Kontent qismiga oʻtish

Orhan Pamuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Pamukdan yoʻnaltirildi)
Orhan Pamuk
Tavalludi 7-iyun 1952-yil
Ijod qilgan tillari Turk tili[1]
Fuqaroligi Turkiya
Yoʻnalish Postmodern
Mukofotlari Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti (2006)

Orhan Ferit Pamuk (1952-yilning 7-iyunida t. Istanbul shahrida) — zamonaviy turk yozuvchisi, bir necha mukofatlar sovrindori, shu jumladan Nobel mukofoti sovrindori (2006).

Ma’sumlik museyi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilning 28-aprel kuni Istanbulda, yozuvchi tashabbusi bilan "Ma’sumlik muzeyi" ishga tushdi. Dastlabki rejaga koʻra, muzey oʻz faoliyatini 2008-yilda boshlashi kerak edi[2]. Biroq uning ochilishi har safar ortga surilaverdi. Muzeyni ishga tushirish uchun bir million yevrodan ortiq mablagʻ sarflangan. Pamukning aytishicha, uning muzeyi ulugʻvor emas – koʻrgazma 1950-2000 yillar oraligʻida yashagan odamlarning oddiy turmush tarziga bagʻishlangan[2].

Oʻzbekcha tarjimalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orhan Pamukning romanlari hali oʻzbek tilida toʻliq chop etilmagan[2]. Tarjimon Miraziz A’zam Pamukning "Istanbul. Xotiralar va shahar" romanidan bir parcha tarjima qilib ("Maktab alamlari va zavqlari"), 2007-yili "Ma’rifat" gazetasida eʼlon qilgan[3].

  1. (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 2,2 „Orhan Pamuk Istanbulda “Ma’sumlik muzeyi”ni ochdi“. Kun.uz (2012-yil, 29-aprel). 2012-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-aprel. (Wayback Machine saytida 2012-05-03 sanasida arxivlangan)
  3. „Orhan Pamuk. Maktab alamlari va zavqlari“. Kutubxona.com (2012-yil, 29-aprel). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-aprel.