | - | 29 | 2 | |
1999-2000[7] | 16 | 0 | 1 | 0 | - | 17 | 0 | |||
Jami | 43 | 2 | 3 | 0 | 0 | 0 | 46 | 2 | ||
Jami faoliyati | 536 | 136 | 7 | 1 | 20 | 5 | 563 | 142 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Niderlandiya | 1982-yil | 4 | 0 |
1983-yil | 5 | 1 | |
1984-yil | 0 | 0 | |
1985-yil | 0 | 0 | |
1986-yil | 4 | 0 | |
1987-yil | 7 | 0 | |
1988-yil | 10 | 0 | |
1989-yil | 4 | 0 | |
1990-yil | 6 | 0 | |
1991-yil | 1 | 0 | |
1992-yil | 1 | 0 | |
Jami | 42 | 1 |
- Ballar va natijalar birinchi boʻlib Gollandiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni har bir Vanenburg golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
T/r | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 1983-yil 17-dekabr | De Kuip, Rotterdam, Niderlandiya | Malta | 1—0 | 5—0 | Yevro-1984 saralashi[4] |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ajax
PSV
- Yevropa kubogi: 1987—1988 [11]
- Eredivizion: 1986—1987, 1987—1988, 1988—1989, 1990—1991, 1991—1992[9]
- KNVB kubogi: 1987—1988, 1988—1989, 1989—1990[10]
- Johan Cruyff Shield: 1992[9]
Niderlandiya
- UEFA Yevropa chempionati: 1988-yil
Individual
- Gollandiya oltin butsasi: 1988, 1989[10]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ajax en Suriname: twee handen op één buik“ (nl) (2014-yil 1-avgust). Qaraldi: 2016-yil 21-fevral.
- ↑ „Ajax Amsterdam“. Football History. 2021-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-sentyabr.
- ↑ „1987/88: PSV prosper from Oranje boom“. UEFA.com (1988-yil 25-may). Qaraldi: 2014-yil 29-sentyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Gerald Vanenburg – International Appearances“. RSSSF (2010-yil 19-fevral). Qaraldi: 2014-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Van Basten ends Dutch wait“. UEFA.com (2003-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 29-sentyabr.
- ↑ Netherlands — Egypt 1-1 (0-0); Planet World Cup, 12 June 1990
- ↑ 7,0 7,1 „Gerald Vanenburg » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
- ↑ „Gerald Vanenburg“. EU-Football.info. Qaraldi: 2016-yil 22-dekabr.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 „Gerald Vanenburg“. Eurosport. Qaraldi: 2014-yil 28-sentyabr.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 „Gerald Vanenburg“. Sport Promotion. 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-sentyabr.
- ↑ „PSV honour ´golden´ 1988 squad“. PSV Eindhoven (2011-yil 14-aprel). 2014-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-sentyabr.